Senior, Bastia, Keri va boshqalaming iqtisodiy ta’limotlari
Klassik maktab g‘oyalarini boyitishga Angliyada N.Senior, Fransiyada F.Bastia, AQSHda G.Keri, Germaniyada tarixiy maktab namo- yandalari katta hissa qo‘shdilar. Bular ichida N.Senior alohida o‘rin egallaydi.
Nassau Vilyam Senior (1790-1864) Londondagi mashhur Oksford univereitetining siyosiy iqtisod kafedrasi professori, «tiyilish» va «so'nggi soat» nazariyalarining muallifi sifatida mashhur bo‘ldi.
N.Senior g'oyalari «Siyosiy iqtisod fani ocherklari» (1836) va «Fabrika qonunchiligi to‘g‘risidagi xatlar»da bayon etilgan.
U o‘zining qiymat nazariyasida qiymatni baho bilan bir narsa deb hisoblaydi va qiymat talab bilan taklifga bog‘liqligini aytadi. U mehnat (ishchilaming «qurboru») bilan bir qatorda kapitalistning «tiyilishi»ni ham qiymatning manbayi deb e’lon qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |