jadval
O'zbekiston Respublikasida kichik biznes sub'yektla rining iqtisodiyot tarmoqlaridagi ulushining 2005-2010 yillarda o'sish sur'ati, foizda
Ko'rsatkichlar
|
2005
|
2006
|
2007
|
2008
|
2009
|
2010
|
|
yil
|
yil
|
yil
|
yil
|
yil
|
yil
|
Sanoat
|
10,0
|
10,9
|
13,2
|
14,6
|
16,9
|
19,6
|
Qishloq xo'jaligi
|
85,7
|
93,9
|
97,5
|
97,8
|
97,9
|
97,9
|
Investitsiya
|
24,0
|
26,5
|
23,7
|
24,6
|
23,7
|
30,8
|
Qurilish
|
50,9
|
52,1
|
55,4
|
58,4
|
41,6
|
52,3
|
Savd o
|
43,7
|
45,7
|
48,2
|
48,1
|
46,3
|
50,5
|
Xizmat ko'rsatish
|
52,5
|
50,8
|
50,1
|
48,5
|
47,6
|
47,7
|
Yuk tashish
|
24,6
|
27,2
|
34,7
|
38,9
|
39,5
|
40,0
|
Yo'lovchilar tashish
|
65,7
|
69,4
|
75,7
|
78,5
|
78,9
|
78,9
|
Bandlik
|
64,8
|
69,1
|
72,1
|
73,1
|
73,9
|
74,3
|
Eksport
|
6,0
|
10,7
|
14,8
|
12,4
|
14,6
|
13,6
|
Import
|
33,7
|
34,5
|
32,0
|
35,7
|
42,5
|
36,6
|
Bizning bu boradagi eng katta yutug'imiz yalpi ichki mahsulot tarkibida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi ko'payganiixamda mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda uning roli sezilarli darajada oshganida namoyon bo'lmoqda.
2000 yilda yalpi ichki mahsulotning qariyb 31 foizi iqtisodiyotning faol rivojlanib borayotgan ushbu sektori ulushiga to'g'ri kelgan bo'lsa 2010 yilda bu ko'rsatkich 52,5 foizni tashkil etdi.
rasm. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning
YAlpi ichki maxsulotdagi ulushi, foizda
Xo'jalik yurituvchi sub'yektlarning soliq yukini yanada kamaytirish, mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to'lovining 10 foizdan 8 foizga, 2009 yildan boshlab esa 7 foizga, 2010 yil 6 foizga tushirilishi, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i stavkalarining kamaytirilishi va ayni paytda uni xisoblash tartiblarining takomillashtirilishi tadbirkorlik, kichik va xususiy biznesni izchil rivojlantirish uchun kuchli rag'batlantiruvchi omillar yaratdi.
Faoliyatning ko'lamlari bo'yicha tashkilotlar transmilliy, milliy, viloyat, mahalliy, shahar, tuman va boshqalarga bo'linadilar.
Tashkilotlarni tashqi va ichki muhit omillariga moslashishlariga ko'ra ikki turdagi mexanistik va organik tashkilotlarga ajratish mumkin.
Tashkilotlarning mexanistik turi qo'yidagilar bilan tariilanadi:
aniq ma’lum va barqaror vazifalar;
egilmaydigan tuzilma;
o'zgarishlarga qarshiliq qilish ;
nazoratning ierarxik tuzimi;
kommunikatsiyalarning ko'proq farmoyishlar, yo'ruqnomalar va rahbarlik tomonidan qabul qilingan qarorlarga ega buyruqli turi.
Organik turdagi vazifalar uchun quydagilar xosdir:
dinamik vazifalar;
egiluvchan tuzilma;
o'zgarishlarga tayyorlik;
hokimiyatni bilimlar va tajribaga asoslanishi;
o'zini o'zi nazorat qilish va hamkasblarning nazorati;
komunikatsiyalarning axborotlar va maslahatlarga ega ko'p yo'nalishligi.
2. Tashkilotning ichki va tashqi muhiti
Har bir tashkilotni faoliyat yuritishi va rivojlanishi ma'lum bir muhitda (ichki va tashqi) amalga oshiriladi. Tashkilot faoliyati faqat muhit uni amalga oshirishga yo'l qo'ygan holdagina bo'lishi mumkin. Vaqtning har qanday paytidagi tashkilotning holati va faoliyati - uning ichki omillarining harakati va tashqi muhit omillarining ta'siri natijasidir.
Tashkilotning ichki muhiti uning hayotiy kuchining man'basi bo'ladi. U o'z ichiga tashkilotga faoliyat yuritish va zamon, vaktning ma'lum oralig'ida mavjud bo'lish va yashab qolish imkoniyatini beruvchi salohiyatni oladi. Ammo u agar uning kerakligicha faoliyat yuritishini ta'minlamasa, uning muammolar va hattoki halokatining manbasi bo'lishi mumkin.
Bozor munosabatlarini shaklanishida tashkilot ichki muhitining o'zgarishlari, uni bozorga moslashishi sodir bo'lishi kerak.
Tashkilotning ichki muhiti quyidagi tashkil qiluvchilarning uzviy bog'lanishidan iborat bo'ladi (5.3. rasm).
-tashkiliy tuzilma;
-tashkilot ichidagi jarayonlar;
-texnologiya;
-xodimlar;
-tashkiliy madaniyat.
Do'stlaringiz bilan baham: |