Tashkilotlar. Xalqaro turizmda turistik sayohatlarni tashkil etish



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana29.03.2022
Hajmi0,61 Mb.
#516268
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10 MAVZU

10.2. Butunjahon turistik tashkiloti
Butunjahon turistik tashkiloti turizm sohasida yetakchi xalqaro tashkilot 
hisoblanadi. Turistik siyosat masalalarini muhokama qilishda global forum bo„lib 
xizmat qiladi. Shuningdek turistik statistika va turizm sohasida amaliy 
texnologiyalar manbaidir. 
BTT -World Tourism Organization, WTO, turistik tashkilotlar rasmiy xalqaro 
ittifoqi, merosxo„ri sifatida 1975 yil tashkil etilgan. BMT bosh Assamblyasi 


EKOSOS bilan kelishgan holda BTTni hukumatlararo tashkilot maqomini tan 
olgan. 
2002 yilda uning tarkibiga 139 mamlakat, 6 hudud va 350 ga yaqin xususiy 
sektor, o„quv yurtlari, turistik assotsiatsiyalar va mahalliy turistik tashkilotlar 
kirgan. 
BTTning – Butunjahon turistik tashkiloti shtab kvartirasi Madrid (Ispaniya)da 
joylashgan. Unda dunyoning barcha joylaridan turizm sohasidagi 90 mutaxassis 
xodimlar ishlaydi. BTT hukumatlararo tashkilot hisoblanib, BMT topshirig„iga 
ko„ra hamma uchun ochiq turizmni rivojlantirish, turizm harakatiga keng ko„lam 
baxsh etishda markaziy va hal qiluvchi rol o„ynash vazifasi yuklangan. 
BTTning asosiy vazifasi yana yangi ish o„rinlari yaratish va iqtisodiy o„sishni 
rag„batlantirish, atrof-muhitni, madaniy merosni muhofaza etish va targ„ib qilish
hamda dunyoda turizm orqali inson huquqlarini xurmat qilishga erishish 
hisoblanadi. 
BTTning asosiy maqsadlari: 

Iqtisodiy taraqqiyot vositalari sifatida turizmni qo„llab-quvvatlash va 
tinchlikni, xalqlararo o„zaro tushunishni, farovonlikni, tili, irqi, jinsi, diniy 
e‟tiqodidan qat‟iy nazar inson huquqlariga rioya etilishni ta‟minlash; 

Turizm sohasida rivojlanayotgan mamlakatlar manfaatlariga rioya etish. 
BTT yetarli rejalashtirish, boshqaruv va monitoring bo„lmasa turizm 
madaniy, ekologik va ijtimoiy taraqqiyotga salbiy ta‟sir qiladi deb hisoblaydi. Shu 
munosabat bilan BTT hukumatlarni, xususiy sektor, mahalliy xukumat organlari va 
nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlikda turizm sohasida muhim rol o„ynashga 
chaqiradi. 
BTT fikricha, turizm bizning davrimizda faoliyatning dinamik turi sifatida 
qashshoqlikka qarshi kurashda samarali foydalanilishi mumkin. BTT 
kambag„allikka barham berish vositasi sifatida turg„un turizmni rivojlantirish 
bo„yicha yangi tashabbuslarda o„z kuchini YUNKTAD bilan birlashtirdi. «Turg„un 
turizm – kambag„allika bar ham»(ST-EP) dasturi tashkilotni uzoq muddatga 
ishlashga mo„ljallangan, kambag„allik bilan kurashishi uchun turg„un turizm 
harakatiga qaratilgan. U 2003 yilda «Turizm kambag„allik bilan kurashish, ish 
o„rinlari yaratish va ijtimoiy gormoniya uchun qudratli omil» shiori ostida hayotga 
tadbiq etildi. 
BTT- Butunjahon turistik tashkilotining barcha a‟zolari uch kategoriyaga 
bo„lindi: 

Haqiqiy a‟zo maqomiga ega bo„lgan suveren davlatlar; 

Assotsiyalashgan a‟zo maqomi (BTT assotsiyalashgan a‟zosi har qanday 
davlat yoki guruxlar territoriyalari bo„lishi mumkin, ular o„z tashqi 
siyosati uchun mustaqil javobgar emas)ga ega bo„lgan davlatlar; 



BTT birlashgan a‟zolari turizm sohasida manfaatdor har qanday 
hukumatlararo yoki nodavlat tashkilotlari, shuningdek faoliyat BTT 
vakolati yoki turizmning ba‟zi asoslariga daxldor tijorat tashkilotlar va 
birlashmalar (aviakompaniyalar, mehmonxonalar, banklar, tadqiqot 
institutlari, nashrlik guruxlari va boshqalar). 
Birlashgan a‟zolar esa uch guruhga bo„linadi: 
- BTT ish kengashi; 
- BTT ta‟lim bo„yicha soveti; 
- BTT turistik markazlarni boshqarish bo„yicha operativ markazlari. 
Birlashgan a‟zolarga kirish uchun nomzod shtab – kvrtirasi joylashgan 
mamlakatning qo„llab- quvatlovchi rasmiy roziligi talab qilinadi. BTT turistik 
industriya rahbarlari va hukumatlararo faol hamkorlikni ta‟minlovchi hukumat 
vakillari bilan ish olib boradigan operativ sektor mavjud bo„lgan yagona 
hukumatlararo tashkilotdir. Birlashgan a‟zolarning keng tarkibi o„z ish dasturiga 
ega. Unda har yili majlislar va texnik seminarlar o„tkazish ko„zda tutilgan. Masalan 
2001 yilda «Turizmda elektron biznes», 2002 yilda «Davlat va xususiy sektor 
hamkorligi va sherikchiligi » kabi maxsus mavzularda seminarlar o„tkazildi. 283 
BTT quyidagi tuzilmaga ega: 


Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish