“Dasturlash I” fanidan 3-ma’ruza bo`yicha mustaqil topshiriqlar
3-ma’ruza bo`yicha mustaqil topshiriqlar Quyidagi tushunchalarga qisqacha izohlar bering:
sonli ma’lumot turlari
hisoblash ifodalari
hisoblash operatorlari
inkrement operator
dekrament operator
raqamli tur konvertatsiyasi
dasturning hayot sikli
Test savollariga javob bering.
Funksiya tarkibida MAX_LENGTH o`zgarmasni e’lon qilish uchun … deb yoziladi.
const MAX_LENGTH = 99.98;
const float MAX_LENGTH = 99.98;
double MAX_LENGTH = 99.98;
const double MAX_LENGTH = 99.98;
define direktivasidan foydalangan holda MAX_LENGTH o`zgarmasini e’lon qilish uchun … deb yoziladi.
#define MAX_LENGTH = 99.98;
#define MAX_LENGTH = 99.98
#define MAX_LENGTH 99.98;
#define MAX_LENGTH 99.98
Dasturda o`qilishi va sozlashlarni amalga oshirishda qulaylikka erishish maqsadida 3.14159 kabi literal qiymatlarni _______da e’lon qilish kerak.
o`zgaruvchilar
funksiyalar
o`zgarmaslar
sinflar
Qaysi ma’lumot turi xotiradan eng ko`p joyni talab qiladi?
long
int
short
double
long double
Quyidagi kodni tahlil qiling:
#include using namespace std;
int main()
{
int n = 10000 * 10000 * 10000;
cout << "n = " << n << endl;
return 0;
}
Dastur n = 1000000000000ni ko`rsatadi
10000 * 10000 * 10000 ning qiymati intturiga mansub nning sonli oraliq qiymatidan oshib ketadi. Oshib ketish sababiga ko`ra dastur bajarilmasdan to`xtatiladi.
10000 * 10000 * 10000 ning qiymati intturiga mansub nning sonli oraliq qiymatidan oshib ketadi. Bu oshib ketish holatini yuzaga keltiradi va dastur bajarilishda davom etadi. Chunki, C++ oshib ketish haqida xatolik bermaydi.
10000 * 10000 * 10000 ning qiymati intturiga mansub nning sonli oraliq qiymatidan oshib ketadi. Oshib ketmaslik sababiga ko`ra dastur bajarilmasdan to`xtatiladi
10000 * 10000 * 10000 ning qiymati intturiga mansub nning sonli oraliq qiymatidan oshib ketadi. Oshib ketmaslik sababi yuzaga keladi va dastur bajarilishda davom etadi. Chunki, C++ oshib ketmaslik haqida xatolik bermaydi.
45/4 ning natijasi nima bo`ladi?
10
11
11.25
12
Quyidagi ifodalarning qaysi biri 0.5 qiymatga teng?
1 / 2
1.0 / 2
(double) (1 / 2)
(double) 1 / 2
1 / 2.0
B, D, E javoblar
Quyidagi ifodalarning qaysi biri 1 qiymatli natija beradi?
2 % 1
15 % 4
25 % 5
37 % 6
25 % 1 ning qiymati ___ ga teng.
1
2
3
4
0
25 % 5 ning qiymati ___ ga teng.
1
2
3
4
0
24 % 5 ning qiymati ___ ga teng.
1
2
3
4
0
-24 % 5 ning qiymati ___ ga teng.
-1
-2
-3
-4
0
-24 % -5 ning qiymati ___ ga teng.
3
-3
4
-4
0
Quyidagi dastur kodini tahlil qiling:
#include using namespace std;
int main()
{
int oy = 09;
cout << "oy " << month;
return 0;
}
Dastur ko`rsatuvchi natija: 09
Dastur ko`rsatuvchi natija: 9
Dastur ko`rsatuvchi natija: 9.0
Dasturda sintaksis xatolik mavjud, chunki 0.9 noto`g`ri literal qiymat
Quyidagi kodda y qanday qiymatmatni ko`rsatadi?
#include using namespace std;
int main()
{
int x = 1;
int y = x = x + 1;
cout << "y = " << y;
return 0;
}
y = 0
y = 1, chunki x o`zgaruvchi y ga birinchi marta ta’minlanyapti.
y = 2, chunki x+1ning qiymati x ga ta’minlanyapti va undan keyin xning qiymati y ga ta’minlanyapti.
Dasturda kompilyatsion xatolik mavjud, chunki, int y = x = x + 1 ko`rsatma satrida x e’lon qilinmagan.
(4 + 1) * ((5 - 2) / 2) ning qiymati nimaga teng?
4
5
5.0
7.5
5.5
Time funksiyasi qaysi bosh (kutubxona) faylda taniladi?
time
ctime
cctype
cstdlib
cmath
time(0) ushbu natijani chiqaradi: ____________.
Joriy vaqtning soati, daqiqasi va soniyasini.
GMT 1970 yil, 1-yanvarga o`tar kechasidan buyon o`tgan vaqtning millisekundlardagi qiymatini.
GMT 1970 yil, 1-yanvarga o`tar kechasidan buyon o`tgan vaqtning sekundlardagi qiymatini.
GMT 1970 yil, 1-yanvarga o`tar kechasidan buyon o`tgan vaqtning daqiqalardagi qiymatini.