Sana: 22.04.2016
30-mavzu: Mening jamiyatga ta`sirim, jamiyatni menga ta`siri
Maqsad: O`quvchilarga mening jamiyatga ta`sirim, jamiyatni menga ta`siri haqida tushuncha berish.
Tashkiliy qism:
1.Salomlashish 2.Davomatni aniqlash
Darsni borishi
Jamiyatimiz rivojlanishining otish davrida manaviy-marifiy ustuvor yonalishlari togrisida fikr yuritilsa, eng avvalo manaviyat maydonini tashkil qiladigan Vatan, shaxs, millat, adolat, haqiqat, marifat va etiqod kabi tushuncholar manaviyatning bosh tayanchlaridan iboratdir. Manaviyat haqida baxs yuritilsa, uning ozagini shaxs tushunchosi tashkil qiladi. Chunki, manaviy muayyan, alohida, har bir shaxsning ijobiy hislatlari majmuasini tashkil qiladi. Shu sababli bugungi mamlakatimizni otish davridagi manaviy ustuvor yonalishlaridan biri manaviy yetuk, barkamol shaxsni tarbiyalashdir. Har bir shaxs muayyan makon yoki Vatanda togilib voyaga yetadi va Vatan inson kamol topadigan, hayotiga mano va mazmun baxsh etadigan tabarruk maskanidir. Shu asosda Vatan toygusi shakllanadi, Vatan tushunchosi falsafiy manoda insonning voyaga yetishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadigan tabiiy va ijtimoiy muhitdan tashkil topadi.
Shaxs manaviy kamolotida kindik qoni tokilgan zaminga mehr, ona tabiatga, jonajon Ozbekistonga muhabbat, vatanparvar shaxslarni tarbiyalash otish davridagi ustuvor yonalishlardir. Bunday qadriyatni anglash va avaylash Vatan toygusidir.
Biz hayotga orzu umidlar bilan qirib kelayotgan yoshlarimiz qalbiga «Sening Vataning bitta va yagona barchomizga aziz, betakror mana shu Ozbekistonda ota-bobolarning hoki yotibdi, shu muqaddas zamin seni ham dunyoga keltirgan, sen uni obod etishing, har qanday tajovuzkor goyalardan himoya qilishing shart, nafaqat sening hayoting, balki senga umid boglab turgan ota-onang, aka-ukang, opa-singling, yosh godak va nuroniy qariyatlarimizning hayoti ham shu burchingni nechoglik ado etishingga bogliq, degan tushunchoni singdirishimiz zarurdir. «Oz oyingni ozing asra» degan shiorning manosi ham shundan iborat. Yuqorida aytilganidek, manaviyat millatni tolaqonli shakllantiruvchi, boshqa millatlardan ajratuvchi omildir. Manaviyat inson qalbida aks etgan ziyo yoki ilohiy nur deb qaraydigan bolsak, millat manaviyatini ham qalbida ilohiy nur va ziyo bilan sugorilgan shu millatga aloqador shaxslardan tashkil topadi. Oz milliy qadriyatlari, tarixi, madaniyati, sanati, fani va boshqa anana, marosimlaridan fahrlanish bu millat toygusidir. Demak, shaxs manaviy yetukligini belgilaridan oz milliy manaviyati qay darajada ruhiga singdirib olganligida bolib, Vatanga mehr ham shundan kelib chiqadi. Bu jarayon milliy ozlikni anglashga olib boradi. Dilida Vatan toygusi bolmagan, oz millatini sevib, u bilan gururlanmagan insonda adolat va haqiqat hissi bolmaydi. Shu nuqtai nazardan manaviyat inson ruhidagi mavjud haqiqatni anglab yetsagina, uni ruhiyatiga singdirsagina adolatli inson bola oladi.
Uyga vazifa: muhokama qilish
Sinf rahbari: Sobirova N.M
MMIBDO`: Akkulova G.B
Do'stlaringiz bilan baham: |