Qisqacha xulosalar
; . . . j
F.List va tarixiy maktab namoyandalari o‘z asarlari va uslubiyatlari bilan Germaniyada iqtisod fanining rivojlanishiga katta hissa qo'shdilar.
List asarlarining betakrorligi va ilmiy ahamiyati xo‘jalik siyosiy muammolarini chuqur tahlil qilishda hamda kam rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish qiyinchiliklarini oldindan ko'rsatib berishda o‘z o‘mini topadi. F.Listning traktati to'rtta asosiy kitobdan iborat bo‘lib, «Tarix», «Nazariya», «Sistemalar» va «Siyosat» deb nomlanadi. Birinchi kitobda u Yevropa xalqlarining iqtisodiy tarixini o‘rganib, zarur xulosalar chiqaradi. Ikkinchi kitob oiimning iqtisodiy qarashlarining nazariy asoslarini ko'rsatib beradi. Uchinchi kitobda List siyosiy iqtisodning bir nechta tizimlarini ко‘rib chiqadi. Jumladan, merkantilistlar, fiziokratlar tizimlari bilan bir qatorda sanoat tizimi mavjudligini ko‘rsatib o'tadi.
Gildebrandning «Hozirgi zamon va kelajakning siyosiy iqtisodi» va K-Knisning «Tarixiy usul nuqtayi nazaridan siyosiy iqtisod» nomli kitoblaxi nashr qilimshi iqtisodiy ta’limotlar tarixida tarixiy maktab o‘mmi mustahkam belgilab berdi.
Shunday qilib, tarixiy maktab vakillari tarixiy rivojlanish ketma- ketligini e’tirof etib, iqtisodiy qonunlarm e’tibordan chetda qoldirdilar. XIX asming 70-yillarida iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanida bir nechta nazariy maktablar vujudga keldiki, ular o'z maqsad, vazifalari va uslubiyatlari bilan o'zaro faiq qilar edilar. Germaniyadagi yangi tarixiy maktab ham xuddi ana shunday ya’ni, yangi yo'nalishni ilmiy asoslashga harakat qilgan va klassik nazariyotchilami ayovsiz tanqid qilgan nazariy maktablardan bin edi.
Ushbu maktab iqtisodchilari klassiklar fikriga qarshi iqtisodiy qonunlarning nisbiy, tarixiylik nuqtayi nazaridan vaqtincha ekanligini hamda ijtimoiy va tabiiy faktorlaiga mos ravishda shartli ekanligini ko'rsatib berdilar. Shuningdek, klassiklaming «iqtisodiy inson» g‘oyalari ham tanqid qilmib, undagi insonJaming xo‘jalik faoliyati - xulqiga xos kechinmalari (ijtimoiy manfaat, oilaviy g'amxo'rlik, mehribonlik, burchni his etish, urf-odatlar va boshqalar) e’tibordan chetda qolma- ganligini alohida ta’kidladilar.
Vanihoyat, ular klassik maktabga xos bo‘lgan abstraksiya va deduksiya uslublaridan keng foydalanish, o‘z navbatida, ilmiy kuzatish va induk- siya uslublaridan yetarli foydalanmaslikka asosiy sabab ekanligini ko'rsatib berdilar. Haqiqatan ham, yangi tarixiy maktab olimJari qo'llagan iqtisodiyot fanidagi yangicha tarixiy usullar ushbu maktab erishgan ijobiy yutuqlarga asosiy sababchi edi.
Asosiy tushuncha va iboralar
Tarixiy maktab, F.List; millatning ruhi, iqtisodiy ta’limotlar tarixida tarixiy usul, yangi tarixiy maktab, davlat sotsializmi, benuqson tiplar, pluralizm.
Nazorat та mulohaza uchnn savollar
XIX asrning o'rtalarida Germaniyanmg iqtisodiy rivojlanishi xususiyatlarini aytib bering.
F.Listning hayoti va ijodi haqida nimalami bilasiz?
F.List iqtisodiy ta’Iimotlar tarixi fanida qaysi yo'nalishga asoS soldi?
F.List ta’limotida xo‘jalik taraqqiyotining tarixiy bosqichlaii qanday ifodalanadi?
Tarixiy maktabning asosiy vakillari kimlar? Ular haqida ma’lumot bering.
K.Knisning tarixiy maktab rivojiga qocshgan hissasi va uslubiyatini tushuntirib bering.
Insoniyat taraqqiyotining B.Gildebrand taklif etgan tizimi qaysi xususiyatlari bilan ajralib turadi?
Tarixiy maktabning iqtisodiyot fani rivojiga qo'shgan hissasi va yo‘l qo'ygan kamchilildari haqida gapirib bering.
XIX asming 70-yillarida shakllangan qaysi nazariy maktablami bilasiz?
G.Shmoller va L.Brentanoning iqtisodiy mavzudagi asosiy asarlari va uslubiyati haqida gapirib bering.
«Ijtimoiy-siyosat» uyushmasining asosiy vazifalari nimadan iborat?
V.Zombart va M.Veberning asosiy iqtisodiy asarlari qaysilar?
Eng yangi tarixiy maktab yoki ijtimoiy yo'nalish nazariy maktabining asosiy xususiyatlari nimalardan iborat?
Do'stlaringiz bilan baham: |