Tasdiqlayman” yobib direktor o’rinbosari N. U. Xoliqova


Eshik oldi nega supuriladi? Bir savolga ikki javob



Download 302,68 Kb.
bet19/49
Sana03.01.2022
Hajmi302,68 Kb.
#316851
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   49
Bog'liq
2 курс маънавият соатлар мавзуси ЁБИБДЎ Н У Холиқова

Eshik oldi nega supuriladi? Bir savolga ikki javob.

Bir samarqandlik olim hikoyasidan (2007 yil 12 mart): Los Anjelesda bir fizik hamkasbim bor. Frenk. U 2006 yilning yanvarida ilmiy ishiga maslahatchi bo’lishimni so’rab keluvdi. Uyimda 3 kun mehmon bo’ldi. 24 fevral kuni ertalab tursak qor yog’ibdi. Qizim darvoza atrofini supurayotgan edi. Buni ko’rgan Frenk: -X-m-m. Sug’urta - jiddiy masala, - dedi.

- Nimaning sug’urtasi, - dedim tushunmay.

- Sizda yer uchastkasi bor. Uning bir qismidan boshqa odamlar yurib o’tadi. Siz o’sha yerning qorini ko’rab turishingiz kerak. Agar ko’ramasangiz, biror kishi sirpanib, qo’li sinsa, unga siz sug’urta pulini to’laysiz. Shuning uchun eshik oldini supurasiz, dedi.

Men unga o’zbeklarda har kuni, doimo quyosh chiqmay eshik oldi, uy oldi top-toza qilib supurilishini aytdim. Bu - milliy an’ana dedim.

U jiddiy tingladi. O’yladi. Meni tushunishga o’rindi. Lekin, bo’lmadi. Menga tabassum qilib, boshini sarak-sarak qilib, "Hamid, meni ko’ndirma. Bu - sug’urta” dedi.

Frenk o’zbeklar ham sug’urtadan qo’rqib eshigi oldini supuradi, degan o’z fikrida qoldi. Ishonmadi.

Eshik oldiga yoqqan qorni Bostonda ham, Bustonliqda ham, Forishda ham, Parijda ham, Bokuda ham, Bo’kada ham ko’raydilar. Ish bir xil, lekin sabab ikki xil. Bo’stonliq, Forish va Bukada ma’naviy: supursam, savob bo’ladi, o’tganlar duo qilishadi, uyim farishtali bo’ladi, supurmasam, UYAT BO’LADI, degan masala birinchi o’rinda turadi. Boston, Parijda – moliyaviy. Supursam, zarar ko’rmayman. Chunki birortasi yiqilib, qo’li, oyog’i sinsa, sug’urta pulini men to’lashim kerak. Supurmasam, ZARAR BO’LADI.

Bir savolga ikki javobni ko’ring: birinchisi - o’zbekona madaniyatning, ikkinchisi - “ommaviy madaniyat”ning javoblari. Qaysi biri madaniyatliroq? Insoniyroq?

Olovli suv”ning ishlari

1492 yil Kolumb va sheriklarining etigi serhosil, jannatmonand Amerika yerini bosdi. Egalari sodda, mehmondo’st, mard qizil tanlilar. Shunda g’oliblar “madaniyat” olib keldilar. Yerli aholiga shisha munchoqlarni berib, oltin yombilariga ayriboshlab ola boshladilar.

Kichik-kichik aroq zavodlarini qurib, hindularni “olovli suv” (aroq) ichishga o’rgatdilar. Aroq va porox yordamida dastlab hindularning Nyuport viloyatidagi 100 km radiusdagi yer maydonini egallab olishdi. Bu “madaniy” vosita juda kamchiqim, serdaromad edi. Shuning uchun bu vosita keyinchalik boshqa davr va joylarda ham keng qo’llanildi.

Shunday qilib, “madaniy” bosqinlar tarixining boshlanishini sal oldinroqqa - XVII asrga ko’chirishga to’g’ri keladi. Odamlarni yoppasiga mast, behush qilib, ularning ixtiyoru ehtiyojini egallab, bog’lab, qul qilish. Bir qo’lda arog’u, birida revolver. Biri - ongga, biri - jonga o’qtalgan qurollar. Shu tariqa bug’doyrang, sodda, samimiy, mehmondo’st, mard hindular o’z vatanida tezda begonalarga aylanib bo’lishdi. Bu - “ommaviy madaniyat”ning birinchi quroli aroqning g’alabasi edi.

Hozirgi mazmundagi “ommaviy madaniyat” XIX asr oxiri – XX asr boshida shakllandi. Ommaviy axborot va kommunikatsiya (radio, kino, televidenie, ko’p nusxali gazetalar, suratli jurnallar, keyinchalik internet)ning keskin rivoji bunga sabab bo’ldi. Ma’naviy, madaniy tovarlarni ishlab chiqarish industriyasi paydo bo’ldi. Shunday qilib, aholining funksional bilimlarida - ko’tarilish, madaniyatida, ma’naviyatida esa - pasayish ko’zatila boshladi.

Ko’pdan ko’p fikr chiqadi. Keling, birga javob qidiramiz. Jorj Fridman (Toronto): “Ommaviy madaniyat” deganda biz texnik sivilizatsiya sharoitida ommaviy axborot vositalari tomonidan keng ommaga havola etiladigan madaniy iste’mol qadriyatlari yig’indisini tushunamiz” (1962 y.). Bernard Rozenberg (AQSH): “Ommaviy madaniyat”ning asosiy sababi - zamonaviy texnika. Na milliy xarakter, na iqtisodiy, na siyosiy tizim bu masalada hal qiluvchi ahamiyatga ega emas”(1965y.), deydi.

“Ommaviy madaniyat” va uning qadriyatlari keng ommaga qaratilgan. Ular ommaviy texnik targ’ibot vositalari orqali tez, birdaniga tarqatiladi. Ommalashtiriladi. “Ommaviy madaniyat” shunday globallashadi, qabul qilinadi. Bu o’z-o’zidan bo’lmaydi. Muayyan siyosiy, moliyaviy guruhlar tomonidan tashkil qilinadi. Biroq, bizni bu guruhlar oladigan foyda emas, balki madaniy mahsulotlarning g’oyaviy-estetik xususiyati qiziqtiradi. Chunki bu mahsulotlar hayotiy voqelik emas, uning yasamasi, san’at asari emas, balki surrogatdir. Olma emas, uning tulupi, rasmi, maketi.

“Ommaviy madaniyat”ning onasi - Amerika. Zbignev Bjezinskiy bu haqda: “Agar dunyoga huquqni - Rim, parlamentni - Angliya, madaniyatni - Frantsiya bergan bo’lsa, AQSH - fan va texnologik revolyutsiyasi bilan “ommaviy madaniyatni berdi,”- degan edi.

Shundan so’ng odamning fe’li, xulqi ham o’zgardi. Ilgari uning vaqti ko’p edi. Kun tartibini o’zi taqsimlar edi. Ishlab-chiqarish, turmush avtomatlashib, odam “mashinalashib” yashay boshladi. “Mashinalar orasida yashayotgan odam” chuqur o’yga tola olmas, orzular og’ushida yashay olmas ekan. Uning ma’naviyati, sevgisi, kayfiyati, ishqibozligi, muhabbat yoki nafratining mashinalar uchun ahamiyati yo’q ekan. U - falon vaqt oralig’ida falonta standart operatsiyalarni bajarib tursa, bas. Shunday qilib, yangi mashinalar loyihalari haqida xayol surib, suratini chizib, yasagan odam o’zining mashinalar oilasining a’zosi, qismi bo’lib qolganini bilmay qoldi.


Download 302,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish