«Mehnat boylikning otasi va nihoyatda faol prinsipidir, yer esa uning onasidir* degan fikr ham V.Pettiga tegishlidir. Bu g‘oyanmg shunisi
to‘g‘riki, mehnat boylikning yakka-yu yagona manbayi emas, chunki gap moddiy boylik, iste’mol qiymatlari hosil qilish ustida borganda faqat mehnat emas, balki tabiat ham ishtirok etadi, ammo to'g'ri qoida tovaming qiymatiga ham xato ravishda noo'rin qo‘Ilaniladi. Shunday qilib, V.Petti o'zining qiymatning mehnat nazariyasiga qarama-qarshi o‘laroq, qiymat manbayi sifatida mehnat bilan birga tabiatni ham qabul qilishni talab etadi. Buning sababi shuki, u iste’mol qiymati manbayi sifatida ham, qiymat manbayi sifatida ham bir xil gavdalangan.
Qiymat nazariyasi bilan daromadlar, ish haqi va renta to‘g‘risidagi nazariyalar bevosita bir-biriga bog‘liq. V.Petti boshqa (D.Rikardo, T.Maltus) klassik maktab vakillari kabi, ish kuchini emas, balki mehnatni tovar deb hisobladi (aslida ish kuchi ham tovardir),
V.Petti mehnatni tahlil etishga kirishadi. Har bir konkret mehnat aniq narsani (baxt-saodatni), iste’mol qiymatini yaratadi. Qiymat ikki qismdan iborat: 1) iste’mol qiymati; 2) almashuv qiymati - mahsulot almashsa yoki sotilsa, yuzaga chiqadi. Masalan, dehqon mehnatida shunday umumiylik borki, unga ko‘ra barcha mehnatlami bir-biri bilan solishtirish (chog'ishtirish) mumkin, narsalar (baxt-saodat) - tovarlami almashuv qiymati bilan, ish vaqtini sarflash, umuman ishchilaming umimli energiya sarflashi bilan axiiqlash mumkin. Bundan .ah&iak* jaxfthtutf .Ubsfcirinhas^kfJih^hiijLad^ да .him' &km£hila«lai? ■hf'‘Jib V.Petti tushuna boshladi. U mehnatning tabiiy bahosini ish haqi deb biladi va uning miqdorini aniqlashni o'zining vazifasi qihb qo'yadi. 0‘sha davrda Angliyada ish haqi qonun bilan tartibga solingan, uning eng yuqori pog‘onasi ishchilarning hayoti uchun zarur bo'lgan jismoniy minimum mablaglardan iborat edi (sog‘lom odamning knnlik o'rtacha ovqati). Petti har bir ishchi «yashash, mehnat qilish va ko‘payish uchun» kerakli narsani olsa bas, degan qisqa xulosalarga keladi. Bu holatni V.Petti nazariy jihatdan isbotlamoqchi bo'ldi. U o'yladiki, agar ishchilarga ko'rsatilgan mmimumdan, masalan, ikki hissa ko'p haq to'lansa, ular ikki marta kamroq ishlaydilar.
TirikchiUk uchun zarur mablag'lar nazariyasi xato bo‘lib, awalo, i&hchi kuchi qiymatiga kiruvchi tarixiy va axloqiy elementlami o‘z ichiga oladi Shu bilan birga, bu nazariyaning ijobiy tomoni ham mavjud bo'lib, ishchilar o‘zlari yaratgan qiymatning faqat bir qismini (tiriklik uchun kerakh minimum mablag'ni) olayotgani ma’lum bo'lib qoldi. Mehnat tufayU yuzaga kelgan qiymatning boshqa qi&mi esa qo‘shimcha
mehnat natijasi sifatida namoyon bo'ladi, bu qo'shimcha qiymat, uningcha, rentadir.
U ishlab chiqarmaydigan aholiga - dindorlar, advokat, amaldorlaiga salbiy munosabatda bo'ldi, shuningdek, u sotuvchilar sonini ham keskin kamaytirish tarafdori edi. Tadbirkoriar va yet egalarining daromadlarini belgilash uchun umumiy bo'lgan «Rentas tushunchasi kiritiladi.
V.Petti renta nazariyasini ham ishlab chiqdi (siz ham rentani bir eslang). Uning fikricha, renta mahsulot (natura) ko'rinishida ish haqi va urug'likni ajratgandan keyin qoladigan mahsulot miqdoriga teng bo'lishi kerak. Demak, bu holda renta qo'shimcha mahsulotga teng. Pul holidagi renta qo‘shimcha mahsulotning kumush miqdoriga teng qiymatidir,
V.Pettida foyda tushunchasi alohida kategoriya shaklida yo‘q, renta barcha qo£shimcha qiymatga teng miqdor deb baholanadi. Shu sababli renta to'g'risidagi nazariyada amalda qo'shimcha qiymat haqida gap boradi. Qiymatni mehnat sarflari sifatida qarab, V.Petti birm-ketin renta (qo'shimcha qiymat)ni qo‘shimcha mehnat natijasi ekanligini aniqlaydi. Buni fermeming foydasi sifatida ham qaraydi.
Ish haqi va rentani mehnat asosida yuzaga kelgan qiymatning bir bo‘)agj sifatida taJbdi] etib. Petti jшЫт gjsgacba jvuJosalar chigwadify unga ko‘ia ish haqi va renta bir-biriga qarshi. Masalan, — deydi u, — bir bushel (36,4 kg) bug'doy 60 pensdan sotiladi, undan 20 pensi yer rentasiga, 40 pensi yer egasining ish haqi sifatida berilsa va ish haqi 1/8 ga yoki kuniga 8 dan 9 pensga ko‘tarjlsa, yer egasining 1 bushel bug‘doydagi hissasi 40 dan 45 ga ko'tariladi, yer rentasi esa 20 dan 15 pensga (ya’ni 5 pensga) kamayadi.
V.Petti rentaning kelib chiqishi to‘g‘risida ham muhim va qiziqarli fikrlami beradi (umuman, renta absoiut va differensial boradi). Differensial rentaning kelib chiqishini u yer uchastkalarining turlicha joylashganligi bilan tushuntiradi (birinchi sabab, ya’ni bozorga uzoq- yaqtnligi, masofa, transport sarflari). U rentaning ikkinchi sababini ham aniqlab, yerning tabiiy unumdorligining turlicha ekanligini ko‘rsatgan, Olimlarning fikricha, V.Petti differensial rentani Adam Smitdan ham yaxshi bayon etgan.
Absolut renta haqida gap borganda shuni aytish kerakki, bu renta yerga xususiy mulkchilik bo‘lganda namoyon bo'ladi. V.Petti yer bahosi chunki jamg‘arma normasi past bo‘Igan Angliyaning moddiy boyligi nisbatan sekin o'sayotgan edi. Sal keyinroq V.Pettining bu xatolari uning izdoshi Gregori King tomonidan to‘g‘rilandi va XVII asr oxiridagi Angliya milliy daromadi nihoyatda to‘g‘ri hisoblab chiqildi.
V.Pettining so'nggi asarlari ko‘proq aholi, uning o£sishi, joylashuvi va ish bilan bandligi masalalariga bag‘ishlangan. V.Petti zamondoshi va do'sti, mayda savdogar Jon Graund bilan biigalikda demografik statistika faniga asos soldi. 1662-yildan boshlab Angliyada umumiy aholi soni, tug‘ilish, o'lim va tabiiy o‘sish masalalari bo'yicha kitoblar yuzaga kela boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |