“TASDIQLAYMAN”
YOBIB direktor o’rinbosari
____________N.U.Xoliqova
1-Mavzu: Yangi O’zbekistonda erkin va g’arovon yashaylik!
(O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yillligiga bag‘ishlanadi.)
XX – asrning 90 - yillariga kelib o‘zbek xalqining azaliy orzusi ro‘yobga chiqdi.O‘zbek xalqi davlat Mustaqilligini qo‘lga kiritdi. Mustaqillik nima?
Mustaqillik - 1. Tazyiqdan, nazoratdan holi bo‘lish, erkinlik. 2. Iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy tobe bo‘lmaslik. O‘zbek tilida mustaqillik atamasi odatda istiqlol (arabcha istiqlol - ko‘tarilish, qaddini rostlash,o‘sish, yuqori mavqiyga erishish ) so‘zi bilan yaqin ma’noda qo‘llaniladi va uzluksizlikni anglatuvchi chuqur, keng qamrovli jarayonni aks ettiradi. Mustaqillik “ixtiyori o‘zida bo‘lgan tobe emaslik, qaram emaslik, o‘zganing yordamisiz va rahnamoligisiz o‘z masalalarini hal qila oladigan, o‘zicha erkin g’ikr yuritib, kun kechira oladigan” ma’nolarini bildiradi.
Mamlakatimiz 1990 – yil 20 – iyunda O‘zbekiston Oliy Kengashining II – sessiyasida “Mustaqillik Deklaratsiyasi” qabul qilgan. Unda o‘zbek xalqi davlatchiligi tarixi, tajribasi, har bir millatning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi asosida respublikamizning davlat mustaqilligi e’lon qilindi. Oliy Kengashning 1991 – yil 31 – avgustda navbatdan tashqari VI – sessiyasida “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida Bayonot” berildi.
1 – sentabr O‘zbekston Respublikasi “Mustaqillik kuni” deb belgilandi. Mustaqillik oson qo‘lga kiritildimi? Oson deb bo‘lmaydi. Qadimgi dunyoda va o‘rta asrdagi bosqinchilarga qarshi chiqqan To‘maris, Shiroq, Spitamen, Muqanna, Mahmud Tarobiy, Jaloliddin Manguberdi, Temur Maliklar kabi Rossiya istibdodiga qarshi xalqimizning o‘g‘lonlari Dukchi Eshon, Namoz Primqulov, kichik va katta Ergash, Madaminbek, Shermuhammadbek va boshqa ko‘plab yurtdoshlarimiz qurolli qarshilik ko‘rsatgan bo‘lsa, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abduraug’ G’itrat, G’ayzulla Xo‘jayev, Abdulla Avloniy, Munavvar Qori Abdurashidxonov, Hamza Hakimzoda, Ishoqxon Ibrat, Sadriddin Ayniy, Abdulqodir Shakuriy singari yurt ilg‘or peshvolarini Vatanimiz ozodligi yo‘lida qilgan ulkan sa’y-harakatlari, millat g’arzandlari ta’limi, tarbiyasini isloh qilish, yaxshilash, uni yuksak zamon talablari darajasiga ko‘tarish borasidagi zahmatlari taqsinga loyiqdir.
O‘lka jadidlarining rahnamosi Mahmudxo‘ja Behbudiyning “haq olunur, berilmas” shiori o‘lka xalqlarini ozodlik uchun muqarrar kurashga da’vat etar edi. Ayniqsa, 1917 – yil Rossiyada g’evral va oktabr inqilobidan so‘ng, Turkistonda istiqlol uchun harakat va chaqiriqlar avj oldi. 1917 – yil “Najot” gazetasining 26 – mart sonida Munavvar Qorining: “Hurriyat berilmas, olunur. Hech narsa ila olib bo‘lmas, Qon va qurbon ilagina olib bo‘lur” degan xitobi jadidlar vatan ozodligi yo‘lida jiddiy kurashga bel bog‘laganligidan dalolat beradi. Ularning orzusi g’aqatgina XX – asrning 90 – yillariga kelib ro‘yobga chiqarildi.
Qo‘lga kiritilgan mustaqillikni ardoqlashimiz, ko‘z qorachig‘iday asrab - avaylashimiz talab etiladi. Ushbu maqsadni xalqimizning ardoqli shoiri Muhammad Yusug’ o‘zining “Xalq bo‘l, elim” she’rida badiiy jihatdan chiroyli va ta’sirli ig’odalagan:
Qadim yurtga qaytsin qadim navolarim,
Qumlar bosib qurimasin daryolarim.
Alpomishga alla aytgan momolarim,
Ruhini shod etay desang – xalq bo‘l elim.
Dunyoga boq, qaddi sendek kim bor yana,
Dovrug‘i ham dardi sendek kim bor yana
Xalq bo‘lishga haddi sendek kim bor yana
Moziyni yod etay desang – xalq bo‘l elim.
Sen tebratgan beshigini sohibqiron,
Sening bolang yulduzlarga qo‘ydi narvon.
Bir mayizni qirqqa bo‘lgan bir tanu - jon
Kunlaringga qaytay desang – xalq bo‘l elim.
Daryo bo‘lib jo‘shgin endi zavqi ulug‘,
Bayramingda sevinch ko‘z yoshingga qulluq,
Yurtim degan jasur yurtboshingga qulluq,
Unga qanot bo‘lay desang – xalq bo‘l elim.
Bo‘lar elning bolalari bir - birin der,
Bo‘lmas elning bolalari bir-birin yer.
Bir bo‘l endi, qadri baland qaddingni ker,
Xalq bo‘l elim, xalq bo‘l, elim, xalq bo‘l, elim.
O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritgach, o‘z kelajagini, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rig’iy siyosatini milliy mang’aatlariga mos mustaqil hal qilish, yangilash vazig’alari turadi. O‘tish davridagi qiyinchiliklarga sabot bilan sabr - toqat qilish har bir g’uqaroning vatan oldida mas’uliyatini talab qildi.Yurtboshimiz Islom Karimov: ”G’arovon turmushga erishishning ham albatta o‘z tosh-torozusi bor. Boshqacha aytganda, odamzod bir narsaga erishmoq uchun ma’lum vaqt huzur-halovatdan voz kechishiga ham to‘g‘ri keladi” deb g’uqarolarni kelajakka yaxshi umid bilan qarashga undagan edi.
Islom Karimov o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari to‘qqizinchi sessiyasida (1992 – yil 4 – yanvar) so‘zlagan dasturiy nutqida hamda 1992 – yil avgust oyida nashr etilgan “O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li” asarida O‘zbekistonning taraqqiyot yo‘lini har tomonlama puxta asoslab berdi. Ushbu asarda xalqchil, adolatli jamiyat qurish bosh maqsad qilib qo‘yildi. Davlatimiz ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari ana shu bosh maqsaddan kelib chiqqan holda belgilandi.
Kelajagi buyuk davlatni g’arovon hayotni amalga oshirishda jamiyatning barcha sohalarini yangilash talab etilar edi. O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘lininshi prinsipiga asoslanadi. (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11 – moddasi)
Qonun chiqaruvchi hokimiyatni parlamentimiz Oliy Majlis amalga oshiradi. 1993 – yil 28 – dekabrda bo‘lib o‘tgan Respublika Oliy Kengashining XIV – sessiyasida “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to‘g‘risida” 1994 – yil 22 – sentabrda bo‘lib o‘tgan XVI – sessiyada “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi to‘g‘risida“ qonunlar qabul qilindi hamda ana shu qonunlar asosida mustaqil O‘zbekistonning parlamenti g’aoliyati yo‘lga qo‘yildi.
1995 – yil 23 – 24 - g’evral kunlari yangi saylangan Birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Prezident Islom Karimov 2000 – yil 25 – may kuni ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikkinchi sessiyasida ikki palatali parlament tuzish g‘oyasini ilgari surdi.
2001 – yil 6 – 7 – dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining yettinchi sessiyasida ikki palatali parlament tuzish masalasi muhokama qilindi va parlamentni ikki palatali qilib tuzush zarur, degan xulosaga kelindi. Ushbu masala yuzasidan 2002 – yil 27 – yanvarda umumxalq reg’erendumi o‘tkazildi. Reg’erendumda ishtirok etgan g’uqarolarning 93,65 g’oizi ikki palatali parlamentni yoqlab ovoz berishgan. Bundan keyin ham O‘zbekiston Respublikasi oliy vakillik organi – parlamentning nomi Oliy Majlis deb atalishi saqlab qolindi. Yuqori palata – Senat, quyi palata – Qonunchilik palatasi deb atalishi bildirildi. Quyi palataga saylov okruglari bo‘yicha ko‘ppartiyaviylik asosida 150 ta deputat saylanadi. Senat 100 senatordan iborat bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |