Birinchi bosqich XIX asrning 70-80-yillarini o'z ichiga olib, iqtisodiy tahlilning dastlabki maijinalistik g'oyalarini mujassam qilgan dastlabki ilmiy asarlar yaratildi.(K.Menger, U.Jevons va L.Valras asarlari). Bu davrda insonning psixologik xususiyati, ya’ni uning hissiyoti va qabul qilishi asosida o'rganiladi. Shuning uchun majjinalizmning bu bosqichini iqtisodiy ta’limotlardagi «subyektiv yo'nalish» deb ataldi.
Ikkinchi bosqich XIX asrning 90-yillariga to'g'ri kelib, bu davrdan boshlab marjinalizm ko'pgina mamlakatlarda mashur asosiy ta’limotga aylandi. Maijinalistlarning bu davrda erishgan asosiy yutuqlari subyektiv-psixologik yo‘nalishdan voz kechib, iqtisodiyotning asosiy maqsadi bu iqtisodiy hayotning doimiy borishini mavjud shart- sharoitlar asosida tushuntira bilish demakdir, dedilar. Natijada yangicha iqtisodiy g'oyalar namoyandalari klassik iqtisodiy maktabning davomchilari sifatida baholanib, ularga neoklassiklar deb nom berildi.
Maxjinal rivojlanishning ikkinchi bosqichini, ya’ni neoklassik iqtisodiy ta’limotni rivojlanishiga yirik iqtisodchi olimlar A.Marshall, Dj. В.Юагк va V.Pareto katta hissa qo‘shdilar.
Avstriya maktabi. Subyektiv - psixologik yo‘nalish 1
A * : 4
XIX asrning 70-yiIlarida iqtisodiy ta’Iimotlarnmg nufuzli maktablaridan bin bo'lgan Avstriya maktabi vujudga keldi. Avstriya maktabini subyektiv yoki subyektiv-psixologik maktab deb ham ataydilar. Uning mafkurachilari qo'llagan usul munosabati bilan, unga mana shunday nom berilgan. 70-yilIarda: Avstriya maktabining asoschisi K.Menger (1840-1921) bu g'oyani rivojlantirdi. Avstriya maktabining konsepsiyalari K.Mengerning «Siyosiy iqtisod asoslari» (1871), F.Vizeming (1851-1926) «Xo‘jalik boyligimng kelib cbiqishi va asosiy qonunlari tokg‘risida» (1884), E. Byom- Baverkning (1851-1914) «Kapital va foyda» (1884-89), «Xo‘jalik ne’matlari boyligi nazariyasining asoslari» (1886), «K.Marks nazariyasi va uning tanqidb (1896) va
boshqa asarlarida bayon etiigan. Avstriya maktabining ta’limoti Angliya, Germaniya, AQSH Rossiyada va boshqa mamlakatlarda yoyildi. Bu ta’Iimot iqtisodiyot fanining shundan keyingi nvojiga katta ta’sir 0‘fckazdi.
Avstriya maktabi iqtisodchilarining asarlarida awalo siyosiy iqtisod predmeti, uning uslubiy negizlari va tadqiqot usuli to‘g‘risidagi ta’Iimot yanada kengaytirildi. Menger va uning tarafdorlari ishlab chiqarish munosabatlarini, ishlab chiqarishning rivojini tartibga soluvchi iqtisodiy qonunlarni siyosiy iqtisod predmetiga kiritmadilar.
Ularning konsepsiyasiga ko'ra, siyosiy iqtisod xo‘jalik subyekti tajribasining butun xilma-xilligi bilan uni idrok etishni o'rganishi lozim edi. Byom-Baverkniug da’vo qilishicha, siyosiy iqtisod subyekt sifatida iqtisodiy hodisalami izohlaydigan ildizlami izlashi kerak. Alohida xo'jalik tadqiqot obyekti qilib olinar va jamiyatning eng oddiy tipikelementi deb talqin qHinar edi. Jamiyatdan mutlaqo ajralgan shaxs - Robinzon xo'jaligi mana shunday xo'jalikning oliy maqsadi deb atalardi (D.Defoning asarini eslang). Avstriya maktabi kapitalistik xo'jalikni eng oddiy elementlarning mexanik yig‘indisi deb talqin etardi.
Tadqiqotning bu usuli Robinzonada usuli degan nom oldi. Ayirboshlash konsepsiyasining tarafdorlari bo'lgan Avstriya maktablarining iqtisodchilari iqtisodiy masalalami faqat bozor munosabatlaridan, ya’ni ayirboshlash munosabatlaridan iborat qilib qo‘ydilar. Ular individ- laming moddiy ne’matlami iste’mol qilishi xo'jalik faoliyatini tashkil etuvchi asosiy omil deb da’vo qilishdi.
Qadriyat (qimmat) nazariyasi Avstriya maktabining konsepsiyalarida markaziy o‘rin oldi. Bu nazariya «eng yuqori foydalilik» nomini oldi. Siyosiy iqtisodda qabul qilingan «tovar» va «qiymat» kategoriyalari ne’mat va qadriyat tushunchalari bilan almashtirildi. K. Menger,
Byom-Baverk va boshqalar qiymat kategoriyasini subyektiv mazmun bilan to‘ldirdilar. Uning ustunligi sifatida iste’mol qiymati yoki moddiy ne’matlaming foydaliligi qabul etildi. Foydalilik deganda Byom-Baverk moddiy ne’matlaming umumiy xususiyatini tushunar edi. Bu xusu- siyat moddiy ne’matlaming shaxslar farovonligiga ehtiyojlarining qondirilishiga munosabati bilan belgilanadi deb hisoblar edi. Qiymat qimmat va qadriyat tushunchasi bilan almashtiriladi.
Ne’matning foydalihgi uning asosi deb hisoblanardi. Byom-Baverk foydalilikning oddiy (mavhum) va malakali (aniq) turini bir-biridan farq qilardi. Mavhum foydalilik mo‘l-ko‘l moddiy ne’matlarga xos bo'lgan foydalilik deb ta’riflanar edi. Bu holatda ne’mat birligining foydaliligi 0 dan iborat deb liisoblanardi (daryo yonida suv, havo va boshqalar). Zaxiralari cheklangan ne’mat malakali foydaiilik deb ta’riflanar, bu ne’matlaming hatto birlik hajmida kamayishi ham shaxs- ning farovoaligiga ta’sir qiladi deb uqtirilardi. Foydalilikning bunday bolinishi moddiy ne’matlar qadriyatining vujudga kelishi bilan bog'Hq qilib qo‘yilar edi. Avstriya maktabining iqtisodchilari, hamma ne’matlar emas, balki miqdori cheklangan ne’matlamigina qadrlyatga ega bo'ladi, deb hisoblashardi. Ularaing nazarida mana shu qadriyatlaigina ayirboshlanishi mumkin edi. Byom-Baverkning fikricha, qadriyatning vujudga kelishi uchun noyob foydaiilik bilan birga qo‘shilishi zarur, ammo mutlaq noyoblik emas, balki mazkur turdagi buyumlarga bo‘lgan mavjud ehtiyqjning miqyosiga qiyosan «nisbiy*- noyoblik nazarda tutilardi.
Qadriyatning hosil bo‘lishida Byom-Baverk ikki bosqichni alohida ko‘rsatdi, birinchi bosqichni и subyektiv qadriyatning hosil bo'lishi bilan bog'Iadi, bunda u ne’matning shaxs ehtiyojlarini qondixishda qanday rol o'ynashiga qarab, shu subyekt ne’matga beriladigan shaxsiy baho nazarda tutilar edi. Agar foydaiilik mavlium bo‘lsa, u holda ne’mat baho olmaydi va uning subyektiv qadriyati 0 ga teng bo'ladi. Sersuv buloq yonida turgan kishi uchun bir stakan suv bunga misol qilib ko‘rsatiladi. Ammo sahroga borib qolgan kishi uchun o‘sha bir stakan suvning o‘zi aniq foydaiilik kasb etadi. Shaxsning forovonligigina emas, uning hayoti ham shu suv bilan bog'liq bo‘lishi mumkin. Bu holatda bix stakan suv subyektiv qadriyatga ega boiadi, Byom-Baverkning ta’biricha, buyumning qadri uning eng yuqori foyda miqdori bilan o‘lchanadi, bunda xo‘jalik ne’matlari muayyan turidan olinadigan eng oz naf nazarda tutiladi. Buni Robinzon yetishtirgan besh qop don misohda ko'rish mumkin: bir qopi oziqqa, ikki qopi uruglikka, uch qopi yem uchun va hokazo. Byom-Baverk bu «qonun»ning amal qilishini besh qop don hosili olgan shaxsning xo'jaligi misolida ko'rsatadi. Hamma qoplardagi donning sifati va vazni teppa-teng. Biroq Byom-Baverknig nazariyasiga ko‘ra, bir qop donning subyektiv qadriyati kamayib boruvchi foydaiilik prinsi pi asosida belgilanishi kerak. Birinchi qop don shaxsning eng zarur hayotiy ehtiyojini qondiradi va shu sababli eng ko‘p foydalilikka ega bo'ladi. Keyingi qoplaming foydaliligi kamayib boradi. To'tiqushni boqishga mo'ljallangan so'nggi qop ham foydalilikka ega. Ana shu so‘nggi qop don mazkur moddiy ne’mat birligining subyektiv qadriyatini belgilaydi. «Barcha mavjud don zapasi besh qop bo'lgan taqdirda bir qop donning qadriyati lo'tiqush boqish qiymatiga teng bo'ladi»-, - deydi Byom-Baverk.
Byom-Baverk qadriyat hosil bo'lishidagi ikkinchi bosqichni «obyektiv qadriyat» bilan bog'ladi. U mazkur bosqichni talab va taklif xususidagi mavjud eski nazariya asosida izohladi. Obyektiv qadriyatning hosil bo'lishini talab va taklifning stixiyali nisbati davomida bozordagi subyektiv baholarni baravarlashtirishdan iborat qilib qo'yildi, shuning natijasida yangi, o'rtacha qadriyat paydo bo'lib, mana shu obyektiv miqdor deb ko'rsatildi.
«Eng yuqori foydalilik» nazariyasi Avstriya maktabi va boshqa iqtisodiyot konsepsiyalari uchun asos bo'ldi, bu konsepsiyalar esa kapitalizm sharoitida iqtisodiyotning ijtimoiy mazmunmi kuchsiz- lantiruvclii, uning sinfiy xarakterini inkor etuvchidir. Byom-Baverk- ning ta’biiicha, qadriyat to'g'risidagi ta’limot daromadni taqsimlash, shu jumladan yer rentasi, ish haqi, kapitaldan olinadigan foyda to'g'risidagi doktrinaning markaziy bandidir.
Avstriya maktabining taqsimlash nazariyasi bir qancha mavjud konsepsiyalami: J.B.Seyning ishlab chiqarishning uch omili, taqsimot konsepsiyasini, «eng yuqori foydalilik» nazariyasini o'z ichiga oladi. Bu o'rinda ishlab chiqarish omillari unumli ne’matlar deb atalgan. Ulaming har biriga (yer, kapital va mehnatga) olingan iste’mol ne’matlarining muayyan qismi muvofiq keladi.
U.Jevons va L.Valrasning marjinalistik g‘oyalari
Do'stlaringiz bilan baham: |