Qisqacha xulosalar
Mayda ishlab chiqaruvchilar nazariyotchilari tomonidan Kapi- talizmning chuqur o'rganilishi iqtisodiy ta’Iimotlar tarixida bu mak- tabning munosib o'rnini belgilab berdi. S.Sismondi va uning g‘oyalari sanoat inqilobi, kapitalizmning nihoyatda tez sur’athrda rivojlanish davrida birinchilaidan bo‘lib, shu jamiyatni iqtisodiy negizini va ijtimoiy tuzumini tanqid qilishda o'z aksini topdi. Bu tanqid mayda ishlab chiqaruvchilar manfaatlariga mos ravishda oshirilib, kapitalizmning inqirozlar asosida notekis rivojlanishini ko'rsatib berdi. Siyosiy iqtisod inson baxt-saodati uchun zarur bo'lgan ijtimoiy rivojlanishni o'rgan- adigan fan deb yuritildi. S.Sismondi asarlarida asosiy e’tibor melmat- kashlar, ayniqsa, ishchilar sinfming ayanchli bir taqdiriga samimiy hamdardlik bildirishga qaratilgan.
Shuningdek, iqtisodiy kategoriyalami ilmiy tahlil qilishda klassik maktabdan, ayniqsa, A. Smit qarashlaridan nari o‘ta olmadi. Olimning ishlab chiqarish bilan iste’mol o'rtasidagi qarama-qarshilikni ko'ra bilganligi katta xizmati bo'lsa, mashinalashgan ishlab chiqarishning ijo- biy xususiyatlarini to'g'ri baholamaganligi uning jiddiy kamchiligi edi.
P. J. Prudonning mayda ishlab chiqarish sotsializmi Fransiyada va G'arbiy Yevropaning boshqa mamlakatlarida keng yoyildi. Prudon qarashlarida ham ikkiyoqlamalik va fikrlar qorishmasini uchratishimiz mumkin. Shunday bo[lsa ham, prudonizm g'oyalaridagi kapitalizmni isloh qilish to‘g‘risidagi fikrlardan hozir ham sotsial islohotchilikning ayrim ko'rinishlarida keng foydalanilmoqda. Prudon kapitalistik tovar ishlab chiqarishdagi qarama-qarshilikni shu tovarlarni pulga aylantirish yo‘li bilan bartaraf etish mumkin deb hisoblaydi. U pulning mohiyatini to‘g‘ri tushunmay, hamma aybni ayirboshlashdagi nohaqlikdan deb biladi.
Shunday qilib, u tovar-pul munosabatlarini pul, kapital va foizsiz saqlash kerakligini taklif qildi. Barcha kamchiliklardan qafi nazar, Prudon kapitalistik taraqqiyotdan orqaga qaytish mumkin emasligini tushundi, lekin mayda xususiy mulkchilikni saqlab qolish tarafdori bo'ldi. K.Rodbertus ham o‘z asarlari bilan nemis mayda burjua nazariya- siga katta hissa qo‘shdi. U kapitalistlardan ishchilar sinfiga ishlab chiqarish mahsuldorligi oshganligi hisobidan ma’lum hissa berishlarini talab qildi.
K.Rodbertus qiymatning mehnat nazariyasida, qo‘shimcha qiymat, yer rentasi nazariyalarida katta ijobiy natijalarga erishdi. Oiimning yaratgan asarlari zamondoshlari, jumladan, marksistik iqtisodiy ta’limot asoschilari tomonidan ijtimoiy fanlar rivojiga qo‘shilgan katta hissa deb yuqori baholandi.
Asosiy tushnncha va iboralar
Iqtisodiy romantizm, mayda ishlab chiqarish, yirik sanoat, doktri- na, sentimental, liberal, eklektik, reaksion, liberal narodnik, konsen- trasiya, uchinchi shaxslar, xalq banki, ishchi puh, anarxizm.
Nazorat va mulohaza uchun savollar
Mayda iqtisodiyot nazariyotchilariga xos xususiyatlar nimalardan |borat?
i 2. S.Sismondining iqtisodiy mavzudagi qanday asarlarini bilasiz?
S.Sismondining metodologiyasiga xos xususiyat nimalardan iborat? Uning fikricha boylikning manbai nima?
S.Sismondi ta’limotida qaysi iqtisodiy nazariya asosiy o‘rin tutadi?
Qiymatning manbayi nima? Uni izohlab bering.
Mayda burjua nazariyasining vujudga kelish sabablarini tushuntirib bering.
S.Sismondi kapitalizmni qanday tarzda tanqid qilganini izohlab bering.
S.Sismondi daromadni nechta turga bo£ldi?
S.Sismondining fikri bo‘yicha iqtisodiy krizisni izohlab bering.
S.Sismondining hayoti va ijodining dastlabki yillari haqida nimalami bilasiz?
Prudonning qaysi asarlarini bflasiz va u bu asarlarda qanday nazariyalami ilgari surgan?
Prudon o‘z ta’limotida qanday iqtisodiy muammolarga e’tibor bergan? Qaysi iqtisodiy nazariyani ilgari surdi?
Prudon davlat tuzumining qanday shaklini ko'rsatib berganini tushuntiring.
Prudonning kapitalizmni isloh qilish loyihasining mohiyati nimadan iboratligiga izoh bering.
K.Rodbertus qaysi nazariy maktabning vakili?
K.Rodbertusning qiymatning mehnat nazariyasi haqida nimalami bilasiz?
K.Rodbertus qo‘shimcha qiymat nazariyasining o‘ziga xos xususiyatlarini aytib bering.
K.Rodbertus iqtisodiy ta’limotinmg tutgan o‘mi.
Kapitalizmni mayda ishlab chiqarish nuqtayi nazaridan tanqid maktab ining iqtisodiy ta’limotlar tarixida erishgan yutuqlari va ahamiyati.
ХП b о b. BOZOR IQTISODIYOTIGA MUHOLIF G‘OYALAR 12.1. XIX asrning birinchi yarmidagi xayoliy sotsializmning o‘ziga xos xususiyatlari
Xayoliy sotsialistik g‘oyalaming dastlabki ko'rinishlarida, ya’tfi Platon asarlaridan boshlab, T.Mor va T.Kompanelli asarlarininS barchasida xususiy mulk tanqid qilib kelindi.
Bu olimlar jamiyatni qayta tuzishni taklif qilib, nisbatan adolatll, rivqjlangan jamiyatni asoslab berishga intildilar. Lekin bulaming barcha^ xayoliy sotsializm shakllanishi arafasidagi dastlabki g'oyalar edi, xolo?- Xayoliy sotsializmning haqiqiy rivojlanish davri XIX asrning birinchi yarmiga to‘g‘ri keladi. Bu davrda G‘arbiy Yevropada kapitalistik munosabatlar rivojlanib, sinfiy ziddiyatlar oshkor bo‘ldi. Ayniqsa, klassik iqtisodiy maktab vakillarining asosiy asarlarining ta’siri ko‘pgin& maktablarda bo‘lgani kabi xayoliy sotsialistlar qarashlariga ham jiddiy ta’sir o‘tkazdi. Shuningdek, bu davrda sanoat to'ntarilishining yakunlanishi va Yevropa mamlakatlarida yuz beigan jiddiy iqtisodiy o'zgarishlar ham xayoliy sotsialistlar A.Sen-Simon, Sh.Fure va R.Ouenlar o'z asarlarida ko'rsatib, mavjud kapitalizmni ichki xusu- siyatlarini kengroq ochib berishga intildilar. Bu olimlar guruhi iqtisodiy fan rivojiga katta hissa qo'shib, ilk bor kapitalistik munosabatlar abadiy emasligini, unda iqtisodiy mqirozlar mavjud bo‘lishini ko'rsatib berdilaf Shu jumladan, ular ham klassiklar kabi texnika taraqqiyotining jadallashuvi, ilmiy kashfiyotlar va jamiyat ishlab chiqarishini umurrr jahon rivojini iqtisodiy siyosatning asosiy maqsadi deb hisobladilaf Bundan tashqari, xayoliy sotsialistlar tabiiy tartib konsepsiyasiga am^l qilib, jamiyat va alohida olingan insonning ideal ijtimoiy tuzulisH modelini Ugari surdilar.
Xayoliy sotsialistlar klassik iqtisodiy maktab vakillaridan farq qilib, xususiy mulkchilikni va kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlarirtf tanqid qiladilar, jamiyatning barcha a’zolariga baxt keltiradigan yan^i jamiyat yuzaga keladi,deb ishchilami ishontiradilar. Ular yangi jamiyat, adolatli ijtimoiy tuzum loyihalarini bayon etib, iste’mol va taqsimotni qayta tashkil etish bilan cheklanib qolmasdan, balki ishlab chiqarishni tubdan o'zgartirishni taklif qildilar.
Shuningdek, ulaming ijtimoiy adolatni targ'ib qitishga qaratilgan g'oyalari aynan adolatsizliklardan voz kechishi zarur degan ftkrlari asosida cafaqat xayoliy balki bozor iqtisodiyotiga qarshi qarash ko‘rinislimi oladi. XIX asming birinchi yarmida ijod qilgan xayoliy sotsialistlar ta’limotlarida bozor iqtisodiyotiga muqobil qarashlar turiicha bo'ladi. Bu o‘rinda ushbu maktab vakiUarining birinchidan, individual faoliyatni koilektiv mehnat faoliyati bilan almashtirish mexamzmini qanday izohlashlari bilan, ikkinchidan, mehnatkashlarni jamoa tashkilotlariga birlashish tamoyillari xususiyatlarini qay tarzda tushuntirishlarida o‘z aksini topadi,
Bu shart-sharoitga e’tibor berib ShJid va Sh.Rist o‘z asarlarida shunday deb yozadilar: «Sen-Simon va uning izdoshlari haqiqiy kollektivizm tarafdorlari bo'lib, ular jamoat tashkilotlariga millatning hamma a’zolarini kirgizish bunday birlashuvni tepadan boshlashni taklif qiladilar, ya’ni milliylasbtirish va boshqa jarayonlami endi siyosiy hokimiyat o‘z qo'liga oladi.
assotsiatsiyachilan- bo'lib, Sen-simonchilardan farqli o'laroq individ to'da ichida yo‘qolib ketmasligini xohlaydilar. Ularni mayda avtonom gunthlar yordamida saqlab qolishni taklif qilib, birlashuv jarayonini yuqoridan emas, balki quyidan bomhini maqsadga muvofiq deb hisoblaydilar». (Жид III, Рист Ш. История экономических учений.
М., «Экономика», 1995. Стр. 170)
Nihoyat, xayoliy- sotsializm namoyandalari o'zlarining benuqson ijtimoiy tuzumlami turiicha: Sen-Simon industrializm, Pure garnio- niya, Ouen esa kommunizm deb atadilar. Lekin ulaming barchasi eksphiatatsiyaning yo'q bo'lishi, aqhy va jismoniy mehnat o£rtasidagi qarama-qarshilikning bartaraf etilishi hamda xususiy mulkning yo‘q bo‘lishi to‘g‘risidagi fikrlami bir xil takrorladilar. XVIII asming oxiri
XIX asming boshlarida G‘arbiy Yevropada ishlab chiqarishning hukmron shakli manufaktura bo'lib, fabrika ishlab chiqarishi endi- gina shakllanayotgan edi. Kapitalizmning moddiy sharoitiari va ishchilaming jamiyatning asosiy sinfi sifatida shakllanishi dastlabki bosqichlarda edi.
XayoHy sotsialistlar ijtimoiy adolatli jamiyatga o‘tish yo‘Uarini aniq ko'rsata olmadilar, lekin ular sinfiy manfaatlar qarama-qarshiligini ta’kidlab o‘tdilar. Ular ishchilar sinfiga ezilgan jabrlanuvchi sinf sifatida qarab, asosiy e’tibomi ongni rivojlaiitirishga, o‘z g‘oyalarini tashviqot qilib, kommunalar, «falansterlar» orqali hayotga tatbiq etishga qaratdilar, Mehnatkashlarni ozod etishning moddiy sharoitlari yaratilmaganligi tufayli xayoliy sotsialistlar boiajak jamiyatning fantastik loyihalarini taklif etdilar. Ular o‘zlarini sinflardan yuqori qo‘yib, jamiyatning barcha a’zolari manfaatlarini ifoda etayotganliklarini ko‘rsatmoqchi bo‘ldilar. Shuningdek, siyosiy kurash, revolutsiyalami rad etib, ijtimoiy adolat g‘oyalarini tashviqot qilish yo‘li bilan jamiyatni qayta tuzishni orzu qildilar. Mana shulaming barchasi g'oyalaming xayoliy bo‘lib qolishiga sabab bo'ldi. Biroq, xayoliy sotsializm o‘zining cheldanganligiga qaramasdan, kapitalizm oyoqqa turayotgan bosqichda progressiv ta’limotlar qatorida alohida o‘rin egallaganligini aytishimiz lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |