Tashmatov Shuhrul 11 itini не t Icli


Asosiy tushuucha va iboralar



Download 0,54 Mb.
bet85/135
Sana31.12.2021
Hajmi0,54 Mb.
#219482
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   135
Bog'liq
2 5474355819308911273

Asosiy tushuucha va iboralar

Neoliberalizm, davlat roli, «sport sud’yasi», «Uppman kollok- viumi», ijtimoiy bozor xo'jaligi, Rebke, Ryustov, Oyken, Edxard, ordoliberalizm, «rasmiylashgan jamiyat», iqtisodiy tizimti plan, mone­tarizm, Fillips egri chizig‘i, Fridman, «ishsizliktabiiy normasi»

Nazorat va muJohaza uchun savolar

; 1. Neoliberalizm vujudga kelishining shart-sharoitlari, keynschilikdan fjwqi nimada?

  1. Lippman «kollokviumi» nimani anglatadi?

  2. «OrdoIiberalizm»ning mohiyati nimada ko'rinadi?

  3. «Ijtimoiy bozor xo‘jaligb, uning tiplarini izohlang.

... 5. Chikago maktabining monetar konsepsiyasi, Fillips egri ohizig'ining mohiyati nimada?

r . 6. Fridmanning «ishsizlik tabiiy normasi»ni tushuntirib bering.

  1. Mizes, Xayeklaming iqtisodiy g‘oyalarinmg mohiyati nima?

  1. b о b, HOZIRGI ZAMON IQTISODIY TA’LIMOTLAJRI EVOLUTSIYASI

  1. Neoklassik sintez konsepsiyasining mohiyati

Iqtisodiyotda bir q ancha ofatlar, xususan, ommaviy ishsizlik va infyatsiya ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda asosiy muammolardan biri bo'lib qolmoqda. Qanday qilib aholining motadil va to'la bandligmi, real daromadlar o'sishini ta’minlash mumkin degan savollar hammani, iqtisodiyot fani namoyandalarini ham qiziqdrib kelmoqda. Ayniqsa, inqirozsiz iqtisodiy siklning sirlari muhimdir. Bu va boshqa masalalar bilan neoklassik sintez yo‘nalishi shug'ullanib, unda klassik iqtisodiy ta’limot tomonidan ilgari aniqlangan haqiqat va qoidalar hozirgi davrdagi daromadlar shakllanishi nazaiiyalari bilan sintez qilinadi. Bu sohada barakali ijod etgan P.Samuelsonning fikricha, «neoklassik sintez»- aslida hozirgi neokeyns va neoliberal qoida va «haqiqat»laming ilk neoklassik g'oyalar bilan, shuningdek, klassik maktabning ayrim postulatlari, avvalo, hozirgi davrdagi daromadlar shakllanishi nazariyalari bilan birlashtirib qarashidir.

  1. Neoklassik sintez konsepsiyasining yangi versiyalari

Yangi g‘oyaning paydo bo'lishi bilan iqtisodiy tahlilda aralash shakldagi qaraslilar ustundir, iqtisodiyotni tartibga solishning turii shakllari taklif etiladi. Hozirgi davrda iqtisodiyotni makroiqtisodiy tar­tibga solishda asosan uchta ta’limot qarashlari qorislmiasi ishtirok etadi. Bular 1) turii modifikatsiyadagi keynschilik ta’limotlari; 2) taklif iq­tisodiyoti nazariyalari; 3) monetarizm. Keynschilik qarashlarida, asosan, davlatning iqtisodiyotda faol ishtiroki keng taig‘ib etiladi. Bunda konyunkturaning o'zgarishi bilan ishlab chiqarishning yuqori darajasi- ni ta’minlash, ish bilan bandlik, siklik rivojlanishni yumshatish asos qilib olmadi. Asosiy e’tibor davlat budjetiga qaratiladi, shu yo‘l bilan to‘lov imkoniyatlariga talab to‘g‘ridan to‘g‘ri tartibga solinadi.

Monetaristlaming fikricha, iqtisodiy hayotga umuman aralashmaslik prinsipi qo‘liab-quwatlanadi.

Ayrim fikrlar bo'yicha neoklassik sintez faqat iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishnigina emas, balki umumiy iqtisodiy muvozanatni modellaslitirishni ham oez ichiga oladi. Ayrim olimlaming aytishicha (AB.Anikin), Samuelsonning neoklassik sintezi, awalo, klassik mikroiqtisodjyotni yangi makroiqtisodiyot bilan qo‘shiIishi deb qaraladi. Yuqorida keltirilgan qarashlami uch qismga bo'lish mumkin: ularning birinchisi iqtisodiyotda to‘la bandlikni ta’minlash va bu prinsipni erkin bozor iqtisodiyoti elementlari bilan birgalikda (iqtisodiy liberalizm), shuningdek, erkin bozor stixiyasini chegaralovchi keynschilik konsepsiyasi elementlari ham qo‘llanilishi mumkin. Ayniqsa, davlat siyosatida Fiskal va pul-kredit tizimlari hamda «ishsizlikning tabiiy normasi» (M.Fridmen) konsepsiyasidagi antiinflatsion imko- niyatlar, hamda Erxard-Ryopkelaming «Ijtimoiy bozor xo‘jaligi» prin- siplari birgalikda harakat qiladi. Ikkinchi qarashlardaXIX asming oxirida neoklassiklar tomonidan ilgari suriigan qiymat (qimmat) nazariyasida eski va yangi qiymat nazariyalari yoki xarajat nazariyasi i va eng yuqori foydalilik nazariyasi yotadi. Bu yerda marjinalistlaming

  • ikkinchi to‘lqini vakili A. Marshall ilgari surgan yondashuv sistemasi to‘g‘risida gap bormoqda. Bu yerda V. Paretto va boshqalaming baho, talab va taklif hamda umumiy iqtisodiy muvozanat masalalari ko£zda tutiladi.

Uchinchi qarash bo‘yicha umumiy iqtisodiy muvozanatning hozirgi modeli bir vaqtning oczida makro va mikroiqtisodiy tadqiqotlarga asoslanadi. Bu tadqiqotlarda awalgi sof iqtisodiy nazariya va mukammal raqobat qarashlardan voz kechiladi, ishlab chiqarish va iste’mol sohalarini bir-biriga qarama-qarshi qo'yilmaydi. Bu qarashlarda Keynsning «Psixologik qonuni», ya’ni daromadlaming iste’molga nisbatan tezroq o‘sishi, «Veblen Effekti» va boshqa noiqtisodiy omil- laming ta’siri ham hisobga olinadi.

  1. P.Samuelsonning «Ekonomiks» asaridagi g‘nyalar

Pol Antoni Samuelson (1915) Chikago universitetida ta’lim olgan. (1932-1935) Garvard oliy maktabida A.Xansen, V.Leontev, Y.Shum- peterlardan ilm o'rgandi. 1941-yildan Massachusets texnologik

institutida ishlay boshladi (dastlab professor assistenti). Amerika iqtisodiy assotsiatsiyasi (1961), Ekonometrik jamiyat (1951). Xalqaro iqtisodiy assotsiatsiya (1965-1968) prezidenti bo'lib saylangan. Olim naza- riyotchi boyish bilan birga, AQSH prezidenti yordamchi, «News­week» jurnalida faol ishtirokchi ham edi. Biz bu olimni, asosan, «Eko- nomiks» kitobi muallifi sifatida yaxshi taniymiz. Samuelsonning bu kitobi dastlab 1948-yili chop etildi va 14 marta qayta nashr etilib, ho­zirgi iqtisodiy ta’limotlaming asosiy yo‘nalishlaridan birini tashkil etadi.

1992-yilda bu kitob Vilyam Nordxaus bilan hammualliflikda nashr etildi. «Ekonomiks» kitobi «Ekonomika* nomi bilan rus tiliga ag‘darildi.

Samuelson eng kam ish haqi to‘g‘risidagi qonunni daromadlar pillapoyasining eng pastida turgan ishchilarga yordam berish usuli deb hisoblaydi. U davlatning uy-joy qurilish dasturlarini moliyalashtirishni va oziq-ovqat yordamini qashshoqlikni kamaytirish usuli sifatida qo ‘ llab-quvvatlaydi. «Ekonomiks»- asarida tarixiy-iqtisodiy ekskurs mavjud bo‘'lib, XVII asr oxiridagi Maltusning aholi nufiisi nazariyasi eslanadi; A. Smitning «Ko‘riimias qo‘b haqidagi g'oyalari tahlil etiladi. Asarda o'tgan davrdagi deyarli barcha doktrinalar qarab chiqiladi (bular to£g‘risida yuqorida o‘qishingiz mumkin).

Uning fikricha, hozirgi davr iqtisodchilari «neoklassik sintez»ga erishish uchun samarali kredit-pul va fiskal siyosatni Smit va Marshallning klassik mikroiqtisodiyotini hozirgi daromadning darajasini aniqlash bo‘yicha mavjud makroiqtisodiyot bilan birlashtirish, iJdcala yondashuvdagi barcha sog'lom fikrlami jamlashtirishga harakat qilmoqdalar.

Olim iqtisodiy taraqqiyot omillariga baho berib, uni to'rtta deb hi­soblaydi:

  1. Mehnat resurslari (inson birinchi va asosiy).

  2. Tabiiy resurslar.

  3. KapM.

  4. Texnologjyalar.

Olimning bu omiHari «taraqqiyotning to‘rt g'ildiragi» deb yuritiladi.;

  1. Ekonometrikaning hozirgi zamon asosiy yo‘nalishlari ’

Ekonometrika alohida ilmiy yo'nalish sifatida iqtisodiy nazariya, matematika va statistikadan 20-30 yillarda ajralib chiqdi, bu xususan G.Mur va G.Shuls (AQSH) asarlari tufayli ro'y berdi. «Ekonomet-

riya» atamasi birinchi bor polshalik iqtisodchi P.Chompa (1910) tomo­nidan ishlatildi (ekonometrika va ekonometriya iboralari teng kuchli hisoblanadi), ilmiy muomalaga esa norvegivalik iqtisodchi R. Frisk (1926) tomonidan kiritildi. U I.Fisher, I.Shumpeter, Cb.Rouz va bosh­qa amerikalik olimlar bi lan birga «Xalqaro ekonometriya jamiyati»ning tashMlotchisi hamdir (1930), Bu jamiyat 1933-yildan «Ekonometrika» jumalini nashr etadi.

U.Mitchell va и boshqargan «iqtisodiy barometrlai>mng Garvard maktabi vakillari ham bu yo‘nalishga katta hissa qo‘shmoqdalar. Keyingi davrda italiyalik iqtisodchilar E.Barone va M.Pantaleoni, amerikalik I.Fisher, G.L.Mur, E.Chemberlin, shvetsiyalik K.Viksell, G.Kassel va boshqalar bu sohada muhim yutuqlarni qoclga kiritdilar.

Birinchi, eng oddiy ishlab chiqarish funksiyasi Ch.Kobb va P.Duglas (AQSH, 1928) tomonidan tuzildi. keyin R.Solouf K.Airou (AQSH)lar tomonidan umumlashtirildi, unda ishlab chiqarish ko'lami, texnika taraqqiyoti va boshqa omillar ham hisobga olindi. Bunday regressiv modellar alohida mahsulotlar uchun, korxona va firma, tarmoq va umumxalq xo‘jaligi uchun ham tuzilishi mumkin.

30-yilIarda Ya.Tinbergen (Niderlandiya), 50-yillarda L.Klayn (AQSH), R.Stoun (Buyuk Britaniya) korrelatsion ko‘p omilli model- lami tuzdilar, unda alohida kapitalistik mamlakatlar iqtisodiyotidagi ishlab chiqarish, shaxsiy va davlat talabi, narx, soliq, tashqi savdo aylanmasi, kapitalning ishlatilishi va jamg‘arilishi, ishchi kuchi taklifi va boshqa o‘zgaruvchilar o‘rtasidagi statistik aloqadorlik o‘z aksini topgan.

Xalq xo'jaligi tarkibini tahlil etish maqsadida tarmoqlararo balarn tipidagi modellardan foydalaniladi, Dastlab bunday model 1925-26- yillarda sobiq SSSRda P.I. Popov (1872-1950) rahbarligida ishlab chiqildi, Keyinchalik bu uslub V.Leontev (asli rossiyalik, AQSH) tomonidan rivojlantirildi va moliya oqimlari tarkibini o'rganish uchun R.Frish tomonidan tatbiq qilindi.

Marksning qayta ishlab chiqarish sxemasi modeli sovet iqtisodchisi

  1. A.Feldman (1928) tomonidan tayyorlandi, bCapitalistik sikllaming iqtisodiy dinamika modellari Tinbergen, Frish, M.Kaleskiy, J.Xiks, R.Xarrot, P.Samuelson va boshqalar tomonidan ishlab chiqildi.

Ekonometrika uslublari ko'pincha ekstrapolatsiya tendensiyalariga asoslangan.

Sovet olimi L.V. Kantorovich chiziqli programmalash (1939) uslubining asoschisi hisoblanadi.

Ekonometrika ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Ko'pgina yetakchi mamlakatlarda iqtisodiy matematik uslublardan foydalanish iqti­sodiyot ning ma’lum sohalari, tarmoqlari bo£yicha sikl modellari ishlab chiqilmoqda va amalda qo'llanilmoqda. Ayniqsa, AQSHda bu sohada muhim yutuqlar qo'lga kiritildi.

Buyuk Britaniyada ham qayta ishlab chiqarish iqtisodiy modeli (1961) 1948-56-yillardagi parametrlar asosida A.KIeyn, R.Boll, E.Xezlvud, P.Vandom tomonidan tuzilgan. R.Staun Kembrij modeli (1960-70-yillar) ham diqqatga sazovor.

Iqtisodiy tahlilning tarmoqlararo balans metodini tuzish 30-yUlarda amerikalik iqtisodchi V.Leontevning tadqiqotlari asosida yuzaga keldi va bu tadqiqotlar «xarojat - chiqarish» modeli nomi bilan ma’lum. 1973- yilda Nobel mukofoti laareati bo'lgan V.Leontev (1906-1999) metodi iqtisodiyotda bir mahsulotning boshqa turdagi mahsulot bilan to'ldirilishi jarayonlarini tadqiq qilishga yo'naltirilgan.

V.Qobulov asos solgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlami algoritmlash bo'yicha maxsus yo‘nalish ham katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.


Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish