Tashkent davlat stomatologiya instituti



Download 73,23 Kb.
bet2/2
Sana06.06.2022
Hajmi73,23 Kb.
#641915
1   2
Bog'liq
gigiyena 14

DOZIMETRIYA VA RADIOMETRIYA NAZORATI
Ionlovchi nurlanish manbalaridan foydalanganda dozimetrik va
radiometrik nazorat joriy sanitariya nazoratning muhim, ajratib bo'lmas
qismi hisoblanadi, shuningdek tashqi muhitning radioaktiv ifloslanishida
ham. Nazoratning bu turi nurlanishning miqdor quvvatini, yutilgan
miqdorini, tashqi muhitning har xil obyektlarida radioaktiv birikmalar
miqdori, inson tanasida, shuningdek uning to'qima va a'zolarida
aniqlashga yordam beradigan instrumentlar yordamida tekshiruvni
o'tkazishga asoslanadi. Tekshiruv usulini, shuningdek kerakli apparatlami
tanlash tekshiruv vazifasini, priborning tayinlanishi, uning muayyan
turdagi tekshiruv uchun optimal darajasi va sezgirligini hisobga olgan
holda olib boriladi. Apparatlardan foydalanish nafaqat radioaktiv
birikmalaming faolligi va miqdor xarakteristikasi haqida tushuncha
beradi, balki kerakli bo'lgan hisoblashlarni olib borish uchun
apparaturani to'g'ri tanlashga ham yordam beradi.
DOZIMETRIK VA RADIOMETRIK NAZORAT OLIB BORISHDA
QO'LLANILADIGAN TEKSHIRISH USULLARI
Dozimetrik va radiometrik nazoratni olib borish ionlovchi nurlanishni
qayd qiluvchi instrumental tekshiruvlardan foydalanishga asoslanadi.
Ionlovchi nurlanishni qayd qilish usullarini quyidagi guruhlarga bo'lish
mumkin:
1.Fizikaviy, ionlashtiruvchi, ssintilyatsion, kalorimetrik,
spektrometrik.
2. Kimyoviy, fotografik, radiokimyoviy.
3. Biologik, aholi salomatlik holatini baholash, tajribali.
Dozimetriya nazorati.MDSENning radiatsion xavfsizlik xizmati vakili,
shuningdek shu obyektni o‘zida radiatsion xavfsizlikka javobgar shaxs
(radiatsion xavfsizlik xizmati) bilan olib boriladi. Radiatsion nazoratni
olib borish tezligi ko'pgina omillarga bog'liq bo'ladi, bular
qo'llanilayotgan ionlovchi nurlanish manbasining turi, ish joyidagi
radioaktiv birikmalar miqdori, remont-profilaktika ishlarining o'tkazilish
soni, radiatsion holatining doimiyligi
Ish joyi va tutash xonalarda rentgen, gamma va neytron nurlarning
o'lchovlarini olib borishda dozimetrik o'lchovlami pol yuzasidan 160-
170 sm, 120-130 sm, 60-75 sm balandlik darajalarida olib borilishi tavsiya
qilinadi.
Belgilangan vazifaga bog'liq holda va obyekt kategoriyasini hisobga
olib dozimetrik nazoratni quyidagi usullarda olib borish mumkin.
UMUMIY DOZIMETRIYA NAZORATI
Bu usulning asosiy (himoya ekrani, devor, pol, shift, parda) sifatini
baholash. Bu baholash personalning ish joyida, shuningdek tutash
xonalarda ionlovchi nur manbasi ishlab turgan lahzada ekspozitsion
miqdor quwatini aniqlash yo'li bilan olib boriladi.
O'lchash vaqtida olingan ma’lumotlar ruxsat qilsa bo'ladigan miqdor
bilan taqqoslanadi (San Q va M №0029-94 bo'yicha).
Umumiy dozimetrik nazorat maxsus pribor-dozimetr yordamida olib
boriladi (DRG-05, DRG-107MS, DKR-1103A va boshqalar).
DRG-05 dozimetri nurlanishning ekspozitsion miqdori quwatini
o'lchash uchun mo'ljallangan. Rentgenometr DRG-05 m bo'lsa
fotonlarning 15-3000 kev energiyasida rentgen va gamma nurlarining
miqdor quwatini o'lchash uchun mo'ljallangan. 200-300 kev energiyada
beta-nurlarni ham baholasa bo'ladi. Pribor batareyada ishlaydi.
O'lchash
diapozoni: 10M07mkR.lO.Ol-lOOOOmkR soniya, qabul qiluvchi qismi-
ssintillyatsion hisoblagich, qayd qiluvchi qismi bilan qabul qiluvchi
qismida stakan shaklidagi suratga oluvchi ekran bor. Bu ekran
ko'rsatkichi va undan alohida ko'rsatkich farqi bo'yicha beta-
nurlanishni topishga yordam beradi. Qayd qiluvchi qismi qayta
hisoblash qurilma va pribor korpusida joylashgan bir xil sonli
o'zgartiruvchi, sonli indikator, signal taxtasi va priborning tashqi
panelida ish rejimini o'zgartiruvchi, shuningdek dozimetrning xususiy
fonini kompensatsiya qiluvchi knopkadan iborat.
SHAXSIY DOZIMETRIYA NAZORATI
Shaxsiy dozimetrik nazoratning asosiy maqsadi ishchilarda (A
kategoriyada) tashqi ionlovchi nurlanishning hamma turida shaxsiy
miqdor yuklamasini aniqlash hisoblanadi.
Shaxsiy dozimetrik nazorat usuli o'lchanadigan miqdoriga, qayd
qilinadigan nurlanish turiga va nazorat qilinadigan odamlar miqdoriga
bog'liq holda tanlab olinadi.
Yalpi holatda olib boriladigan shaxsiy dozimetrik nazorat uchun
ko'pincha shaxsiy fotonazorat (ShFN) va termolyuminessent dozimetriya
(TLD) usullari qo'llaniladi.
Shaxsiy fotonazorat gamma va rentgen nurlanish miqdorlarini,
shuningdek beta-zarracha va neytronlar hisobiga olinadigan miqdorlami
qayd qilish uchun ishlatiladi.
Usul prinsipi fotoemulsiyadan
zaryadlangan zarrachalar o'tishi, yashirin tasvirning hosil bo'lishi
(fotoqog'ozning qorayishi) MShFN usuli (mukammallashtirilgan
shaxsiy fotonazorat) IMev va yuqori energiyali beta-nurlanish
miqdorini, 0,ldan 3Mev energiyali diapozonda gamma nurlanish
miqdorini va neytron nurlanishni, issiqlik neytronini aniqlashga
yordam beradi.
O'lchash diapozoni: beta oqim-0,5-1,2 ber, gamma-nurlanish -0,05-2ber, issiqlik neytronlari-0,05-2ber. MShFK komplektiga
densitometr pribori, MShFK kassetasi va plyonkani tozalash uchun
jihozlar kiradi.
Radiatsion nazoratni tashkil qilish va uning turlari.
Dozimetrik nazorat uchun qoilaniluvchi
apparaturaning turi va dozimetriya o'tkazish
nuqtalari radiatsion sharoitga bog'liq. Radiatsion
muhit doimiy bo'lgan sharoitlarda statsionar
dozimetrlar, boshqa hollarda qo'lda ko'tarib
yuriluvchi dozimetrlar qo'llanadi. Gamma va
neytron nurlami o'lchash uchun DRG tipidagi
dozimetrlar (DRG-0,5m, DRG-0,5-0,lm)
rentgen va gamma-nurlami o'lchash
uchun SRP-68-01 qo'llaniladi. Yana hozirgi
paytda DKG-105 (gamma-
nurlanishni qayd etuvchi), RKSB-104
(gamma-nurlanishni qayd etuvchi) va
RKS-107dozimetr
(radiometr)lar ishlab chiqarilmoqda
RGB-02 radiometri va ishlatllmoqda.
Radioaktiv gazlar va
atmosferadagi radioaktiv aerozollaming miqdorini nazorat qilish uchun
statsionar, RKS toifasida yoki olib yuriluvchi RGA-01P, RGB-02 (2-rasm),
RGB-07, RAS-0,4 dozimetrlar qo'llanadi. Tekshirish uchun namunalar
hamma xonalardan olinishi, agar xodim xonada ish kunining 50% vaqti
davomida bo'lsa, o'rtacha kunlik, undan kam bo'lsa, haftalik namuna
olinadi.
Ochiq radioaktiv preparatlar qo'llab o'tkaziladigan tadqiqotlar va
davolash muolajalarida ishlatiladigan radionuklidning aktivligi, tarqatadigan
nurning turi, muolajaning murakkabligi va davomliligiga qarab xodimlaming
nur yuklamasi ham turlicha. Davolash maqsadlarida aktivligi bir necha o'n
ming boigan MBk RFP qo'llanadi. Albatta bu sharoitda xodimlar oladigan
nur miqdori ancha katta. Diagnostika maqsadlarida bundan bir necha yuz,
hatto ming marta kichik aktivlik qo'llanadi. Diagnostikada xodimlarga nur
yuklamasi kam, radioaktiv ifloslanish darajasi ham yuqori emas.
2-rasm
Download 73,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish