Tashkiliy qism Salomlashish 2 Davomatni aniqlash



Download 2,07 Mb.
bet15/20
Sana07.07.2022
Hajmi2,07 Mb.
#752749
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Juma-manaviyat-kuni-2015

2-boshlovchi: - Dugonajon gullar to`g`risida ko`pgina ma`lumotlarga ega ekanlar.
Uyga vazifa: muhokama

Sinf rahbati: Sobirova N.M


MMIBDO`: Akkulova G.B
Sana: 18.03.2016
26-mavzu: Kitob haftaligi, mening sevimli kitobim
Maqsad: O`quvchilarga sog`lom turmush tarzi haqida tushuncha berish. O`quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash. Mustaqil hayotga tayyorlash
Tashkiliy qism:
1.Salomlashish 2) Davomatni aniqlash
Darsning borishi
1967-yilda Xalqaro bolalar kitobi kengashi tomonidan qabul qilingan qarorga ko‘ra, jahonning ko‘pgina mamlakatlarida daniyalik buyuk ertakchi Xans Kristian Andersenning tavallud kuni — 2-aprel Xalqaro bolalar kitobi kuni sifatida nishonlanadi, Respublika bolalar kutubxonasida har yili Xalqaro bolalar kitobi kuni muhim bayram sifatida nishonlanadi. Bayram munosabati bilan tayyorlangan dastur doirasida bolalar kitobi haftaligi o‘tkaziladi, kutubxona bolalar bilan gavjum bo‘ladi. Kichik yoshdagi bolalar uchun Andersen asarlari bo‘yicha viktorinalar, katta yoshdagi bolalar uchun esa taniqli shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar, turli ko‘rik-tanlovlar va madaniy-ma’rifiy tadbirlar, kutubxona bo‘yicha sayohat, taniqli xonandalar ijrosida musiqiy chiqishlar, sahna ko‘rinishlari va kitob ko‘rgazmalari tashkil etiladi.
Shu kunlarda O‘zbekistondagi barcha ta’lim va madaniyat muas­sasalarida, kutubxonalarda bolalar kitobi bayrami munosabati bilan “Farzandimga kitob sovg‘a qilaman” loyihasi doirasida aksiyalar o‘tkaziladi.

Uyga vazifa: muhokama

Sinf rahbati: Sobirova N.M


MMIBDO`: Akkulova G.B
Sana: 01.04.2016
27-mavzu: Temuriylar avlodlarimiz
Maqsad: O`quvchilarga sog`lom turmush tarzi haqida tushuncha berish. O`quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash. Mustaqil hayotga tayyorlash
Tashkiliy qism:
1 .Salomlashish 2) Davomatni aniqlash
Darsning borishi
Amir Temur ibn amir Tarag‘ay 1336 yil 9 aprelda Kesh (Shahrisabz) viloyatining Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida dunyoga kelgan. Uning otasi amir Muhammad Tarag‘ay barlos ulusiga mansub beklardan, bahodir jangchi, ulamoyu fuzaloga ixlosmand, ilm ahliga homiy va ishtiyoqmand kishi bo‘lgan.



Amir Temurning yoshligi haqida ma'lumotlar kam uchrasa-da, ayrim manbalarga qaraganda, u yoshligida xat-savod chiqarib, o‘z davrining tibbiyot, riyoziyot, falakiyot, me'morchilik va tarix ilmlarini o‘rgangan. Amir Temur bilan suhbatlashish sharafiga muyassar bo‘lgan buyuk arab faylasufi Ibn Xaldun jahongir turk, arab, fors xalqlari tarixini, diniy, dunyoviy va falsafiy bilimlarning murakkab jihatlarigacha yaxshi o‘zlashtirganini ta'kidlaydi.
Amir Temur siyosat maydoniga kirib kelgan paytda, Movarounnahr mo‘g‘ullar istibdodi ostida bo‘lib, Chingizxon va Botuxon bosib o‘tgan shahar va qishloqlar vayronaga aylangan, suv inshootlari buzib tashlangan yoki ishga yaroqsiz holga keltirilgan, Chingizxon Movarounnahrni o‘zining ikkinchi o‘g‘li Chig‘atoyxonga suyurg‘ol sifatida in'om qilgan edi.
Amir Temurning hayoti va faoliyatida ikki davr yaqqol ko‘zga tashlanadi. Birinchi davri (1360-1385) Movarounnahrni mo‘g‘ul xonligidan ozod qilib, yagona markazlashgan davlat tuzish, o‘zaro urushlarga barham berish. Ikkinchi davri (1386-1405) esa ikki yillik, uch yillik, besh yillik, deb ataluvchi boshqa mamlakatlarga yurishlari bilan xarakterlanadi.
1360 yillardan boshlab Amir Temur Movarounnahrdagi ichki nizo, urushlarda ishtirok eta boshladi va Mo‘g‘uliston hukmdori Tug‘luq Temurxon, uning o‘g‘li Ilyosxo‘jaga qarshi kurashlardan so‘ng, Amir Husayn ustidan g‘alaba qozongach, 1370 yilda Movarounnahr taxtining haqiqiy sohibi bo‘ldi va Samarqandni hokimiyat poytaxti etib belgiladi.
Amir Temur taxtga o‘tirgach, Chig‘atoy ulusining barcha yerlariga o‘zini voris deb bildi va Sirdaryoning quyi havzasidagi yerlarni, Toshkent viloyatini, Farg‘ona vodiysini, Xorazmni o‘z hukmronligi ostiga kiritdi. Natijada, Movarounnahr va Xurosonda yirik markazlashgan davlat vujudga keldi. Sohibqiron so‘nggi yillarda Eron, Iroq, Kavkazorti mamlakatlari, Hindiston, Oltin O'rda va Turkiya bilan bo‘lgan janglarda g‘olib chiqib, saltanat hududini sharqtsa Xitoy devoriga qadar, g‘arbda - O'rta yer dengiziga, janubda esa Hindiston chegaralariga qadar kengaytirdi.
Uyga vazifa: muhokama

Sinf rahbati: Sobirova N.M


MMIBDO`: Akkulova G.B
Sana: 8.04.2016
28-mavzu: Ona tabiatni asraylik
Maqsad: O`quvchilarga sog`lom turmush tarzi haqida tushuncha berish. O`quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash. Mustaqil hayotga tayyorlash
Tashkiliy qism:
1.Salomlashish 2) Davomatni aniqlash
Darsning borishi
Inson va tabiat bir-biriga uzviy bog’liq. Tabiat — inson va butun mavjudotlarni yashash sharoitining birdan-bir asosi. Uning boyliklari jamiyatni yashashi, rivojlanishi uchun zarur bo’lgan moddiy, madaniy ehtiyojlarini qondiradigan bitmas-tuganmas manba. Inson tabiatsiz yashay olmaydi, chunki u tabiatning ajralmas kichik bir qismi. U mavjudot sifatida tabiatga ta'sir ko’rsatadi. Lеkin insonning tabiatga o’z aql-zakovati, mеhnat faoliyati tufayli ta'sir qilishini hеch nima bilan taqqoslab bo’lmaydi. Inson va tabiat bir-biriga uzviy bog’liq. Tabiat — inson va butun mavjudotlarni yashash sharoitining birdan-bir asosi. Uning boyliklari jamiyatni yashashi, rivojlanishi uchun zarur bo’lgan moddiy, madaniy ehtiyojlarini qondiradigan bitmas-tuganmas manba. Inson tabiatsiz yashay olmaydi, chunki u tabiatning ajralmas kichik bir qismi. U mavjudot sifatida tabiatga ta'sir ko’rsatadi. Lеkin insonning tabiatga o’z aql-zakovati, mеhnat faoliyati tufayli ta'sir qilishini hеch nima bilan taqqoslab bo’lmaydi. Boshqacha qilib aytganda mavjudotlar tabiatdan qanday bo’lsa, shunday foydalanib, unga sеzilarsiz ta'sir ko’rsatadi. Inson esa tabiatga shunchalik kuchli ta'sir ko’rsatishi mumkinki, hatto tabiatni o’ziga bo’ysundiradi.
Odamzot o’zining aql-zakovati, mеhnati tufayli hayvonlarga nisbatan tabiiy muhitning biologik nazoratidan chiqib, talablarini fiziologiyaga xos faoliyatining hajmini kеngaytirishga sazovor bo’ladi. Uning tabiatga ta'sir qilishi ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishi va xo’jalik uchun ishlatiladigan moddalarning ko’payishiga bog’liq.
Boshlang’ich jamiyat davrida odamlarning asosiy yashash manbai ov qilish, baliq tutish bo’lgan. Shuning uchun inson tabiat sharoitlariga qaram bo’lgan. O’sha vaqtlarda insonning ta'siri u ov qilgan jonivorlarning miqdorida aks etmagan. Chorvachilik rivojlana borishi tufayli insonning tabiatga bo’lgan ta'siri tobora kuchaygan. Chorva mollari sonining ortib borishi, tabiiy yaylov o’simliklar qoplamining kеskin o’zgarishiga olib kеldi. U yеrlarda yashaydigan mavjudot o’zining yashash joyini o’zgartirib yubordi.
Dеhqonchilik tizimining rivojlanish davrida inson tabiatga misli ko’rilmagan darajada ta'sir ko’rsata boshladi. Quruq yеrlarni haydash, daraxtzorlarni kеsish, kuydirish, daryolarga to’g’onlar o’rnatish bilan hududlar ko’rinishi va odamlarning yashash joyini o’zgartirib yubordi. U daryo suvlarining kamayishiga, tuproqning eroziya va dеflyasiyaga uchrashiga, hayvonot dunyosiga ta'sir ko’rsatdi. Ayrim noyob hayvonlar yashash joylarini o’zgartirgani bois, ularning soni kamaydi, ba'zilari butunlay halok bo’ldi. Shu bilan bir qatorda ba'zi hasharotlar va kеmiruvchilar uchun qulay sharoit paydo bo’ldi, natijada ular ko’payib. Qishloq ho’jaligiga zarar yеtkaza boshladi.
Inson ishlab chiqarishni rivojlantirib borgan sari tabiatga katta zarar еtkazildi. Sanoatning tеz rivojlanishi bir qancha tabiat boyliklarini ishlab chiqarishga jalb qilishga olib kеldi. Yerdan, o’rmonlardan, hayvonot dunyosidan kеng foydalanish bilan bir qatorda tabiiy boyliklar ham jadal ishlatila boshlandi. Tabiiy boyliklardan tartibsiz va vahshiyona foydalanish uning jamg’armalari, zaxiralarini kеskin kamayishiga olib kеldi. Yerga ayovsiz minеral o’g’itlar solish yo’li bilan ko’p mahsulot olish natijasida tuproq o’zining biologik xususiyatlarini yo’qotib, eroziyaga uchradi. O’rmonzorlardan kеng foydalanish yеrning suv rеjimini o’zgartirishiga olib kеldi. Natijada, daryolarning sayozlanishi, ichimlik suvlarining kamayishi, iqlimni quruqlanishishi ro’y bеrdi. Hunarmandchilikning orta borishi oqibatida manzaralar kеskin o’zgardi. Natijada, mavjudotlarning turlari, xillari kеskin kamayib kеtdi.
Uyga vazifa: muhokama

Sinf rahbati: Sobirova N.M


MMIBDO`: Akkulova G.B
Sana:15.04.2016
29-mavzu:Shukronalik tuyg`usi
Maqsad: O`quvchilarga sog`lom turmush tarzi haqida tushuncha berish. O`quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash. Mustaqil hayotga tayyorlash
Tashkiliy qism:
1.Salomlashish 2) Davomatni aniqlash
Darsning borishi
Yurtboshimiz bugungi farovon turmushimizdan rozilik, shukronalik, barqaror taraqiyotimiz, tinch-osuda hayotimizdan mamnunlik, yuz berayotgan ulug’vor o’zgarishlarga daxldorlik hissini tuyishimiz, bu holat esa turmush tarzimizning uzviy qismiga aylanishini qayd etib, bu borada har bir insonning o’z falsafiy tamoyili shakllanishi zarurligini ta’kidladilar.
Ma’lumki, shukronalik hayotdan mamnunlikni, mamnunlik mustahkam ishonch, o’z ishiga bog’liqlik, e’tiqodiy barqarorlikni ifoda etadi. Xalqimiz tarixida Abu Nasr Forobiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa ko’plab buyuk ajdodlarimiz hayotda zavq bilan yashash, ertangi kunga ishonch, rozilik va shukronalik, mamnunlik g’oyalarini tarannum etganlar.
Hayotdan rozilik va shukronalik g’oyalari hozirgi zamon g’arb olimlari tomonidan ham chuqur tadqiq etilmoqda. SHuningdek, ijtimoiy borliqdan mamnunlik ikki jihat, ya’ni mantiqiy tarzda bir-biriga determinant (o’zaro bog’liq) ravishda aloqador bo’lgan ikki omil bo’lishini taqozo etadi. Bu jihatlar bir tomondan shaxsning jamiyat, davlat, jamoadan rozilik darajasi sifatida namoyon bo’lsa, ikkinchi tomondan shaxsning o’z-o’zidan rozilik, qoniqqanlik darajasini ifoda etadi.
Yurtboshimiz bilimlar orttirish yuz berayotgan voqealar, hayot ma’no-mazmunini chuqur anglash, ijtimoiy jarayonlarni tushunish imkonini berishini ta’kidladi. Yuz berayotgan jarayonlar mohiyatini teran anglashda falsafa fanining ahamiyati beqiyosdir. Ammo sobiq sho’rolar tuzumi cheklangan bilimlar berish orqali ommani mafkura tutqunligida asrab, erkin tafakkurni bo’g’ib kelgan edi. Boz ustiga, o’sha davrda falsafa fani mohiyat e’tiboriga ko’ra totalitar tuzumning mafkuraviy poydevoriga aylantirib qo’yilgan edi. Har qanday jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot shu jamiyatdagi odamlarning ongi va tafakkur tarzini o’zgartirishdan boshlanadi.
Milliy istiqlolga erishganimizdan so’nggi yillar turmush tarzini tarkibiy qayta qurish va shu muhim holatlar bilan hamohang odamlar tafakkurini yangilash, hayotga ilgaridan boshqacharoq qarash, mentalitetni o’zgartirish, hayotiy pozitsiyalar tizimini o’zgargan makon va zamonga muvofiqlashtirishdan iborat murakkab jarayonlardan iborat bo’ldi. Agar sho’rolar davrida ustuvor siyosiy maslak davlatning qudratini oshirish, siyosiylashgan jamiyatning inson manfaatlaridan mutlaq ustunligini ta’minlashdan iborat bo’lgan bo’lsa, milliy istiqlol mafkurasi istiqlol tufayli kuchli davlatning kuchli jamiyatga tadrijiy o’sib o’tishi, inson manfaatlari oldida davlatning mas’ulligi, shaxs mas’uliyati va imkoniyatlarining favqulodda oshishi bilan xarakterlanadi. Ushbu tizimda shaxsning o’z-o’zini anglashi, o’z umridan, hayotidan mamnun va baxtiyorligi, o’z-o’zini bunyodkor sub’ekt sifatida rivojlantira olishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Umrdan mamnunlik, hayotga zavq bilan qarash muqaddas kitobimiz Qur’oni Karimda alohida qayd etilib, shukronalik har bir mo’min-musulmon uchun farz darajasida ekanligi uqtiriladi.
Uyga vazifa: muhokama

Sinf rahbati: Sobirova N.M


MMIBDO`: Akkulova G.B

Download 2,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish