bosqich, XVIII asr oxiri va XIX asr boshiga to‘g‘ii kelib, A.Smit asarlaridagi iqtisodiy g‘oyalarda aks etgan.
bosqich. XIX asming 1-yarmiga to‘g‘ri kelib, fransiyalik J.B. Sey va F. Bastiya, inglizlar D. Rikardo, T. Maltus va N. Senior, amerikalik G. Keri va boshqalar asarlaridagi g'oyalar bilan bog'liq.
bosqich. XIX asming 2-yarmiga to‘g‘ii keladi va J.S. Mill g‘oyalarida ocz nihoyasiga yetadi. K.Marksga ham shu bosqich vakili sifatida qaraladi lekin, fikrimizcha, bu unchalik to‘g‘ri emas. Bu bosqichlaming xususiyatlari tegishli boblarda yoritiladi.
V. Petti - Angliya klassik iqtisodiy maktabming asoschisi
Umumiy bahoga ko‘ra, klassik maktab XVII asr oxiri - XVIII asr boshlarida V.Petti (Angliya) va P.Buagilber (Fransiya) asarlarida yaratfldi.
Vilyam Petti (1623-1687) Romsi shahrida tug‘ilgan. Angliya klassik iqtisodiy maktabining asoschisidir. Ko'pchilik bu oiimning iqtisodiyot fani sohasidagi faoliyatiga yuksak baho berib, uni buyuk va takrorlanmas iqtisodchi-tadqiqotchi deb baholagan edi. V.Petti favqulodda har tomon- laina va yuksak bilimli inson bo'lgan. U mayda hunarmand-matochi oilasida tug'ildi. Leyden, Parij va Oksford universitetlarida tibbiyot sohasi-
da tahsil ko‘rdi. U juda qobiliyaffi talaba bo‘lgan, 1647-yiIda nusxa ko'chi- radjgan mashinani (kseroks) ixtiro qildi, 1649-yiida fizika doktori ilmiy darajasiga ega bo'ldi. U dengizchi, vrach sifatida ham ishladi. Petti, shu bilan btnga, yirik yer egasi ham edi, u yirik ingliz lendlordlar (yirik yer egasi) sulolasming asoschisi bo‘lib qoldi. 1652-yiIda Kromvel hukumati- ning topshirig‘iga kocra Irlandiyaning «yer obzori» (kadastri)ni o‘tkazdi.
U
к
XVII asrdagi Angliya buijuaziya inqilobiaridan keyin kuchaygan ingliz tadbirkorlar mafkurachisi sifatida tanildi. U tadbirkorlar mulkini, ya’ni xususiy mulkni «muqaddas» va «daxlsiz» deb bildi va uni turlicha yo‘Uax bilan himoya qildi. Ish haqini cheklash tarafdori sifatida ishchilaiga fizik jihatdan minimum haq to‘lash, shu bilan birga, yangi sinfiiing boyishiga yordam berislini qo‘lladi. U inehnatning kapital tomonidan ekspluatatsiyasini yoqlab chiqdi. Shuningdek, Angliyaning mustamlakachilik siyosatini ham qonuniy deb hisobladi. V. Petti kapitalga soiiq solishga qarshi edi, chunki bu ishlab chiqarishni cheklashi mumkin edi. Shu bilan birga, u mehnatkashlaming daromadlaridan soliq olish tarafdori edi. U iqtisodiy muammolarga bag'ishlangan «Soliqlar та yig‘im- lar to‘g‘risida risola» (1662), «So‘z donishmandlarga» (1665), «lrian- diyaaing siyosiy anatomiyasi» (1672), «Siyosiy arifinetika» (1683) va boshqa shu kabi asarlami yozdi.
V.Petti XVII asrdagi eng taniqli shaxslar qatoridan o‘rin oladi (Mak- Kulloxning 1845-yiIda bergan bahosi). U iqtisodiyotni o‘rganishda yangi usul qo‘lladi, ko'rinib turgan voqealarni sharhlashdan ulaming mohiya- tini tahlil etishga o‘tdi. V.Petti tadqiqot predmeti sifatida ishlab chiqarish sohasi muammolarini tahlil etdi. Uning fikricha, boylik paydo boiishi va ko'payishi faqat moddiy ne’matlar yaratish sohasida ro‘y beradi, bujarayon savdo va savdo kapitalinmg hech qanday ishtirokisiz bo‘ladi.
Olimning tadqiqot usulida empirizm elementlari (unsurlari) bo'jishi- ga qaramasdan (bu masalan, yer bahosini taiqin etishda ko‘rinadi), davlatning iqtisodiy faoJiyatga aralashuvini qisman qo‘llaydi (mamlakat- dagi savdogarlar sonini qisqartirishni talab etadi), u asosan erkin iqtisodiyot (laisser faire) prinsiplarini qo'llaydi vamerkantilistlardan farqli ravishda pul muomaiasi va savdoni erkinlashtirish tarafdori bo‘lgan. U o‘z tadqiqotlarida bir qancha metodik (shartli) soddalashtirishlardan foydalanadi:
muomala sohasining ishlab chiqarishga teskari ta’siri inkor etiladi;
pul va tovar bozorlarining o‘zaro bog'liqligi ko‘zda tutilmaydi;
tovarlar va xizmatlar qiymati paydo bo'lish tabiatida xarajatlar xarakteristikasi (sabab-oqibat prinsipi) qo'llaniladi;
ish haqini ishchi mehnati bahosi sifatida talqin etish, oqibatda erkin raqobat sharoitida ish haqining minimal bo'lishi va boshqalar.
U iqtisodiy jarayonlaiga xos ichki qonuniy aloqalar va ulaming sababiy munosabatlarini ko‘rsatishga intildi. Uni «faqat tabiatda Wri- nartt asosga ega bo'lgan sabablargina» qiziqtirar edi. Petti iqtisodiyotga tabiatshunoslikda qo‘lianiIadigan usulni kiiitib, shu bilan birga, iqtisodiy tahlilning statistic usulidan ham keng foydalandi.
V.Pettining dastlabki asarlarida merkantilistlaming ta’siri ancha ku'chli bo'lgan, ammo keyingi «Pul to‘gerisida bir necha ogiz so‘z» (1682) kitobida u merkantilizmdan butunlay voz kechdi. Boshida u faol (aktiv) savdo siyosatini, davlatning iqtisodiyotga aralashuvini qo'Uadi, bu ishlab chiqarishni rivojlantirishga yordam berishi kerak, degan fikrda bo'lgan. U boylik va qashshoqlikka baho berib, bu hayotning abadiy va o'zgarmas, shafqatsiz qonunidir, degan qisqacha xulosaga keldi. «Ba’zi odamlarning boshqasidan ko‘proq qashshoqligi doim bo‘l- gan vo doim bo'ladi», - degan edi u. Ammo Petti ortiqcha zeb-ziynatga berilishdan tiyilish zarur deb bilgan.
Merkantilizm nuqtai nazaridan amaliy, aniq masalalarni yechish borasida u o‘z asarlarida bo‘layotgan voqealami ta’riflashga ko‘proq o‘rin bergan. Ammo iqtisodiy jarayonlami tadqiq qilish davomida hodisalaming ichki mohiyatiga kirib bordi, ulami izohlashga urindi, iqtisodiyotda tabiiy fan metodlarini qo‘lladi) ayniqsa matematikani keng tatbiq etdi. U o‘zining tadqiqotlarida ayrim odamSarning fikri, hohishi va ehtirosiga oid barcha narsaLami chetda qoldirib, iqtisodiy hodisalaming salbiy bog'liqligini ko'r&atishga intildi, Shu yo‘l bilan u iqtisodiyotda ilmiy abstrakt metodni qo'llashda dastlabki qadamni qo'ydi. Shunday qilib, V.Petti iqtisodiy tahlilda statistik metod, yangi metodologiyani qo‘Uay boshladi. Shunisi diqqatga sazovorki, V.Petti iqtisodiy masalalarni yoritganda tabiiy fanlar, ayniqsa tibbiyot, anatomiya matnlari va o‘xshatmalaridan ustalik bilan foydalangan. U masaiani yechish uchun to'g'ri yo'lni topish, «siyosiy jonivormiiig sog'ligini ta’minlash uchun faqat uning anatomiyasini o'rganish orqali hal etish mumkinligmi isbotlab berdi. U merkantilistlar kabi iqtisodiy tekshirishlami muomala sohasidagi voqealami umumlashtirish bilan cheklash mumkin emas degan qisqacha xulosalarga keldi. U xo'jalikning asosini ishlab chiqarish jarayoni hal etadi, jamiyat boyliklari moddiy ne’matlar yaratish davomida yuzaga keladi, deydi. Savdogarchilikni unumsiz kasblar qatoriga qo‘shadi. Pettming fikricha, ular hech qanday mahsulot tayyorlamaydilar va faqat qishloq xo'jaligi va sanoat mahsulotlarini xuddi insondagi vena va arteriyalarga o‘xshab jamiyat tanasidagi qonto'yintiruvchi shaibatlami taqsimlagandek taqsimlaydilar. Ishlab chiqarishni xo‘jalikning asosi sifatida o'rganib, bahoning tabiatini, ish haqi va yer rentasi, yer bahosi miqdorim belgilovchi sabablami aniqlashga intildi. V.Pettining pulga bo‘Igan munosabatini ko'rib chiqadigan bo'lsak, u qimmatbaho metall va toshlami boshqa tovarlarga solishtirib, ulax aynimaydi va o‘zgarmaydi, har yerda va har qachon boylik sifatida saqlanadi, degan. Shu sababli bunday tovarlami ishlab chiqarish va savdo qilish kerak, chunki bu boshqa ishlab chiqarish va savdo dan qulayroqdir. Shu bilan birga ohm har qanday уоЧ bilan oltin va kumush, ya’ni pul to'lashga qarshi edi.
1682-yilda yozilgan «Pul to‘g‘risida bir necha ogiz so‘z» kitobi 32 ta savol va javob tariqasida Angliyada pul chaqasini qaytadan zarb etish masaiasiga bag‘ishlangan. Bu aslida kichik bir parcha pul nazariyasining ustuni edi. Unda Petti merkantilizmdan butunlay voz kechadi va pulni umumiy ekvivalent vazifasdni bajaruvchi maxsus tovar deb hisoblaydi. Pulning qiymati ham boshqa tovar kabi sarflangan melmat miqdori bilan aniqlanadi, almashuv qiymati esa qimmatbaho metall qazib olishga ketgan mehnat sarflari bilan belgilanadi. Eng muhim masala, bu mamlakatdagi pulning miqdori, ya’ni muomaladagi pul masalasi edi.
Muomaladagi pulning miqdori tovar-to‘lov oborotiari yoki oxir- oqibatda realizatsiya qilinayotgan tovarlar, ulaming bahosi (to‘g‘ri proporsiya) va pulning muomala chastotasi (teskari proporsiya) bilan aniqlanadi. 0‘sha davrda qimmatli metallardan qilinadigan chaqa pullar bank tomonidan chiqariladigan qog'oz pullar bilan (ma’lum chegarada) almashtirilishi mumkin degan tocg(ri qisqacha xulosalar chiqariladi.
Uning fikricha, pul inson organizmidagi yog‘ga o‘xshaydi, chunki yog‘ning ortigU ham, kami ham ziyondir, ya’ni uning me’yorda bo'lgani yaxshi.
V.Petti davlatning iqtisodiyotga aralashuviga ham e’tibor berdi, bu aralashuv rivojlanishga yordam berishi kerak, lekin boshqa paytda davlat iqtisodiyotdan uzoq bo‘lishi kerak. Uning fikricha, vrach kasalni davolaganda iloji boricha sun’iy dorilardan kamroq foydalangani,
ko'proq obyektiv omiUarni ishlatgani ma’qul (davlat aralashuvi zarur holda-va me’yordabo'lgarn yaxshi).
V.Petti 0‘zining tabiiy baho toyrisidagi ta’limotida qiymatning mehnat nazariyasiga asos soldi. Bu klassik maktabning asosiy nishonasi (belgisi) sifatida qaraladi. U vaqt va tasodffiy omillar ta’sirida o'zgarib turuvchi bozor bahosi («siyosiy baho>>)ga tabiiy bahoni (qiymat deb bilgan) qarama-qarshi qo'ydi. Tabiiy baho ichki bozor bahosiga teng bo‘lishi kerak. Chunki u mehnat miqdori bilan o'lchanadi. U non bahosi bilan kumushni solishtiradi va uiarning bahosi sarflangan mehnat miqdori bilan tenglashtiriladi. Bu misolda, ya’ni non kumushga almashtirilganda almashuv proporsiyasi asosida shu mahsulotlami ishlab chiqarishga sarflangan mehnat yotadi, demak qiymat mehnat bilan aniqlanadi. Undan tashqari, tovarriing qiymati kumushni qazib olishdagi mehnat unumdorligiga to'g'ri proporsionaldir, sarf-xarajat usuli qo'Uaniladi. Shunday qilib, V.Petti iqtisodiyot tarixida qiymatning mehnat nazariyasi kurtaklarini ta’rifladi. Bu olimning katta ilmiy xizmatidir. Ammo Petti qiymatni almashuv qiymati bilan qorishtirib yuboradi va almashuv qiymatini almashuv jarayonida qanday shaklda bo1 Isa, shunday, ya’ni pul shaklida ifoda qiladi. U qiymatning bevosita manbai sifatida faqat konkret mehnatning aniq bir ko'rinishini, oltin ма kumush qaxisM-agv meta ('уъ’тй xsvsi ko'tjan, xotos.
Uningcha, tarmoqlardagi ishlab chiqarilgan mehnat mahsulotlarining qiymati shu mahsulotlami nodir metaUarga almashuvi natijasida aniqlanadi. Olimning merkantilistik qarashlari bu yerda ham saqlangan (kamchiligi). U abstrakt mehnat bilan konkret mehnatni farqlamaydi. Unda qiymat bilan iste’mol qiymati tushunchalari o'rtasida aniq farq ko'rinmaydi, ayrim holda ular qorishtirib yuboriladi. Konkret mehnat iste’mol qiymatini yaratsa, abstrakt mehnat umumiy qiymatni yamtadi. >
Petti merkantilistlardan farqli ravishda boylik bu pul haqida qimmat- baho metall va tojfalardangina iborat emas, balki mamlakatdagi yerlar, uylar, kemalar, tovarlar hatto uy jihozlarini ham boylik deb hisoblaydi,
Mamlakat boyligini oshirish uchun odamlami qamoqxonalarga tashlash emas, pullik jarimalar kiritish kerak, deydi. Yirik 0‘g‘rilami esa «qullik»ka sotib, ishlatish zarur. Shu bilan birga, pulning jamiyatdagi roli to‘g£ri talqin etilmagan (savdogarlami qisqartirish takhf etiladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |