Dori moddalarining polimorfizmi
Dorivor moddaning fizik holati
Dorivor moddaning fizik holati deganda quyidagilar tushuniladi:
- dorivor moddalarning maydalik darajasi yoki dispersligi (zarachalar kattaligi);
- dorivor moddaning polimorfizmi;
- agregat holati (amorfligi, kristalligi, kristallik shakli va harakteri);
- fizik – kimyoviy xossalari (rN, eruvchanligi, optik aktivligi, elektr o‘tkazuvchanligi, suyuqlanish harorati);
- dorivor moddaning yuza xossalari (yuza tarangligi va boshqalar);
- tozalik darajasi (ifloslanganlik ko‘rinishi va miqdori, shu jumladan mikroorganizmlar, allergenlar, burishtiruvchi moddalar va boshqalarning mavjudligi);
Dorivor moddaning fizik holati dori preparatining saqlash jarayonidagi turg‘unligiga, terapevtik faolligiga, so‘rilish tezligiga, organizmda tarqalishiga va undan chiqishiga ta’sir etadi. Dorivor moddalarning maydalik darajasi va polimorfizmi farmakoperatsiyaga tubdan o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Dorivor moddalarni maydalash – bu juda oddiy va farmatsevt tomonidan turli dori shakllarini tayyorlashda bajariladigan eng muhim texnologik jarayonlardan biridir. Dorivor moddaning dispersligi nafaqat kukunsimon materiallarning sochiluvchanligiga balki, ularning sochiluvchanlik massasiga, bir xil aralashishiga, doza aniqligiga ta’sir etadi.
Ayniqsa, shuni takidlab o‘tish kerakki, dorivor moddaning so‘riluvchanlik tezligi va to‘liq so‘rilishi, shuningdek biologik suyuqliklardagi konsentratsiyasi , ayniqsa qondagi, uning qaysi usulda tavsiya etilishi va turli dori ko‘rinishidan qati nazar zarrachalar o‘lchamlariga bog‘liq bo‘ladi.
Masalan, oshqozonda erigan tabletkalarda zarrachalar o‘lchami kukunsimon zarrachalar o‘lchamlaridan katta, shuning uchun tabletka qabul qilingandan keyin ta’sir etuvchi modda konsentratsiyasi kukun qabul qilinganiga nisbatan past bo‘ladi. Dorivor modda zarrachalari o‘lchamining katta kichikligi mikstura – suspenziyalarda, emulsiya va linimetlar kabi dori shakllarida asosiy xarakteristikalaridan hisoblanadi.
Zarrachalar o‘lchamlarini trepevtik aktivlikga tasirini birinchi marta sulfatnilamid preparatlarida, undan keyin steroid preparatlarida, furan hosilalarida, salitsil kislotasida, antibiotiklarda va hozirgi vaqtda tutqanoqga qarshi, og‘riq qoldiruvchi, peshob haydovchi tuberkulezga qarshi, diabetga qarshi dori preparatlarida va kordiotonik moddalarda aniqlangan. Kalseferol preparati zarrachalarini o‘lchamlari 10 mkm dan kam bo‘lgandagina tanaga so‘rilib davolovchi ta’sirga ega bo‘ladi.
Grizeofulvin preparati zarrachalarini 10 dan 2,6 mkm gacha kamaytirilganda uni oshqozon – ichak tarkibida so‘rilishi keskin oshadi, natijada uning terapevtik dozasini ikki marta kamaytirish mumkin bo‘ladi. Polivinilpirrolidandagi grizeofulvin zarrachalari o‘lchamlarini molekulyar darajasida olib, bu antibiotikni biologik samaradorligini bu dorivor moddani mikronizirlangan shakli bilan solishtirilganda 7-11 marta oshishi kuzatilgan. SHuning uchun sanoatda grizeofulvin, digoksin va atsetilsalitsil kislota mikrokronizirlangan tabletkalar ko‘rinishida chiqariladi.
Bir xil asosdan, lekin dorivor moddani zarrachalari o‘lchamlari bir biridan farqli bo‘lgan fraksiyalardagi surtma va suppozitorilarda maydalanganlik darajasini so‘rilish jarayoniga ta’siri yaqqol ko‘rinadi.
Masalan, A.I.Tensova sulfanilamidlar, prednizalon, gidrokartizon va salitsil kislotasini surtmalardan ajralib chiqib teri orqali so‘rilishi zarrachalar o‘lchamlariga to‘g‘ridan – to‘g‘ri bog‘liqligini aniqlagan. V.M.Gretskiy streptotsid, norsulfazol, anestezin surtma holatda 5-18 mkm gacha maydalanganda quyonning terisidan 150-180 mkm gacha maydalanganiga nisbatan ko‘p surilishini isbotlagan.
Shuni ham aytib o‘tish lozimki, dorivor moddani maydalanish darajasini tanlash ilmiy jihatdan asoslangan bo‘lishi kerak. Har qanday holatda o‘ta maydalangan kukunni olishga intilish o‘zini oqlamaydi, chunki ayrim hollarda dorivor moddani zarrachalari o‘lchamlarini
keskin kichraytirish moddani inaktivatsiyaga olib kelishi mumkin, uni organizmdan tez chiqarilishi yoki organizmga kerak bo‘lmagan toksikologik ta’siri paydo bo‘lishi mumkin va shuningdek preparatni turg‘unligi kamayadi. Xususan, penitsillin va eritromitsinlarni disperslik darajasini keskin oshishi bilan ularni peroral qabuldagi mikroblarga qarshi aktivligi kamayadi. Bu holat ularni gidrolitik destruksiya jarayonini tezlashishi yoki ovqat hazm qiluvchi suyuqliklar ta’sirida ularni stabilligini kamayishi va shuningdek dorivor modda va biologik suyuqliklarni kontakt yuzasini oshishi bilan tushuntiriladi.
Shuning uchun dorivor preparatlarga analitik me’yoriy hujjat (AMH) ishlab chiqilganda modda zarrachalari, o‘lchamlariga qat’iy reglament belgilash kerak bo‘ladi.
Shunday qilib, yuqori biologik samaradorlikni saqlash maqsadida dorivor preparatdagi dorivor modda optimal maydalanish darajasiga ega bo‘lishi kerak. Dorivor preparatlarni terapevtik faolligiga ularni polimorf modifikatsiyalarining ta’siri ham katta ekanligini unutmaslik lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |