Tashkiliy qism Salomlashish 2 Davomatni aniqlash


Uyga vazifa: mavzuga doir rasm chizish



Download 2,07 Mb.
bet5/20
Sana07.07.2022
Hajmi2,07 Mb.
#752749
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Juma-manaviyat-kuni-2015

Uyga vazifa: mavzuga doir rasm chizish
Sinf rahbati: Sobirova N. M MMIBDO`: Akkulova G.B
Sana: 27.11.2015
12-mavzu: Giyohvandlik oq ajal
Maqsad: O`quvchilarga sog`lom turmush tarzi haqida tushuncha berish. O`quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash. Mustaqil hayotga tayyorlash
Tashkiliy qism:
1.Salomlashish 2) Davomatni aniqlash
Darsning borishi
26 iyun — xalqaro hamjamiyat tomonidan giyohvandlikka qarshi kurash kuni deb e’lon qi­lingan. Bu qaror bundan 25 yil oldin — 1987 yili BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qa­bul qilingan.Bugungi kunda BMT doirasida ushbu illatga qarshi Giyohvandlikni nazorat qilish bo‘yicha xalqaro qo‘mita, Giyohvandlik vositalari bo‘­yicha komissiya, BMTning giyohvandlik va ji­noyatchilik bo‘yicha boshqarmasi samarali fao­liyat olib bormoqda.O‘zbekiston Respublikasi xalq­aro huquqning umume’tirof etilgan qoidalarini tan olgan hol­da, insoniyatni falokatga yetaklovchi og‘u — giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi samarali chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda. Jumladan, O‘zbekiston narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash borasida mintaqaviy va xalq­aro miqyosda yetakchi o‘rinlardan birini egallab turganligini alohida qayd etish kerak.
O‘zbekiston — giyohvand modda­lar oldi-sotdisi bilan shug‘ul­lanadigan guruhlarning noqo­nuniy faoliyatiga chek qo‘yish, kontrabanda yo‘llarini yopish, giyohvand moddalar ekilgan maydonlarni yo‘q qilish, shu­ningdek, giyohvandlikning oldi­ni olish bo‘yicha aniq maqsadli tadbirlarni o‘tkazishga katta e’tibor qaratmoqda. Bu borada giyohvandlik va narkotik mod­da­larning noqonuniy ayla­nishiga qarshi kurashish bo‘yicha davlat tizimi shakllangan bo‘­lib, O‘z­bekiston Respublika­si Vazir­lar Mahkamasi hu­zuridagi Nar­kotik moddalarni nazorat qi­lish milliy axborot-tahlil mar­kazidan tashqari, huquqni muho­faza qiluvchi ido­ralarda bu ofatga qarshi kura­shuvchi alo­hi­da tizim faoliyat yuritmoqda.Aholi sog‘lig‘ini muhofaza qilish har qanday rivojlangan demokratik davlatning muhim ijtimoiy vazifalaridan bi­ri hisoblanadi. Zero, jamiyat har tomonlama yetuk, sog‘lom va barkamol genofond asosidagina rivojlanadi, taraqqiy etadi. «Asr vabosi»ga aylanib ulgurgan giyohvandlik bugungi kunda dunyo miqyosida millionlab insonlarning umriga zomin bo‘­layotganligi tashvishli holdir. Zotan, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar inson sog‘lig‘i va xavfsizligiga jiddiy tahdid soladi, mamlakatdagi kriminogen vaziyatga, jamiyatning iqtisodiy va ma’naviy negiziga salbiy ta’sir ko‘r­satadi, ko‘pincha u uyushgan jinoyatchilik bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi uning ijtimoiy xavfliligini yanada oshiradi. 
Ayniqsa, mazkur giyohvandlik vositalaridan jabr ko‘ruvchilarning aksariyatini yoshlar tashkil etayotganligi yanada achinarli holdir. Giyohvandlikka duchor bo‘lganlarning asosiy qis­mini 16-29 yoshdagilar, 30 foizini esa 24 yoshgacha bo‘lganlar tashkil qiladi.
Respublikamiz hududidan narkotranzit sifatida foydalanishga urinishlar ham barcha-barchani ogohlikka undaydi.
O‘zbekiston o‘zining jug‘rofiy o‘rniga ko‘ra, Janubiy Osiyo va Yevropaning chorrahasida joylashgan. Giyohvand vositalar kontrabandasi respublikamizning Afg‘oniston, Tojikiston va Qirg‘iziston bilan chegaradosh bo‘lgan janubiy va sharqiy hu­dudlarida tashkiliy tarzda amalga oshiriladi. Ularning yo‘li chegaraning nazorat qilish qiyin bo‘lgan tog‘li hududlaridan, shuningdek, Amudaryo orqali o‘tadi. Giyohvand vositalarning kontrabandasi uchun juda katta miqdorda moliyaviy mablag‘lar sarf qilinadi. Bugun butun dunyo­da xalqaro aloqalarga ega bo‘lgan jinoiy narkoguruhlarning faollashuvi kuzatilayot­ganini qayd etib o‘tish kerak.
Giyohvandlik chegara bilmay­di. Odam tanlamaydi. U kirib kel­gan oiladan falokat arimaydi. Shuni afsus nadomat bilan aytish kerakki, voyaga yetmaganlar orasida giyohvandlik vositalarini qonunga xilof ravishda qo‘lga kiritish, iste’mol qilish holatlari hamon uchramoqda.
Respublikamiz huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan ochilgan va giyohvandlik vositalar bilan bog‘liq bo‘l­gan jinoyatlar birgina 2010 yil­da 8854 tani tashkil etgan.

Uyga vazifa: mavzuga doir rasm chizish

Sinf rahbati: Sobirova N.M
MMIBDO`: Akkulova G.B

Sana: 04.12.2015


13-mavzu: Baxtimiz qomusi
Maqsad: O`quvchilarga sog`lom turmush tarzi haqida tushuncha berish. O`quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash. Mustaqil hayotga tayyorlash
Tashkiliy qism:
1.Salomlashish 2) Davomatni aniqlash
Darsning borishi
O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi 1992-yil 8-dekabr kuni qabul qilingan. Qonunlar kitobidan olti bo’lim, yigirma olti bob, bir yuz yigirma sakkiz modda o’rin olgan. Bu yil konistitutsiyamizning 22 yillik bayramini nishonlaymiz, shu yillar mobaynida konstitutsiyamizga bir qancha qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritilgan bo’lib bunday o’zgartirishlarga ruhsat borligini ham konstitutsiyaning oltinchi bo’lim, bir yuz yigirma sakkizinchi moddasida shunday qayd etilgan:

“O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tegishli taklif kiritgandan keyin olti oy mobaynida konstitutsiyaga o’zgartirishlar hamda tuzatishlar kiritish to’g’risidagi keng va har taraflama muhokamani hisobga olgan holda qonun qabul qilishi mumkin. Agar Oliy Majlis konistitutsiyaga o’zgartirish kiritish to’g’risidagi taklifni rad etsa, taklif bir yil o’tgandan keyingina qayta kiritilishi mumkin.”
Bundan ko’rinadiki vaqt o’tishi natijasida qaysidir qonun va qarorlarga o’zgartirish yoki qo’shimchalar kiritish, qaysidir moddalarni umuman olib tashlash aynan shu moddaga asoslanib qilinadi.
Bundan tashqari konstitutsiyamizda hech bir narsa e’tibordan chetta qolmagan buning isboti tariqasida umumiy qilib berilgan bo’limlarga nazar solsak: 
Birinchi bo’lim: Asosiy prinsplar.
Ikkinchi bo’lim: Inson va fuqorolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari. 
Uchinchi bo’lim: Jamiyat va shaxs.
To’rtinchi bo’lim: Ma’muriy hududiy va davlat tuzilishi.
Beshinchi bo’lim: Davlat hokimiyatining tashkil etilishi.
Oltinchi bo’lim: Konistitutsiyaga o’zgartirishlar kiritish tartibi.

Shuning bilan bir qatorda har bir bo’lim ham qonunlarimizning mukammal ishlanganligining tasdig’idir. Misol uchun 41-moddada shunday takidlanadi 

“Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat muhofazasidadir”. Qonunlar kitobimiz shu qadr mukammal ishlangamki undan xalqimizning tarixiy obidalari, asor-u atiqalari hamda ma’naviy va ma’daniy merosini har bir fuqoro asrab avaylashga majburdir. Madaniy yodgorliklar davlat muhofazasidadir deya takidlangan 49-moddada. Bu kabi qonuniy dalalillarni ko’plab keltirishimiz mumkin, davlatimiz tomondan ijod erkinligi taminlangan bu xaqda quyida 42-moddada ko’rishimiz mumkin. 

“Harkim ilmiv va texnikoviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi. Davlat jamiyatning madaniy, ilmi va texnikoviy rivojlanishiga g’amxo’rlik qiladi.” Mamlakatimiz mustaqilligining dastlabgi yillaridayoq konstitutsiyamiz qabul qilindi. Bu esa kelajakda ozod va obot vatan erkin va farovon hayot kechirishimizning garovi bo’lib hisoblanardi. Mana 22 yildirki baxtimiz qomusi fuqorolarning emin erkin tinch va osoyishda yashashini taminlovchi dasturil amal ekanligini isbotlab kelmoqda. Barcha rivojlangan davlatlar tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak ular shakllanish bosqichidan o’tkach o’zlarining qonunlarini yaratgan va ularga bo’ysunganlar. Ilg’or tajribaga ega mamlakatlar qonunlaridan namuna olga va uni milliy mansublik jihatidan ko’rib chiqqan holda joriy maqsadga muvofiqligi tajribada sinalgan. Misol uchun O’zbekistonda oldin ham konstitutsiyalar qabul qilingan 1927-1937-1978-yillar lekin u konstitutsiyalarda xalq o’z taqdirini o’zi belgilash huquqidan mahrum edi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov shunday deya takidlagan edi.

“Davlatimizning kelajagi, xalqimiz taqdiri, ko’p jihattad Konstitutsiyamiz qanday bo’lishiga bog’liq”. Konstitutsiyamiz Italiya, Fransiya, Finlandiya kabi davlatlar konstitutsiyasi tarixini o’rganib bizga taalluqli joylarini olib tuzilgan. Konstitutsiyamizni eng avvolo yoshlar o’rtasida targ’ib etish ular orasida huquqiy bilimni kuchaytirish ularni konstitutsiyoviy huquq sohasidan xabardor etish talab etiladi. Huquqiy madaniyatli inson qonunni hurmat etadi qabul qilingan qonun kim, nima uchun ekanligini tushingan holda itoat etiladi. Bu konstitutsiyamizning 3-bo’lim, 5-bob, 18-moddasida o’z tasdig’ini topgan. Bugungi kunda siyosiy hayotdan bexabar yoshlar bo’lmas kerak yaqinlashib kelayotgan xalq depudatlari saylovi biz yoshlarni ham befarq qoldirmaydi albatta. Konstitutsiyamizdagi yigirma uchinchi bob 117-modda saylov tizimi haqida bo’lib unda quyidagi fikrlar ilgari surilgan.
“O’zbekiston Respublikasi fuqorolari davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Har bir saylovchi bir ovozga egadir. Ovoz berish huquqi, o’z xoxish-irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi. O’zbekiston Respublikasi prezidenti saylovi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengashi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimyati vakillik organliklariga saylov tegishincha ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yili-dekabr oyining uchunchi o’n kunligining birinchi yakshanbasida o’tkaziladi. Saylov umumiy, teng va to’g’ridan to’g’ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo’li bilan o’tkaziladi. O’zbekiston Respublikasining o’n sakkiz yoshga to’lgan fuqorolari saylash huquqiga egadirlar. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengashi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimyati vakillik organlari depudatlarning tegishli vakil organlari depudatlarningtegishli qo’shma majlislarida mazkur depudatlar saylangandan so’ng bir oy ichida ular orasidan yashirin ovoz berish yo’li bilan saylanadi.
Sud tomonidan muamalaga layoqatsiz deb topilgan fuqorolar, shuningdek sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylanishi mumkin emas va saylovda qatnasha olmaydilar. Boshqa har qanday hollarda fuqorolarning saylov huquqlari to’g’ridan to’g’ri yoki bilvosita cheklashga yo’l qo’yilmaydi. O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bir vaqtning o’zida ikkida ortiq davlat hokimyati vakillik organlarining depudati bo’lishi mumkin emas. Saylov o’tkazish tartibi qonun bilan belgilanadi.”
Xulosa o’rnida shuni takidlashimiz lozimki har bir shahs va har bir O’zbekiston fuqorosi konstitutsiyamizda ko’rsatilgan barcha burch va majburiyatlariga amal qilishsa mamlakatimiz bundanda obod, xalqimiz bundanda farovon, oilalarimiz esa bundanda tinch bo’lishi taminlanadi. Har birimizga konstitutsiyamizning 22-yillik to’yi muborak bo’lsin! 

Uyga vazifa: mavzuga doir rasm chizish



Sinf rahbati: Sobirova N.M
MMIBDO`: Akkulova G.B
Sana: 11.12.2015
14-mavzu: Terrorizmga qarshi kurash
Maqsad: O`quvchilarga sog`lom turmush tarzi haqida tushuncha berish. O`quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash. Mustaqil hayotga tayyorlash
Tashkiliy qism:
1.Salomlashish 2) Davomatni aniqlash
Darsning borishi
XX asrning ikkinchi yarmida xalqaro miqyosda o'zini baralla namoyon etayotgan xatarli voqeliklardan biri, shubhasiz, diniy ekstremizm va undan oziqlanayotgan hamda diniy shiorlar bilan niqoblangan terrorizmdir. Bugungi kunga kelib, rnazkur xatar shu qadar keng ko'lam va xilma-xil ko'rinishlar kasb etmoqdaki, odamlar, ko'pincha, unga e'tiborsiz hatto, loqayd bo'lib qolmoqdalar. Boshqacha aytganda, «diniy ekstremizm» va «xalqaro terrorizm» degan tushunchalar hayotiy voqelikning ajralmas qismidek qabul qilinmoqda. Bu — nihoyatda achinarli hoi, albatta. Sababi — XIX asrning oxirlarida saltanat sohiblari va davlat arboblariga qarshi qurolli hujumlar shaklida paydo bo'lgan siyosiy terrorizmni bugun har qadamda uchratish mumkin. XX asrning 60-yillaridan boshlab, dunyoning butun-butun mintaqalari turli-tuman terrorchilik tashkilotlarining o'chog'iga aylana boshladi. Ma'lumotlarga ko'ra, bugungi dunyoda 500 ga yaqin terrorchilik tashkilotlari faoliyat ko'rsatmoqda. 1968-1980-yillar davomida ular 6700 ga yaqin terrorchilik amaliyotini sodiretdilar. Natijada 3668 kishi halok bo'lib, 7474 kishi turli jarohatlar olgan. Zamonaviy terrorizmning ikkita alohida xatarli belgisini ajratib ko'rsatish mumkin: bir tomondan, u tobora shafqatsizroq g'ayriinsoniy mohiyat, ikkinchi tomondan, aqlga sig'dirish qiyin jug'rofiy ko'lamlar kasb etib bormoqda. AQSH Davlat departamentining ma'lumotlariga ko'ra, hozirda dunyoda har yili 650 dan ortiq bunday hodisalar sodir etilmoqda. Bu degani - har kuni dunyoning u yoki bu burchagida kimlarnidir qo'rquvga solish orqali muayyan maqsadlarga erishishni ko'zlagan, kamida ikkita qo'poruvchilik amalga oshirilmoqda. Xatarli jihati shundaki, ularning soni
muntazam oshib bormoqda. Masalan, 1992-yilda ana shunday noxush voqealarning umumiy soni 362 tani tashkil etgan bo'lsa, bugungi kunga kelib 600 dan oshib ketdi.
Shiddat bilan chuqurlashib borayotgan dunyoning globallashuvi, sodda qilib aytganda, unda kechayotgan jarayonlar deyarli barcha mamlakatlarni qariyb birdek qamrab olayotgani bu kabi g'ayriinsoniy harakatlarning xatarli oqibatlarini jiddiy oshirmoqda. Ekstremizm va terrorizm odamlarning ertangi kunga bo'lgan ishonchiga putur yetkazibgina qolmasdan, balki xalqaro miqyosdagi muammolarni, jumladan, turli diniy e'tiqod vakillari bo'lgan xalqlar, hattoki, sivilizatsiyalar orasidagi o'zaro ishonchga soya tashlamoqda, jahontaraqqiyotining tamal toshi bo'lgan xalqaro iqtisodiy va madaniy ham-korlikning rivojlanishiga tosiq bo'lmoqda.
Ekspertlarning fikricha, dunyoda faoliyat ko'rsatayotgan terror-chilik tashkilotlarining yuzdan oshigM eng zamonaviy qurollar bilan yaxshi ta'minlangan yirik uyushmalardan iborat. Ular turli qo'poruvchiliklarni sodir etish jarayonida o'zaro hamkorlik qiladilar, ma’lumotlar almashadilar, zarur hollarda, bir-birlariga harbiy, moliyaviy va boshqa shakldagi yordamni ko'rsatadilar. Shunday tashkilotlarning eng yiriklari qatoriga «al-Qoida», «al-Jihod al-Islomiy», «at-Takfir val-Hijra», «Hizbulloh», «XAMAS» (Falastin islomiy qarshilikharakati), «AbuSayyof» (Filippin), «Ozod Achex» va «Lashkari jihod» (Indoneziya), «Qurolli islomiy harakat» (Jazoir) kabilarni kiritish mumkin. Oxirgi yillarda xalqaro miqyosda amal qilayotgan yana bir islomiy tashkilot - «Hizb at-tahrir al-islomiy»ning faoliyati asosli ravishda dunyoning turli mamlakatlaridagi terrorchilik amaliyotlarni sodir etganlikda ko'rilmoqda.
Masalaning yana bir taassufli jihati shundaki, diniy liboslarga o'ralgan terrorchi tashkilotlarning mutlaq ko'pchiligi muqaddas islom dinini o'ziga niqob qilib olgan.
Dinni qurol qilib olgan bunday ekstremistik harakatlar bugun umuman kishilik jamiyati hayotiga jiddiy tahdid solmoqda deyish mumkin. Shuning uchun, bugun, siyosatshunoslikda «jamiyatning diniy xavfsizligi» degan yangi tushuncha shakllanmoqda. Mutaxassislar din niqobi ostida sodir etilayotgan terrorchilik harakatlarining asl mohiyatini ifoda etuvchi ilmiy mezonlarni qidirmoqdalar. Huquqiy 
mazmun va mohiyatga ega ana shunday atamalardan biri sifatida «diniy-siyosiy ter-rorizm» tushunchasidan foydalanish va uning xalqaro miqyosda e'tirof etilishiga da'vat etmoqdalar.
Bayon etilganlarni nazarda tutib fikr yuritilsa, mustaqillik qo'lga kiritilgandan beri mamlakatimiz va xalqimizning oromini buzib kelayotgan qo'poruvchilik xurujlari, jumladan, 2004-yilning mart— aprel va iyul oylarida sodir etilgan voqealar keng ko'lamli xalqaro terrorchilik tuzilmasining navbatdagi kirdikorlaridan biri ekaniga hech qanday shubha qolmaydi. Dunyoning eng xavfli terrorchi guruhlari qatoriga kiritilgan, «O'zbekiston islomiy harakati»ning O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, AQSH va Isroil dav-latlari elchixonalariga qarshi uyushtirilgan qo'poruvchiliklar uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olgani maxsus xizmatlar va keng jamo-atchilikni chalgitishga urinishdan boshqa narsa emas. Ushbu qo'poruvchi tashkilotning bosh homiysi Usoma bin Lodin asos solgan «al-Qoida» nomli dunyodagi eng yirik terrorchi tashkilot va uning sheriklari «al-Jihod al-islomiy», «al-Muhojirun», «Hizbut-tahrir» kabi diniy ekstremistik tuzilmalar ekani, xalqaro miqyosda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli qo'poruvchiliklarning uzviy qismi ekaniga yana bir dalildir.

Download 2,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish