Diniy ekstremizmning yoshlar dunyosi uchun xavfi. Mutaxassislar fikricha, islomiy ekstremizm va u bilan bog'liq terrorizm dunyoning 15 dan ortiq mamlakatlariga alohida tahdid solmoqda. Yer kurrasining turli qifalarida joylashgan bunday mamlakatlarni shartli tarzdabir necha guruhga bo'lish mumkin.
Birinchi guruhga mansub Shimoliy Afrikadajoylashgan ayrim arab mamlakatlari, jumladan, eng katta arab davlati bo'lgan Misr Arab Respublikasi uchun diniy ekstremizm bilan bog'liq terrorchilik harakatlari haqiqiy muammoga aylandi. 1970-1980-yillarda bunday jarayon Tunisni qamrab oldi.
Mazkur mintaqada joylashgan yana bir arab davlati Jazoirdagi diniy ekstremistik tashkilotlarning qo'poruvchilik faoliyati tufayli o'n minglab begunoh insonlar halok bo'lgan bo'lsa, radikal islomchilar hokimiyatni boshqarayotgan Sudanda mana ocn yildan oshiqroq vaqtdan beri ichki ijtimoiy-siyosiy barqarorlik mutlaqo izdan chiqqan, Darfur
mintaqasi esa bugungi dunyoning eng fojiali nuqtalaridan biriga aylandi. Ustiga-ustak, ushbu mamlakat hududi turli xildagi terrorchi unsurlar to'pla-nayotgan va harbiy tayyorgarlikdan o'tayotgan o'nlab jangarilar uyalari amal qilayotgan xatarli joyga aylandi.
Ikkinchi guruhga Osiyo qif asida joylashgan yana bir necha arab davlatlarini kiritish mumkin. Turli-tuman siyosiy, iqtisodiy va diniy-mafkuraviy sabablarga ko'ra, Falastin hududlari, Iroq Respublikasi diniy ekstremizm bilan bog'liq terrorchilik harakatlaridan katta talafot ko'rmoqda. Saudiya Arabistoni Podshohligida ham terrorizm o'zining mudhish qiyofasini namoyon etmoqda. Vaziyatning keskinlashib ketishi diniy arboblarning aksilterror siyosatini faol qo'llab-quvvatlashga jalb qilinishiga olib kelmoqda. Xususan, 2003-yilning fevralida Saudiya Arabistoni ulamolar Kengashi Podshohlikdagi chet el fuqarolariga hujum qilishni taqiqlovchi fatvo chiqardi. Unda chet elliklarga «kofir» deb qarash islom tamoyillariga mutlaqo zid ekani ta'kidlanadi”
Diniy ekstremistik faoliyatning uchinchi o'chog'i Janubi-Sharqiy Osiyo mintaqasida joylashgan deyish mumkin. Ushbu xatarning olovli nafasi, ayniqsa, Pokiston, Indoneziya, Malayziya hamda Hindiston va Fili ppinning ayrim hududlaridao'zining halokatli oqibatlarini namoyon etmoqda. Boshqacha aytganda, qadim-qadimlardan buddaviylik, hinduiylik, islom va boshqa dinlarga e'tiqod qiluvchilar tinch-totuv yashab kelgan ulkan hududda ham ekstremizmning qo'poruvchilik salohiyati o'zini ko'rsatmoqda.
Uyga vazifa: mavzuga doir rasm chizish
Sinf rahbati: Sobirova N.M
MMIBDO`: Akkulova G.B
Sana: 18.12.2015
15-mavzu: Odam savdosiga qarshi kurash
Maqsad: O`quvchilarga sog`lom turmush tarzi haqida tushuncha berish. O`quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash. Mustaqil hayotga tayyorlash
Tashkiliy qism:
1.Salomlashish 2) Davomatni aniqlash
Darsning borishi
Ozbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga kora inson, uning hayoti, erkinligi, shani, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.
(Ozbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. 13-modda)
Inson huquq va manfaatlarini himoya qilish masalasi davlatimiz siyosatining, milliy qonunchilik tizimining asosini tashkil etadi. Mazkur meyorlarning amalda ifodasini topishi borasida keng kolamli ishlar amalga oshirilayotir.
Inson huquqlarini himoya qilish, jamiyat taraqqiyoti va davlatlar rivojiga jiddiy xavf tugdirayotgan transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurashish alohida etiborda. Xususan, odam savdosi ana shunday jinoyatlardan biri bolib, mamlakatimizda bunday jinoyatlarning oldini olish, unga qarshi kurashishga, jumladan, fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirishga alohida etibor qaratilayotir. Masalaga keng jamoatchilik etiborini jalb qilish, bunday tuban jinoyatlardan yoshlarimizni ogoh etish maqsadida turli tasirchan vositalardan unumli foydalanilmoqda.
Bu borada tegishli qonunchilik asoslari yaratilgan. 2008 yilda mamlakatimizda Odam savdosiga qarshi kurashish togrisidagi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi konvensiyasini (Nyu-York, 2000 yil 15 noyabr) toldiruvchi Odam savdosining, ayniqsa, ayollar va bolalar savdosining oldini olish hamda unga chek qoyish va uning uchun jazolash haqidagi Protokolni ratifikatsiya qilish togrisidagi qonunlar qabul qilindi.
Prezidentimiz Islom Karimovning 2008 yil 8 iyulda qabul qilingan Odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari togrisidagi qarori bu turdagi jinoyatlarga qarshi kurashish va ularning oldini olish borasidagi ishlar kolamini yanada kengaytirishda muhim omil bolmoqda. Mazkur qaror asosida 2008-2010 yillarda odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish boyicha Milliy tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Shuningdek, Odam savdosiga qarshi kurashish boyicha Respublika idoralararo komissiyasi tuzildi.
Mamlakatimizda inson, uning hayoti, erkinligi, shani, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanishi alohida takidlandi. Bosh qomusimizning 26-moddasiga muvofiq, hech kim qiynoqqa solinishi, zoravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas.
Insonning bu kabi konstitutsiyaviy huquqlari xalqaro huquq normalariga tola mos bolib, xususan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 4-moddasiga kora, hech kim qullikda yoki erksiz holatda saqlanishi mumkin emas, qullik va qul savdosining barcha korinishlari taqiqlanadi.
Bu huquqiy kafolatlarni hayotga tola tatbiq etish borasida mamlakatimizda izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, odam savdosining oldini olishga qaratilgan say-harakatlar keskin kuchaytirildi. Bu jinoyat oqibatida jabr chekayotgan insonlarni aniqlash, ularga zarur yordam korsatish ishlari davom ettirilmoqda. Bu borada huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va jamoat tashkilotlari hamkorligi keng yolga qoyilgan. Ular odam savdosining oqibatlarini targibot-tashviqot, tushuntirish ishlari olib borish, seminar-treninglar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlar otkazish orqali keng ommaga yetkazmoqda. Natijada bugungi kunda kopchilik bu jinoyatning mohiyatini anglab yetayotir.
Ammo shunga qaramay, odam savdosi bilan bogliq jinoyatlar hamon uchrab turibdi. Joriy yilning toqqiz oyi davomida prokuratura idoralariga shunday mazmundagi mingdan ziyod shikoyat tushgani buni tasdiqlaydi. Murojaatlar boyicha korilgan chora-tadbirlar tufayli aybdorlar aniqlanib, zarur choralar korilmoqda.
Uyga vazifa: mavzuga doir rasm chizish
Sinf rahbati: Sobirova N.M
MMIBDO`: Akkulova G.B
Sana: 25.12.2015
16-mavzu: O`quvchi etiketi
Maqsad: O`quvchilarga sog`lom turmush tarzi haqida tushuncha berish. O`quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash. Mustaqil hayotga tayyorlash
Tashkiliy qism:
1.Salomlashish 2) Davomatni aniqlash
Darsning borishi
Qadim zamonlardan boshlab barkamol insonni shakllantirishning asosiy mezoni sifatida aqliy yetuklik, soglom fikr, yuqori iste'dod, ijodkorlik, yaxshi xulq, nafosat tarbiyasini shakllantirish tushunilgan. Jamiyatda axloqiy yuksaklik darajasini fuqarolarning axloqiy madaniyati belgilaydi. Axloqiy madaniyat shaxsning jamiyat axloqiy tajribalarini egallashi, bu tajribalardan boshqa odamlar bilan bolgan munosabatlarida foydalanishi, ozozini muntazam takomillashtirib borishi singari jihatlarni oz ichiga oladi. Qisqasi, u shaxs axloqiy taraqqiyotining belgisi hisoblanadi. Zero, axloqiy madaniyat axloqiy tafakkurning qator unsurlarini oz ichiga olgan tuzilmadir. U shaxsning ozgalar bilan ozaro munosabatlarida namoyon boladi. Ana shu talabdan kelib chiqqan holda, Siz, aziz yoshlar mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega bolgan, ongli yashaydigan barkamol shaxs bolib voyaga yetishingiz lozim. Malumki, axloq shaxs taraqqiyotining yuqori bosqichi bo'lgan ma'naviy komillikning poydevorini tashkil etadi. Axloq, deb ta'kidlaydi Prezident Islom Karimov, bu eng avvalo insof va adolat tuygusi, imon, halollik degani. Qadimgi ajdodlarimiz komil inson haqida butun bir axloqiy talablar majmuini, zamonaviy tilda aytsak, sharqona axloq kodeksini ishlab chiqqanlar. Inson qalbida haromdan hazar, nopoklikka, adolatsizlikka nisbatan murosasiz isyon bolishi kerak. Shunday odamgina lafzini saqlaydi, birovning haqqiga xiyonat qilmaydi, sadoqatli boladi, Vatani, xalqi uchun jonini fido etishga ham oz jonini ayamaydi. Axloq talablari kishining fe'l-atvori va faoliyatida oz ifodasini topadi. Bunda ba'zi xatti-harakatlar axloqiy, ba'zilari axloqsizlik deb baholanadi. Davr ozgara borgani sari har qanday hodisa kabi axloq ham ozgaradi, rivojlanib, takomillashib, ma'naviy madaniyatning korinishlaridan biriga aylanib boradi. Axloq ijtimoiy ong shakllaridan biri bo'lib, uning mohiyati shaxs xattiharakatlari, yurish-turishi, turmush tarzi, hayot kechirish tamoyillari, qoidalari, shuningdek, ijtimoiy munosabatlar mazmunini ifodalaydi. Axloq olamni ma'naviy-amaliy ozlashtirishning oziga xos usuli, kishilar ma'naviy xayotining zaruriy shartidir. Axloqning oziga xos xususiyati shundaki, u san'at, siyosat, fan singari hayotning bir sohasidagina emas, universal xususiyatga ega bolib, hayotning barcha jabhalarida amal qiladi. Har qanday jamiyat oz rivojlanishining turli bosqichida muayyan tartiblarga rioya qilishning alohida mexanizmlariga muhtojdir. Axloq ijtimoiy manfaatlar bilan bir vaqtda individual manfaatlarning ham ta'minlanishini nazarda tutadi. Shuning uchun ham jamiyatning axloqiy normalari bir paytning ozida ham ijtimoiy, ham individual taraqqiyot uchun uygunlashtiruvchi zaruriyat sifatida mavjuddir. Demak, axloq ijtimoiy hodisa sifatida jamiyatning ma'naviy-ruhiy hayotida oziga xos muhim ahamiyatga ega. Muayyan millat qiyofasi, uning kishilik taraqqiyotidagi orni belgilanayotgan jarayonda mazkur tushuncha asosiy mezonlardan biri bolib xizmat qiladi. Xulq-odob madaniyati mazmun mohiyatiga kora, inson odobining, aniqrogi inson axloqiy komilligining oziga xos ifodasidir. Xulq-odob madaniyati deb shaxs muomala va hayot faoliyatining barcha sohalarida umuminsoniy axloqning qoida, dastur talablari, chegaralash va taqiqlashlariga asoslanadigan munosabatlarga aytiladi. Axloqiy qadriyatlarning egallanishi, insonning amaliy faoliyatida ularga amal qilishi xulq-odob madaniyatning asosiy mohiyatini tashkil qiladi. Xulq-odob madaniyati avvalo, ijtimoiy-iqtisodiy omillarga, axloqiy tamoyillar, ideallar va qadriyatlarning shakllanishi sharoitga bogliq boladi. Shu bilan birga, xulq-odob madaniyati inson faoliyatida axloqiylik talablar qay darajada chuqur va mukammal jamlanganligining, uning oz faoliyati va ongida ijtimoiy talablarini qay darajada singdira olganligining, inson faoliyati madaniy me'yorlar qay darajada mujassam etganligi korsatkichidir. Xulq-odob madaniyati ikki xil insoniy fazilat va omil axloq bilan madaniyatning mujassami, ularning amalda namoyon bolishining oziga xos korsatkichidir. Bu esa inson farzandini takomilga, komillikka yetkazish yollaridan biri. Uning vositalari kop. Ularning bir qismi an'anaviy tarbiya vositalari bolsa, yana bir qismi zamonaviy vositalardir. Odatda, har ikki turdagi vositalardan foydalaniladi. Chunonchi, maktabgacha bolgan axloqiy tarbiyada ertak va rivoyatlar vositasidagi an'anaviy tarbiya bilan oyinchoqlar va oyinlar vositasidagi zamonaviy tarbiya muvaffaqiyatli qollaniladi. Bunda bola qizganchiqlik, girromlik qilmaslikka, halol bolishga oyinlar yordamida da'vat etiladi.
Axloq ozining me'yor va qoidalari yordamida inson odobini boshqarib boradi. Jamiyatda axloqning yuksaklik darajasiga axloqiy madaniyat, deb ham ta'rif berishadi. Yuksak axloqiy madaniyatga ega bolgan shaxsdan kim manfaatdor? Ushbu madaniyat darajasiga yetish uchun nimalarga e'tibor berish kerak? degan savollar barcha davrlarda, shuningek, bugungi kunda ham ozining dolzarbligini yoqotmagan. Demak, bunday madaniyatli shaxsdan oila, mahalla, jamiyat, davlat manfaatdor. Shu orinda yangi bir savol tugiladi: Xosh, Vatan ozi qayerdan boshlanadi? Nima uchun vatan manfaatdor? Vatan insonning tugilib osgan gosha, oilasi, mahallasi, insonning avlodajdodlari tugilib osgan joy. Butun bir xalq, ularning ajdodlari azaldan istiqomat qilib kelgan makon. Inson ozining tugilib osgan goshasini sevishi, unga talpinib yashashi, Vatanining rivoji uchun ozining beminnat hissasini qoshishi lozim.
Oila soglom ekan jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan mamlakat barqarordir. Shuning uchun ham oila jamiyatning asosiy bogini sifatida etirof etilib, bolaning shaxs sifatida shakllanishi, kelgusida jamiyatda oz ornini topishi hamda ma'naviy barkamol inson bolib yetishishida asosiy poydevor hisoblanadi. Xalqimizning tarixiga nazar tashlasak, eng qimmatli an'analar: halollik, rostgoylik, or-nomus, sharm-u hayo, mehr-u oqibat, mehnatsevarlik kabi barcha insoniy fazilatlar eng avvalo oilada shakllangan. Odobli, bilimdon va aqlli, mehnatsevar, imon-etiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki butun jamiyatning eng katta boyligidir. Demak bola oilada millatning qiyofasini koradi, shu muhitda uning tabiati, dunyoqarashi va axloqiy qiyofasi shakllanadi.
Uyga vazifa: mavzuga doir rasm chizish
Sinf rahbati: Sobirova N.M
MMIBDO`: Akkulova G.B
Sana:15.01.2016
17-mavzu: Balli yigitlar sinflararo tanlov
Maqsad: O`quvchilarga sog`lom turmush tarzi haqida tushuncha berish. O`quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash. Mustaqil hayotga tayyorlash
Tashkiliy qism:
1.Salomlashish 2) Davomatni aniqlash
Darsning borishi
Do'stlaringiz bilan baham: |