nazariyalari
50-yillarda keynschilik g'oyalari rivojlantirilib, yangi g'oyalar ilgari surildi, Ulaming asosiy mohiyati iqtisodiy o'sish sur’atlari doimligini ta’minlovchi mexanizmlami aniqlash va isbotlashdan iboratdir. Oqibatda «multiplikator-akselerator» sistemasini hisoblashga asoslangan va o‘zi- ga xos keynschilikning o'sish nazariyalari, jamg‘arish va iste’mol o'rtasidagi o'zaro bog‘lanish xarakteristikalaridan foydalanib, iqtisodiy dinamikani modellashtirish yuzaga keldi.
Yuqorida tilga olingan iqtisodiy o'sish nazariyalarining asosiy namo- yandalari Massachuset texnologiya instituti professor Evsey Domar (1914) va Oksford universiteti professori Robert Xarrod (1890-1978) hisoblanadi. Xarrod- Domar modelining boshqa bir qoidasi bo'yicha ayrim parametrlar, chunonchi, daromadlardagi jamg'arma hissasi va kapital qo'yilmalaming o'rtacha samaradorligi uzoq davr mobaynida doimiy deb tan olinishi hisoblanadi. Mualliflar dinamik barqarorlik va doimiy 0‘sishga erisliish avtomatik ravishda bo'kriasligi, balki davlatning shunga muvofiq siyosati natijasida, ya’ni davlatning iqtisodiyotga faol ishtiroki tufayli ro‘y berish mumkinligini ta’kidlaydilar.
Domar va Xarrod modellaridagi farq — boshlang'ich pozisiyalardagi ayrim ko'rsatkichlardir. Masalan, Xarrod modelida investitsiya va jamg'armalar tengligi g'oyasi, Domarda esa pul daromadlari (talab) va ishlab chiqarish quvvatlari (taklif) teng deb qabul qilinadi. Ikkala olim shunga ishonchlari komilki, daromad o'sishini ta’minlashda investitsiyalar roli, ishlab chiqarish quwatlarining oshirilishi faoldir. Bunda shu narsa ko'zda tutiladiki, o‘sish bandlikka yordam beradi, bu esa korxonalaming yarim quwat bilan ishlashi va-ishsizlikning ol- diri oladi. -v
Keyns g^yalarming hozirgi davrdagi ahamiyati
Shuni aniq qilib aytish kerakki, Keyns ta’limoti inqirozlar, umshlar va urushdan keyingi davrlar uchun samarali bo‘ldi, chunki favqulodda holatlar davrida davlatning roli kuchli bo'lishi kerak. Amalda esa, ayniqsa, II Jahon urushidan so‘ng G‘arb mamlakatkrini sotsialistik orientatsiyasi kuchaydi (davlat mulki oshib bordi), davlat budjeti qarzlari ko‘payib, ishsizlik ham o‘sgan, inflatsiya kuchli. Bu ijtimoiy ishlami ko'paytirishga qaratilgan tadbirlar oqibatidir deb tan olinrnoqda. Ishsizlikning ish haqini pasaytirish yo‘li bilan hal etish tarafdorlari ham mavjud, ammo pul massasini ko'paytinsh (inflatsiyaga olib keladi), ya’ni emissiya yo‘li ko‘pchilikka oson ko'rinadi. Bu konsepsiya ma’lum davr mobaynida inflatsiya bo‘lmagan holda minemal ishsizlik darajasini isbotlashga imkon beradi.
70-yilIardan boshlab Keyns ta’limotiga nisbatan davlatning iqtisodiyotga aralashuvi bo‘yicha neoliberalizmg‘oyalari asosiy bo‘lib qoldi, chunki bu davrda jahonning ko'pgina mamlakatlarida inqiroz holatlari doim voqeaga aylanib qoldi. Inflatsiya, davlat budjetining kamomadi, ishsizlik tobora kuchaydi. Neoliberailar keynschilami tanqid qilar ekanlar, iqtisodiyotda davlat sektorining oshuvi, erkin raqobatning kamayishi, iqtisodiyotning muhim tarmoqlariga investitsiyalar kamay- ganligi ular gcoyalarining sayozligidan dalolat beradi deb hisoblaydilar.
70-80-yillar neoliberal g'oyalar iqtisodiyotda tobora ustunligini egallay boshladi. Ko‘p davlatlarda iqtisodiyotni denatsionalizatsiya qilish kuchaydi (nodavlat shakllariga o‘tildi). Buixing oqibatida Buyuk Britaniya (Tetcherizm), Fransiya, Yaponiya, Chih (Pinochet), Ispa- niya va boshqa mamlakatlarda davlatning iqtisodiyotga aralashuvi minimallashtirildi va iqtisodiy ahvol yaxshilandi.
Qisqacha xulosalar
1929-1933-yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi awalgi «sof ta’limot» nazariyotchilarining fikriga qo'shimcha kiritishni talab etdi. Iqtisodiy ta’limotlar tarixida Keyns inqilobi deb nom olgan o‘zgarish ro‘y berdi.
^gar awallari «bozor iqtisodiyoti barcha muammolami avtomatik ■avishda hal qiladi» degan g‘oya ustun bo‘Isa, Keyns ularga boshqacha larab, davlatning iqtisodiyotga aralashuvini zarur deb hisobladi. Band- ik, foiz, milliy daromad, investitsiyalar o‘rtasidagi munosabatlar )‘rganilib, «araiash iqtisodiyot», multi plikator tushunchalari kiritiidi. veynschi va Neokeynschilar davlatning iqtisodiyotga aralashuvini lo‘llab, «akselerator koeffitsiyentbni qo'lladilar, unga ko‘ra daromad- aming investisiyalarga ta’sirini ko‘rish mumkin. Keynschilikning ayrim hakllarida indikativ rejalashtirish ham qo'llab- quwatlanadi. Ishsizlik 'a inflatsiyani bandlik yo'li bilan hal etish degan g‘oya ustundir.
Asosiy tushuncha va iboralar
Keyns, davlatning iqtisodiyotga aralashuvi, «Umumiy nazariya...», iralash iqtisodiyot, psixologik qonun, bandlik, milliy daromad, inves- itsiya, foiz, Hkvidlik, multiplikator, keynschilik, AQSHdagi keyns- ;hilik, akselerator, Fransiya keynschilari, indikativ rejalashtirish.
Nazorat va mulohaza uchun savollar
Keyns ta’limotining mohiyati, «Bandlik, foiz va pulning umumiy lazariyasi» asari to‘g‘risida nima bilasiz?
Davlat iqtisodiyotga nima uchun aralashuvi kerak?
Keyns ta’limotiga qanday shart- sharoitlar asos qilib olingan?
Keynsning «psixolok qonuni» nimani anglatadi?
Investitsiya, multiplikator koeffitsiyenti nima?
Foiz, likvidlikning mohiyati nimada?
Davlatning iqtisodiyotga arashuvi doiralari qanday?
Amerika va Yevropadagi keynschilik xususiyatlari nima?
Domar- Xarrodning iqtisodiy o‘sish nazariyalari nimani bildiradi?
Keyns ta’limotining hozirgi davrdagi ahamiyati nimadan iborat?
Do'stlaringiz bilan baham: |