K.Rodbertusning iqtisodiy g‘oya!ari
Kart logano Rodbertus-Yagesov (1805-1875) Germaniyada, Shi- moliy Greyfsvoldda 1805-yiIda tug‘ildi. Gettingem va Berlin univer- sitetlarida huquqdan tahsil olib, shu mutaxassislik bo'yicha ma’lum vaqt ishladi. Burjua demokratik revolutsiyasi yillarida parlament a’zosi, keyinchalik vazir (ministr) lavozimlarida faoliyat ko‘rsatdi. K.Rodbertus Germaniya mayda burjua iqtisodiy ta’limoti vakili bo‘lib, Sen-Simon va sotsialist-rikardochilar g‘oyalari ta’sirida edi. U xayoliy sotsializm va konservativ reformizm g‘oyalari asosida o'zining eklektik konsepsiyasini yaratdi.
1842-yilda K.Rodbertus «Davlat-xo^alik tizunmi bilish yo‘lida» deb
nomlangan kitobini nashrdan chiqardi. Uning asarlari «sotsial xatlar» shaklida yozilgan. U aynan shu kitobida qo'shimcha qiymat nazariyasini ko‘rsatib o‘tdi. U o‘z fikrlarini yakunlab, shunday deb yozadi: «Agar ishlab chiqarish qanchalik yuqori bo" Isa, ishchining yashashi uchun zarur vositalardan tashqari ko‘pgina iste’mol buyumlarini yaratishi mumkindir. Bu chegirma yerga xususiy mulkchilik va kapital mavjud sharoitda renta holiga aylanadi va kishilar tomonidan mehnatsiz olzlashtiriiadi. Boshqacha qilib aytganda, renta olishning asosiy usuli yerga xususiy mulkchilik va kapitaldir» (К.Родбертус «К познанию нашего государственно-хозяйственного строя. Пять теорем». М.,' 1935, стр. 115). K.Rodbertusning nazariyasi va qisqacha xulosalarla- riga yuqori baho berish mumkin, chunki u A.Smit va D.Rikardo iqtisodiy ta’limotlar bilan yaqindan tanish va bu ta’limotlami chuqur ilmiy tahhl qilgan edi.
Shuningdek, olim о‘z xatlarining birida qo‘shimcha qiymat va uning vujudga kelishini Marksdan oldinroq ko‘rsatganligini va aniq qilib tushuntirganligini yozadi. Bu bilan u o‘zining qo'shimcha qiymat naza- riyasidan Marks ijodiy foydalanganligini va hatto «oVirlab» o'zmiki qilganligini isbotlamoqchi bo‘ladi. Shuni aytish zarurki, Marks ta’li- motiga nisbatan aytilgan bu tanqidlar Marksning o‘ziga ham ma’lum edi. Marksning vafotidan keyin nemis kateder-sotsialistlari bu masalani yana qayta ko'tardilar. Ulaming asosiy maqsadlari Marks ta’limotini kuchsizlantirish va uning ta’sir doirasini kamaytirish edi. 0‘z davrida F. Engels bu fikrlar uydirma ekanligini va Rikardoning qiymat nazariya- sidan so‘l rikardochilar K.Rodbertusdan oldinroq foydalaiiganliklarini aytdi. Shuningdek, u K.Rodbertus qo'shimcha qiymatning foyda va yer rentasiga aylanish qonunini, kapitalistik sinflar o‘rtasida qo'shimcha qiymatning taqsimlanishi, qonunni to‘liq tushunmay, faqat renta nazariyasi bilan cheklanib qolganligini ham ko‘rsatib o‘tdi.
K.Rodbertusning iqtisodiy g'oyalari yuqorida qayd etiigan asosiy asaridan tashqari, to'rtta «ijtimoiy xati»da bayon etiigan. Unda u qiymatning mehnat nazariyasini tahlil qildi. Qiymat ijtimoiy zaruriy mehnat va mehnat xarajatlari bilan aniqlanib, bu o‘rinda bir xil mehnat xarajatlari har qanday ishlab chiqarishdan qat’i nazar bir xil qiymat hosil qiladi deb ko‘rsatiladi. Bundan tashqari, mehnat doimo qiymat vujudga keltirishi alohida taJkidlanadi. F.Engels «Falsafa qashshoqligi» asarining so'zboshisida K.Rodbertus qaraslilaridagi bu holatni keskin tanqid qilib, o‘zining qiymat nazariyasida mehnatning ijtimoiy zaruriy xarakterini inkor etishini yozadi.
KRodbertusning fikricha, mehnat qiymat o'Ichovi sifatida oltin va kumushdan yuqori turadi, chunki u ish kunini o‘zgarmas o‘lchov deb hisoblaydi. Bu o‘rinda «mehnat kunlari» ham izohlanadi. Lekin olim xayoliy fikrlarga berilib, kapitalistik tovar xo‘jaligi sharoitida pulning zaruriyatini to‘g‘ri tushuntirib bera olmadi. K.Rodbertus o‘zining taqsimot nazariyasida klassik maktab vakillari yo‘l qo‘ygan xatolami takrorlaydi. Taqsimot nazariyasi quyidagi tartibda tahJii qilinadi va uch bosqichdan iborat bo'ladi. Birinchi bosqichda K.Rodbertus ijtimoiy (milliy) mahsulotni ish haqi va rentaga bo'linishini ко‘rib chiqadi. Ikkinchi bosqichda u rentam kapital va yer rentasiga bo'lishga o'tadi. Vanihoyat, uchinchi bosqichda K.Rodbertus barcha foyda va yer renta- sining kapitalist va yer egalari o‘rtasidagi taqsimotini ко11 rib chiqadi. K.Rodbertus ijodiy faoliyatining so'nggi yillari qiymatning mehnat nazariyasidan uzoqlashib, mayda ishlab chiqaruvchilar manfaatlariga mos tushuvchi jamiyatni qayta qurish loyihalarini e’lon qilish bilai bog'Iiq bo'ladi. Kapitalizmni Rodbertuschasiga isloh qilishni sinfiy kurashsiz, evolyutsion yo‘l bilan amalga oshirishni ko'zda tutar edi. Bu yo'l keyingi islohotchilik yo'nalishidagi nazariy maktab tomonidan qo'Jlaniladi. Bu olimning asarlari ms tilida to‘la chop etilgan: КРодбертус «Экономические сочинения» М., ОГИЗ. Сое Экгиз. Л.31936. стр.436.
Do'stlaringiz bilan baham: |