F.Kene - fiziokratizm ta’Iimotining asoschisi. .
Uning «Iqtisodiy jadvab asaridagi g‘oyalar
Fransua Kene (1694-1774) har tomonlama keng bilimli olim bo‘lib, Versal yaqinida, kambag‘al dehqon oilasida dunyoga keldi, u yoshligidan tibbiyotga havas qo'ydi, qishloq jarrohidan dars oldi, tibbiyot amaliyoti unga shuhrat keltirdi. Dvoryan unvoniga ega bo‘ldi va Versal saroyiga (Ludovik XV qirol saroyiga) o4di. 1718-yilda vrachlik kasbini oldi.
1744-yilda tibbiyot fanlari doktori ilmiy darajasiga erishdi, 1752-yildan esa Ludovik XV xonadonida tabiblik qildi (leybmedik). Tibbiyot va biologiyaga oid ko'pgina asarlar yaratdi. U oltmish yoshdan boshlab iqtisodiyot muammolari bilan bevosita shug'ullana bo&hladi.
1766-yilda Adam Smit ham uning mehmoni va suhbatdoshi bo'lgan edi. Didro va D’Alamber tomonidan chop etiigan «Qomus^da F.Kenening dastlabki iqtisodiy maqolalari: «FtTmerlar>>, «Don», «Aholi», «Soliqiar» paydo bo'ldi (1756-1757). 1758-yilda uning asosiy va eng muhim asari - «Iqtisodiy jadval» kitobi dunyoga keldi. F.Kene bu asarlarida fiziokratizm maktabi asoslarini yaratdi, uning nazariy va siyosiy dasturini ta’riflab berdi. Uning ishini va tadqiqotlarim XVIII asming ikkinchi yarmida Fransiyaning taniqli davlat arbobi A-Tyurgo (1727-1781) davom ettirdi. Fiziokratizm g‘oyalarini (ayniqsa, F.Kene ta’limotini) Dyupon de Nemur, D’Alamber, V.Mirabo, G.Letron vaboshqalarkeng targ'ib etdHar. Shunday qilib, haqiqiy fiziokratlar maktabi yoki, o‘sha davr till bilan aytganda, «iqtisodchilar maktabi» tarkib topdi. Uning eng rivojlangan davri XVIII asming 60-70-yillariga to‘g£ri keladi.
F.Kene «tabiiy tartibi konsepsiyasini ilgari surdi, bu olimning uslu- biy platformasi edi («tabiiy huquq» konsepsiyasini eslang), bunda u paydo bo‘iayotgan va tobora mustahkamianayotgan dahlsiz xususiy mulkni tushjundi, iqtisodiyot etkin raqobat asosida rivojlanishini., bozor bahosining stixiyali o‘zgarishi, ya’ni davlatning aralashuvini inkor etadigan jarayonni qo'llab-quwatladi, boylikning adolatii taqsimlani- shini istardi. Iqtisodiy rivojlanish odamlarning istak-xohishiga bog‘liq bo'lmagan tabiiy jarayon bo'lib, uning ma’lum qonuniyatlarga bo'ysu- nishini tan olish fiziokratlaming so£zsiz yutug'i edi. Bu qonunlar, ulaming fikricha, tarixiy bo£lmay, abadiy qonunlar deb qaralgan edi. Shu sababli ishlab chiqarishning kapitalistik (bozor) shakli tabiiy va abadiy ishlab chiqarish shakli deb liisoblangan (hozirgi rivojlanish buni ko‘p jihatdan isbotlamoqda).
F.Kene almashuvning ekvivalentligi ta’limotini ilgari surdi. U almashuv yoki savdo boylik yaratmaydi, demak, almashuv jarayoni hech narsa ishlab chiqarmaydi, deb hisoblagan. Erkin raqobat sharoitida almashuv sohasida teng miqdorli qiymatlaming almashuvi ro‘y beradi. Bu qiymat tovarlarda ular bozorlarga kirmasdan oldin ham mavjud bo‘ladi (V.Pettining tovar qiymati faqat almashuv paytida paydo bo'ladi, degan fikri noto‘g‘ridir). Bundan kelib chiqadiki, almashuv jarayonida boylik yaratilmaydi va foyda paydo bo'Imaydi. Almashuvning ekvivalentligj to'g'risidagi ta’limot meikantilistlai-ning qarashlarini inkor etish uchun nazariy asos bo‘ldi. Bu holat, shu bilan, birga fiziokratlardan boylik manbayini muomala sohasidan tashqarida izlashni taqozo etdi. Ammo F.Kene miqdorli qiymatlaming almashuvi sababini to‘g‘ri tushuntirib bera olmadi, chunki qiymat nazariyasi hali to‘la ishlab chiqilmagan edi va u qiymatni ishlab chiqarish xarajatlari bilan aynan bir deb hisobladi.
Fiziokratlarning iqtisodiy tizimida «sof mahsulot» to'g'risidagi ta’limot markaziy o‘rin egallaydi. F.Kene yalpi ijtimoiy mahsulot va ishlab chiqarish xarajatlari o'rtasidagi farqni sof mahsulot deb bilgan, boshqacha qilib aytganda, bu ishlab chiqarish chiqimlaridan oshiqcha mahsulotdir. F.Kene «sof mahsulot» faqat qishloq xo'jaligida, dehqonchilikda yaratiladi, bu sohada tabiat kuchlari ta’sirida iste’mol qiymatlari miqdori ko‘payishini ta’kidlaydi. Sanoatda esa iste’mol qiymatlari faqat turli kombinasiyalarga uchraydi, mehnat jarayonida dehqonchilikda yaratilgan mahsulotning shakli o‘zgaradi, lekin uning miqdori ko'paymaydi, shuning uchun «sof mahsulot» paydo bo'lmaydi va boylik yaratilmaydi (kuchli, ammo noto'g'ri mantiq bor).
A.Smitning fikricha, shu asosda hunarmandlar (sanoatchilar) unumsiz, foyda bermaydigan sinf deb qaralgan. Aslida esa fiziokratlar tou sinfatng borligini tan л1э*Шаг, imi ujmmsK1 йщ baUd Jbpdaga sof qo'shimcha daromad keltirmaydigan sinf deb qaraganlar. A.Tyurgo esa bu sinfga yuqori baho berib, «haq to‘lanadigan sinf» deb qaraydi.
Fiziokratlar qiymatni iste’mol qiymatiga, hatto tabiat mahsulotiga tenglashtirganlar (almashuv qiymati ham bor). Ulami faqat miqdoriy soha, ya’ni ishlab chiqarish jarayonida olingan iste’mol qiymatlarining ortiqcha qiymati (iste’mol qilingandan oitig‘i) qiziqtirgan. Bu narsa asosan dehqonchilikda aniq namoyon bo'ladi. Ammo F.Kene ta’limotining boshqa tomoni ham bor. Uning fikricha, «sof mahsulot» miqdori ishlab chiqarish chiqimdarming miqdoriga bog'liqdir, bu chiqimlarga xomashyo sarflari, materiallar va ish haqi kiradi. Materiallarning qiymati belgilanganligi tufayli, ish haqi tirikchilikning minimum xarajatlariga keltirilgan ekan, «sof mahsulot» (qo'shimcha qiymat) qo‘shimcha mehnatning samarasi sifatida yuzaga keladi. Shunday qilib, fiziokratlarda qo'shimcha qiymat tushunchasi qarama-qarshi xarakterga ega. Шаг uni tabiatning sof hadyasi, ya’ni dehqonlaming qo‘shimcha mehnati natijasidir, deb qaraganlar (qo'shimcha qiymat yaratishda tabiat ham
ishtirok etadi). Fiziokratlaming bunday fikriashi qiymatning ijtimoiy labiatini tushunmaslikdan va qiymat tushunchasini iste’mol qiymati bilan qorishtirib yuborish oqibatida yuzaga keldi. Foyda tushunchasi mustaqil kategoriyaga ajmtilmagan, hatto inkor etilgan. Renta qo'shimcha qiymatning yagona shakli sifatida qabul qilingan ekan, foyda ishlab chiqarish chiqimlarining faqat ajralmas qismi bo‘lishi mumkin edi. Ular foydani ish haqining shakli sifatida qaraganlar, foyda go‘yoki odatdagi ish haqidan o'zining kattaroq miqdori bilan farq qilgan va u kapitalistlar tomonidan foyda sifatida tola iste’mol qilingan.
Fiziokratlaming «utiumh» va mnumsiz» mehnat to'g'risidagi ta’limoti «sof mahsulot» to'g'risidagi ta’limot bilan chambarchas bog'liq bo'lib, uning mantiqiy davomi deb hisoblanadi. Merkantilistlardan farqli ravishda ular «sof mahsulot» yaratuvchi mehnat unumli boladi, ya’ni qo'shimcha qiymatni yaratadi, degan edilar. Bu unumli mehnatning tabiati to‘g‘risidagi masalagaprmsi pial to'g'ri yondashish yo‘U edi Ammo renta qo'shimcha qiymatning yakka-yu yagona aniq shakli sifatida tan olinganligi sababK dehqon mehnati birdan bir unumli mehnat deb hisoblanadi. Ishlab chiqarishning boshqa sohalaridagi (sanoatda ham) mehnat «unumsiz», ya’ni samarasiz deyiladi. Bundan dehqonchilik mehnatini boshqa mehnat turlaxiga qarslii qo'yish asossizdir, chunki yollanma mehnat ishlab chiqarishning qaysi sohasida qa'llanmasin, qo'shimcha qiymat yaratadi.
F.Kene «sof mahsulot» to'g'risidagi o‘z qarashlari asosida jamiyatni uch sinfga bo'ladi: unumli sinf (fermerlar), yer egalari sinfi va unumsiz sinf (bu sinfni u sanoatchilar sinfi deb ham ataydi). Unumli sinfga dehqoncMikdagi barcha xodimlar, qishloq xo'jalik ishchilari ham, fermerlar ham, ya’ni «sof mahsulot» yaratuvchilaming hammasi kiradi. Yer egalari bu mahsulotning iste’molchilari hisoblanadi, chunki ular uni ijara to'lovi sifatida oladilar. Samarasiz, «unumsiz» sinf vakillari esa dehqonchilikdan boshqa tarmoqlarda ishlaydi (sanoat, savdo, xizmat sohasi). Ular «sof mahsulot» yaratmaydilar.
Jamiyatning sinfiy tuzilishi to'g'risidagi bu ta’limotning asosiy kamchiligi shuki, F.Kene yangi jamiyatning asosiy sinflarini ko'ra bilmaydi, to'g'rirog'i bunga tarixiy sharoit halaqit beradi. Bu tizimda yollanma ishchilar bilan kapitalistlar birlashtirilgan. Fransiyada o'sha davrda kam bo'lsa ham, proletariat sinfi mavjud edi, lekin kapitalistik munosabatlar rivojlanmaganidan buijua jamiyatimng boshqa sinflaiga qarshi tura oladigan mustaqil sinfiga ajrahnagan edi. Sinflar to'g'risidagi ta’limotning bu kamchiliklaridan qat’i nazar, jamiyatni sinflarga bo‘lishnmg iqtisodiy belgilarini aniqlash va iqtisodiy asoslarini ko‘rsa- tishga urinish ijobiy voqea hisoblanadi.
Fiziokratlaming muhim xizmatlaridan biri shuki, ular birinchilardati bo‘lib, kapital tushunchasini tahlil qilishgan. Asarlarida bevosita «kapitali so‘zi qo‘Uanilmagan, ammo yerlaming zaxini qocliirish, ya’ni yer sifatini yaxshilash, qurilish, ot, plug, boronauchun ma’lum tipdagi dastlabki avans (bo'nak) hamda uruglik va ishehi-batraklarga beriladigan avans boshqacha ekanligi aniq belgilanadi. Chunki birinchisiga qilingan xarajat bir necha yilda bir marta bo‘lib, o‘z-o‘zmi asta-sekin qoplaydi (asosiy kapital), ikkinchisi esa yiliga yoki doim bo'lib, har bir hosii tufayli qoplangan. Shu sababli F.Kene ulami dastlabki avans (hozirgi zamon nuqtayi nazaridan asosiy kapital) va yiffik avans (aylanma kapital) deb atadi. Bu g'oya A.Smit tomonidan rivojlantirildi. Bu o‘sha davr uchun buyuk kashfiyot edi. Shunisi muhimki, aylanma kapital bilan birga asosiy kapital ham doim harakatda deb qaraladi. Dehqonchilikda qo‘llaniladigan kapitalning moddiy elementlariga qishloq xo'jaligi qurollari va inventar, mol, urug‘lik, odamlaming tirikchilik vositalari va boshqalar kiritilgan. F.Kene merkantilistlardan farqli ravishda (ular kapitalni pul bii'an aynan bir deb /lisobiagamar), putfaming t/zi emas, baiici' pujga olinadigan ishlab chiqarish vositalari kapital hisoblanadi, deydi. Ammo kapitalning bu moddiy elementlaii umumiy melmat jarayoninmg oddiy elementlari sifatida, kapitalistik ishlab chiqarish jaiayonida ishlatfladigan ijtimoiy shaklidan ajralgan holda qaraladi, oqibatda kapital abadiy, ya’ni tarixiy bo'lmagan kategoriya deb ko'rsatiladi.
Ishlab chiqarish chiqimlari (harajatlari)ni tadqiq qilish orqali kapitalning tashkil etuvchi qismlarim ajratish imkoni paydo bo'ldi, bunda kapitajning (oborot) aylanish xarakterihisobga olindi. Kapitalning bir qismi boshlang‘ich avans (bo‘nak) hisoblanib, unga qishloq xo‘jalik inventari, qurilish, mol va boshqalarga ketgan sarflar kiradi, shulardan 10 foizi yillik amortizatsiya hisoblangan, yillik avans deb atalgan kapi-- talning boshqa qismiga urug‘lik olish, asosiy qishloq xo‘jalik ishlari, ishchi kuchi uchun xarajatlar kiradi.
Boshlang'ich avans bilan bog‘liq kapital sarfi ishlab chiqarish sikli bir qancha (qator yillar) vaqt ichida to‘la aylansa, yillik avansga sarflangari kapital bir ishlab chiqarish sikli (bir yil) davomida tola aylanadi. Bu yerda amalda doiraiy va aylanma kapital to'g'risidagi g'oya berilgan, ammo bu tushunchalar boshqa so'zlarda ifoda etilgan, xolos. Shunisi diqqatga sazovorki, F.Kene kapitalni asosiy va aylanma kapitalga bo‘lgandafaqat ishlab chiqarish kapitali bilan bog lagan holda bergan, uni muomala kapitali (savdo kapitali) bilan qo'shib yuboimagan. Shu sababli u pul va tovami ishlab chiqarish kapitalining biror tarkibiy qismiga kiritmasdan, to‘g‘ri fikr yuritgan. Shunday qilib, fiziokratlar asosiy va aylanma kapitalga oid muammoiu nazariy jihatdan yechishga asos soldilar.
F.Kene iqtisodiyot tarmda takror ishlab chiqarish jarayonini va yalpi ijtimoiy mahsulot muomalasini butunicha ko'rsatish uchun birinchilardan bo'lib urinib ko'rdi. U o‘sha davr jamiyati fuqarolarini uch sinfga bo'ladi: bjjinchisi — unumli sinf (fermerlar); ikkinchisi — mulkdorlar sinfi (pomeshchik, cherkov...) va uchinchisi - unumsiz sinf (hunarmand, ishchi va savdo xodimlari). Bu jarayon sxematik ravishda «Iqtisodiy jadval»da tasvirlangan. Unda mamlakatda ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotning aylanishi orqali qanday taqsimlarushi ko'rsatilgan, buning oqibatida ishlab chiqarishning awalgi hajmida qayta boshlash uchun shart-sharoitlar yaratiladi.
«Iqtisodiy jadval»ning bir necha variantlari mavjud. Bin Veisalda 1758- 1759-yillarda chop etilgan. 1894-yilda bu jadvalning boshqa varianti topildi. Яшпсйх variant bo‘yicha (2-chizmaga qacang) kapital aylanishi quyidagicha ro‘y beradi: qishloq xo'jaligida yaratilgan jami qimmat 5 mingga teng bo‘lib, shundan 3 mingi yerni ishlashga ketgan xarajatdir. Fermerlar yetishtirilgan mahsulotning 2/5 qismidan aylanma kapital uchun foydalanadilar, 1/5 qismi unumsiz sinfga sotiladi va unga asosiy kapitalni (asbob-anjomni) ta’mirlash uchun kerakli asbob-uskuna olmadi Bu yerda fermerlar faqat «boshqarish uchun haq olganliklari» sababli unumdor narsa fermer mehnati emas, balki yerdir. Qoldiq esa yer egasiga renta sifatida to‘lanadi.
Yer egalari o'zlarining 2 minglik daromadining yarmini sanoat tovarlari olishga sarf qiladilar, «unumsiz sinf» 2 mingga xomashyo va qishloq xo'jaligi mahsulotlari sotib oladi. Bu jarayon natural ko‘rmishda ham namoyon bo‘lishi mumkin. Bunda 3/5 qism mahsulot muomalaga kiritiladi, undan xuddi pul shaklida ham foydalanish mumkin. Bu jarayon boshida fermerlar iqtisodiyotdagi 2 ming pul massasiga ega boiadilar. Yerdan foydalanish huquqiga ega bo'lish uchun bu summa egalariga (yer ulamiki) beriladi, ular esa bu summani oziq-ovqat
mahsulotlari (1 ming) va sanoat tovarlari (1 ming) olish uchun sarflaydilar; endi fermerlar olingan 1 mingni asosiy kapitalni qoplash uchun hunannandlarga (unumsiz sinfga) bexadilar, ular esa olingan 2 mingni qishloq xo'jalik mahsulotlari olish uchun sarflaydilar. Oqibat- da fermerlar 3 ming oladilar va 1 mingni sarflaydilar (qoldiq 2 ming); shu yoi bilan boshlang'ich holatga qaytadilar.
«Unumsiz» sektoming sof mahsuloti 0 ga teng, yangi ishlab chiqarish sikli boshlanishi bilan 2 ming pul shaklida yana yer egalariga (renta) beriladi.
Barcha aytilgan fikrlar bir yil uchundir, lekin uni oylar bo‘yicha ham tahlil etish mumkin. Bu hozirgi davrdagi taniqli iqtisodchi V.Leontevning «xarajatlar - chiqarishlaj» jadvalini eslatadi. Xuddi Leontev tizimidek ma’lum boylikru yaratish uchun kerakli barcha omillardan cheklangan aniq nisbatda foydalaniladi, mazkur sektoming mahsulot qiymati boshqa sektoming umumiy to'lovlari bilan to'la qoplanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |