10 MAVZU:XALQARO TURISTIK
TASHKILOTLAR. XALQARO TURIZMDA
TURISTIK SAYOHATLARNI TASHKIL ETISH
Reka:
10.1. Turizm sohasida xalqaro hamkorlik.
10.2. Butunjahon turistik tashkiloti (BTT).
10.3. Nodavlat, tijorat va milliy xalqaro turistik tashkilotlar.
10.4. «O‘zbekturizm milliy kompaniyasi».
10.1. Turizm sohasida xalqaro hamkorlik
Yangi ming yillik asrida turizm sohasi juda ko„pgina mamlakatlarda yangi ish
o„rinlari yaratishda, xorijiy valyuta tushumlarini ko„paytirishda tez sur‟atlarda
o„sayotgan iqtisodiy sektorda yetakchi o„rinni egallab kelmoqda.
Xalqaro turizm ham jahonda eksport tarmog„i hisoblanadi va juda ko„p
mamlakatlarda to„lov balansiga amal qilishda muhim omil sanaladi. So„nggi
yillarda turizm dunyoda aholi bandligining muhim generatoriga aylandi. U jahon
infrastrukturasiga katta miqdorda investitsiyalarni jalb etmoqdi. Bu esa
mahalliy
aholini ham, tashrif buyuruvchilarning ham turmush farovonligini yaxshilashga
xizmat qiladi. Turizm davlat g„aznasiga soliq ko„rinishidagi pul tushumlari
ko„payishini ta‟minlaydi. Turizm sohasida juda ko„p ish o„rinlari turistik
korxonalar rivojlanayotgan hududlarda paydo bo„ladi. Bu esa iqtisodiy
imkoniyatlarni muvozanatlashtirish, qishloq aholisini barcha
qulaylikka ega
shaharlarga qarab oqishining oldini olishga yordam beradi.
Madaniyatlararo xususiyatlarni anglash va ko„ra bilish haqida shaxsiy
aloqalarni o„rnatish turizm sohasi tufayli shakllanadi.Turizm xalqaro hamfikrlikni
mustahkamlash va xalqlar o„rtasida hamkorlikni kuchaytirishda keng ufqlar
ochadi.
Xalqaro turistik aloqalarning jadal rivojlanishi ko„p sonli xalqaro
tashkilotlarni tashkil etilishiga olib keldi. Bu sohada
xalqaro iqtisodiy
munosabatlarni yaxshilashga, hamkorlik qilishga keng imkoniyat yaratadi. Hozirgi
kunda xalqaro turizmni rivojlantirish masalalari bilan shug„ullanuvchi dunyoda
turli maqom va kasbdagi 70 ga yaqin xalqaro tashkilotlarni sanash mumkin. Ularga
jumladan quyidagilar kiradi:
- BMT tizimidagi ixtisoslashgan tashkilotlar.
- BMTning boshqa tashkilotlari, ularda xalqaro turizmni rivojlantirish
masalalari onda-sonda muhokama etiladi va
bu faoliyat sohasida asosiy
hisoblanmaydi;
- Ixtisoslashgan nodavlat tashkilotlari;
- Turizm bo„yicha xalqaro tijorat tashkilotlari;
- Xalqaro turizmni rivojlantirishda hamkorlik qiluvchi milliy va
hududiy
tashkilotlar.
BMT tizimidagi xalqaro turizmni rivojlantirish masalalari bilanonda-sonda
shug„ullanuvchi tashkilotlar qatoriga quyidagilar kiradi:
1. Birinchi marta 1963 yil Rimda o„tkazilgan turizm va sayohat bo„yicha
BMT konferensiyasi.
2. Iqtisodiy va ijtimoiy Sovet (EKOSOS). 1968 yil Bern (Shveysariya)da
rivojlanayotgan mamlakatlarda turizm muammolari bo„yicha BMTning
hududlararo mahsus seminarini o„tkazdi.
3. Savdo va taraqqiyot bo„yicha BMT konferensiyasi (YUNKTAD). 1972 yil
III sessiyada “Turizmni rivojlantirish” rezolyutsiyasi qabul qilindi. Unda xalqaro
turistik almashinuv statistikasi rahbarlik prinsiplari to„g„risidagi masala ham aks
etgan.
4. Hududiy iqtisodiy komissiya. 1975 yil BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi
(YEEK) Yugosloviyada xorijiy turizmni rivojlantirish masalalari bo„yicha
konferensiya o„tkazdi.
5. BMT ta‟lim, madaniyat, fan masalalari tashkiloti (YUNESKO).
6. Xalqaro mehnat tashkiloti (MOT).
7. Xalqaro assotsiatsiya, transport aviatsiyasi (ILTA).
№ 1. BMT tizimida ixtisoslashgan tashkilotlar qatoriga: Butun jahon turistik
tashkiloti (BTT) ham kiradi. U 1975 yilda BMTning ixtisoslashgan organi sifatida
tashkil etilgandi. Turizm bo„yicha 100 dan ziyod mamlakatlar
hukumat
tashkilotlari birlashtirgan. Ko„plab hukumat va nodavlat tashkilotlarini kuzatuvchi
sifatida ham ishtirok etadi. Bu tashkilot maqsad va vazifalari uning Nizomiga
muvofiq “Iqtisodiy rivojlanishga, tinchlikka, o„zaro hurmat va gullab yashnashga,
xalqaro munosabatlarda o„zaro hamfikrlikka turizmni rivojlantirish orqali hissa
qo„shishdir”. Uning tomonidan xalqaro turizm sohasida bir qator
deklaratsiyalar
qabul qilingan. Ular orasida jahonda turizm to„g„risida Manila deklaratsiyasi,
Akapulko hujjati, turizm bo„yicha Hartiya
va turist ahloq kodeksi, turizm bo„yicha
Gaaga deklaratsiyasi bor.