Vatan – bu inson va uning avlod-ajdodlari kindik qoni to‘kilgan muqaddas dargohdir. Vatan – bu ajdodlar maskani, el-yurt, xalq voyaga yetgan, uning tili, tarixi, madaniyati, urf-odatlari, qadriyatlari chinakamiga shakllanib, o‘sib, kamol topib boradigan zamindir. Uni asrab avaylash har birimizning farzandlik burchimizdir.
Vatan –inson inson tug’ilgan muqaddas zamin, uning qalbida abadiy qoladi va hech qachon unitilmaydi. Vatan tushunchasi va unga bo’lgan muhabbat ona suti, ona bag’ri, ona mehr-muhabbati, ona allasi bilan yuragiga bajo bo’ladi.
Vatan deganda ota-momolarimiz, avlod-ajdodlarimiz o’tgan kindik qoni to’kilgan ona Yerni tushunamiz. Avlod — ajdodlarini bilgan va qadrlagan inson uchun ular yashagan makon jonajon Vatandir.
Vatanni qalban, chuqur his qilish uchun xalqning Vatanparvarlik namunalarini bilish, uni e’zozlash, qadriga yetish, mustahkamlash kerak. Mana shu tuyg’ular, manashu go’zal insoniy oliy fazilatlar bugungu erkin kunimiz uchun haqiqiy Vatanparvarlik namunasidir.
Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov o’zining “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li ” risolasida “O’zbekiston-har bir o’zbek, bu zaminda yashayotgan har bir millat vakili uchun sevimli Vatandir”, — deya O’zbekiston fuqorasining Vatanparvarligini , umuman, Vatanparvarlik mazmunini aniq ko’rsatadi. Risolada aytilishicha, O’zbekiston fuqarosining Vatanparvarligi — bu qayta o’zgarishlar yo’lini ko’rsatuvchi, ko’zlangan maqsaddan chetga chiqmaydigan yo’lchi yulduz, ishonchli kompasdir… O’z mamlakati bilan faxrlanadigan inson juda ko’p narsalarga qodirdir. Bu esa oilaning ham? O’z vatanining ham shon- shuhratini oshiradi.
Muhammad Bobur Hindistonda qudratli va shavqatli saltanat bunyod etadi. U hayotning barcha noz-ne`matlaridan, lazzatlaridan istagancha bahramand bo’lish imkoniga ega. Biroq Bobur bekamu ko’st hayot bilan o’zizni baxtli inson deb hisoblaganmi? yo’q, albatta. Unga hamisha bir narsa yetishmagan, uni hamisha bir tuyg’u qiynagan, qalbini o’rtagan. Bu Vatan sog’inchi va tuyg’usi edi.
Tole’ yo’qki jonimga balolig’ bo’ldi,
Har ishniki ayladim, xatolig’ bo’ldi.
O’z yerni qo’yib, hind sari yuzlandim
Yo rab netayin, ne yuz qarolig’ bo’ldi
Buyuk vatandoshimiz, Vatanparvar inson Abdurauf Fitrat asarining boshida o’z yurtining qayg’usi taqdiri haqida quyidagi so’zlarni bitgan:
’’ Ey ulug’ Turon… sen mening Vatanimsan… Yurtim, Turonim, sendan ayrilmoq-mening o’limim. Sening uchun o’lmoq –mening tirikligimdur. Panohim, sajdagohim, umudim! Yotlaring seni shu kunga soldilar… Zolimlar seni kimsasizmi ko’rdilar! Yo’q, sen kimsasiz emassan. Mana, men chin ko’nglim bilan sening yo’lingda ulurg’a rozi… Men sening uchun yasharman, sening uchun o’lurman. Ey tiriklikning muqaddas o’chog’i! O’lim- sening o’limingni istaganlarga, nafrat-sani ko`mgani kelganlarga!”.
Vatan tuyg’su –bu o’z halqini sevish, u bilan faxrlanish , uni hurmat qilish va qdriga yetish degandir.
Vatan tuyg’su – bu shu aziz Vatanni o’zining halol peshona teri bilan bilan obod etgan ajdodlarimizni doimo eslamoq demakdir. Vatan tuyg’su-bu o’z aqli, idroki bilan jahon taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shgan Vatandosh buyuk allomalarimiz, mutafakkirlarimiz, hadis va tasavvuf ilmining sultonlarini unutmaslik demakdir. Vatan tuyg’usu — bu ona Vatanimiz ozodligi yo’lida shaxid bo’lgan buyuk ajdodlarimizni yodda tutish demakdir.
Vatan tuyg’usi-bu aziz va laziz, go’zal Vatanimizga yuksak e’tiqod bilan yashash va unga hamisha chin farzand bo’lish demakdir. Ana shunday tuyg’u, hislarga ega bo’lgan inson o’z Vatanini sevmasligi, Vatanidan yiroqda bo’lganida uni qumsamasligi mumkin emas.
O'ZBEKISTON DEYA ATALUR
O'zbekiston dunyodagi eng qadimiy va betakror o'lkalardan biridir. Uni umrida bir bor ko'rish orzusida yurganlar qancha. Biz esa betakror zamin bag'rida yashaymiz, uning musaffo havosidan, zilol suvidan, beqiyos ne'matlaridan bahramand bo’lamiz. Bunday baxt hammaga ham nasib etmaydi.lll
Do'stlaringiz bilan baham: |