Hududlar kesimida aksiyadorlik jamiyatlarining soni va ular tomonidan muomalaga chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar49
№
|
Hududlar
|
Aksiyadorlik jamiyatlari
|
Chiqarilgan qimmatli
qog‘ozlar hajmi
|
So ni
|
Jamiga
nisbatan foizda
|
Millia rd so‘m da
|
Jamiga
nisbatan foizda
|
1
|
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi
|
22
|
3,34
|
70,6
|
0,2
|
2
|
Andijon
|
43
|
6,53
|
662,9
|
2,2
|
3
|
Buxoro
|
38
|
5,77
|
124,1
|
0,4
|
4
|
Jizzax
|
18
|
2,73
|
306,8
|
1,0
|
5
|
Qashqadaryo
|
47
|
7,13
|
181,5
|
0,6
|
6
|
Navoiy
|
22
|
3,34
|
833,5
|
2,7
|
7
|
Namangan
|
29
|
4,40
|
151,4
|
0,5
|
8
|
Samarqand
|
32
|
4,86
|
90,8
|
0,3
|
9
|
Surxondaryo
|
23
|
3,49
|
54,4
|
0,2
|
1
0
|
Sirdaryo
|
17
|
2,58
|
172,2
|
0,6
|
1
1
|
Toshkent viloyati.
|
49
|
7,44
|
1110,5
|
3,6
|
1
2
|
Farg‘ona
|
46
|
6,98
|
435,8
|
1,4
|
1
3
|
Xorazm
|
29
|
4,40
|
79,9
|
0,3
|
1
4
|
Toshkent shahri
|
244
|
37,03
|
26189,3
|
86,0
|
JA MI
|
659
|
100,0
|
30463,5
|
100,0
|
Yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, faoliyat ko‘rsatayotgan aksiyadorlik jamiyatlarining 244 tasi, ya’ni 37 foizi Toshkent shahrida joylashgan bo‘lib, ular tomonidan 26189,3 milliard so‘mlik, ya’ni jamiga nisbatan 86 foiz qimmatli qog‘ozlar chiqarilgan. Bu borada eng past ko‘rsatkich Surxondaryo viloyatiga to‘g‘ri keladi.
Korporativ tuzilmalar kapital jalb qilish nuqtai nazaridan investitsiya institutlari, xususan investitsiya va pay fondlari bilan munosabatlarga kirishadi. Bunda “investorlarning pul mablag‘larini jalb etish va ularni investitsiya aktivlariga qo‘yish maqsadida aksiyalar chiqarishni amalga oshiruvchi yuridik shaxs – aksiyadorlik jamiyati investitsiya fondidir”50.Keltirilayotgan ta’rifdan ham ko‘rishimiz mumkinki, investitsiya fondlari bevosita qimmatli qog‘ozlar bozorida faoliyat ko‘rsatadi va korporativ qimmatli qog‘ozlar bilan ham operatsiyalarga kirishadi.
Milliy qonunchiligimizga ko‘ra,“aksiyadorlik jamiyatlari, banklar va boshqa kredit tashkilotlari, sug‘urta tashkilotlari, investitsiya fondlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mablag‘larini jamlab turuvchi boshqa fondlar hamda ularning investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilar, manbalari yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari bo‘lmish xayriya fondlari va boshqa
ijtimoiy fondlar, mablag‘larining hosil bo‘lish manbalari qonun hujjatlarida
49 Қимматли қоғозлар марказий депозитарийси маълумотлари асосида тузилди.
50 O‘zbekiston Respublikasi “Investitsiya va pay fondlari to‘g‘risida”gi Qonuni, 3-modda.
nazarda tutilgan, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qilinadigan majburiy ajratmalar bo‘lmish byudjetdan tashqari fondlar, ustav fondida davlatga tegishli ulush bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va davlat unitar korxonalari, fond va tovar birjalari har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi kerak”51. Shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda ixtiyoriylik asosida ham auditorlik tekshiruvi jalb qilinishi mumkin. Bundan ko‘rinib turibdiki, korporativ tuzilmalar o‘z faoliyati davomida auditorlik tashkilotlari bilan moliyaviy munosabatlarga kirishishga majbur. Ayrim moliyaviy qarorlarni qabul qilishda auditorlik xulosasi talab etilishi ham korporativ tuzilmalar va auditorlik tashkilotlarining o‘zaro hamkorligiga xizmat qiladi.
Xaridorlar va mol etkazib beruvchilar bilan moliyaviy munosabatlar o‘z- o‘zidan muntazam amalga oshirib borilishi bilan xarakterli. Chunki belgilab olingan faoliyatni amalga oshirish orqali qo‘yilgan maqsadga erishish, ya’ni foydani maksimallashtirish uchun xaridorlar va mol etkazib beruvchilar bilan moliyaviy munosabatlar tashkil etilishi talab etiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida aktivlar bahosi bevosita talab va taklif asosida shakllanadi. Shuningdek ma’lum bir holatlarda aktivlarning bozor bahosini aniqlash baholash tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Korporativ tuzilmalar o‘z faoliyatlari davomida ma’lum bir moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish uchun baholash tashkilotlari xizmatlaridan foydalanishlariga to‘g‘ri keladi. Qo‘shimcha ravishda qonunchilik talablari asosida baholash tashkilotlari xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha majburiy holatlar ham mavjud. “Garov to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra, “Garov narsasini baholash garovga qo‘yuvchi bilan garovga oluvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra yoki baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq garov narsasini baholashdan o‘tkazish orqali amalga oshiriladi”52. Baholash to‘g‘risidagi qonunchilikka ko‘ra, “Baholashni o‘tkazishni davlatga to‘la yoki umumiy mulk huquqida qisman qarashli baholash ob’ektlari bitim tuzishga jalb etilgan taqdirda, shu jumladan: baholash ob’ektlarini davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish, ishonchli boshqaruvga topshirish yoki ijaraga berish maqsadida ularning qiymati aniqlanayotganda;baholash ob’ektlaridan garov narsasi sifatida foydalanayotganda;baholash ob’ektlari sotilayotganda yoki o‘zga shaxsga boshqacha tarzda o‘tkazilayotganda;baholash ob’ektlari bilan bog‘liq qarz majburiyatlaridan boshqaning foydasiga voz kechilayotganda;baholash ob’ektlari yuridik shaxslarning ustav fondlariga ulush tariqasida berilayotganda majburiydir.
Baholash o‘tkazish baholash ob’ektining qiymati to‘g‘risida nizo chiqqan taqdirda ham, shu jumladanmol-mulk natsionalizatsiya qilinayotganda; ipoteka krediti berilayotganda; taraflardan birining talabiga binoan er-xotinning mol-mulki bo‘linayotganda; mol-mulk mulkdorlaridan davlat ehtiyojlari uchun sotib olinayotgan yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqacha tarzda olib qo‘yilayotganda; soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘g‘ri to‘lanishi ustidan nazorat o‘tkazilayotganda majburiydir”53, deb belgilab qo‘yilgan.
51O‘zbekiston Respublikasi “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni, 10-modda.
52O‘zbekiston Respublikasi “Garov to‘g‘risida”gi Qonuni, 10-modda.
53O‘zbekiston Respublikasi “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni, 11-modda.
Yuqoridagilar asosida ta’kidlash mumkinki, korporativ tuzilmalar bank kreditlarini jalb qilish jarayonida garov ta’minotini baholash yuzasidan baholovchilarga bevosita murojaat qiladi. Umuman baholovchilar faoliyati nafaqat garovni baholash, balki qimmatli qog‘ozlarni baholash, biznesni baholash va hokazolarda ham namoyon bo‘ladi.
Lizing kompaniyalari bilan moliyaviy munosabatlarning tashkil etilishi natijasida korporativ tuzilmalar o‘z faoliyatlariga yangi texnologiyalar, asosiy vositalar jalb qilishlari mumkin. Korporativ tuzilmalarning asosiy vositalar sotib olish imkoniyati cheklangan sharoitda lizing xizmatlaridan foydalanish nisbatan samarali bo‘lishi mumkin.
Soliq maslahatchilari bilan munosabatlarda esa soliq imtiyozlaridan samarali foydalanish, soliqlarni rejalashtirish, soliq xatoliklarini bartaraf etish va hokazolarga e’tibor qaratiladi. Bu haqda to‘rtinchi bobda atroflicha to‘xtalib o‘tamiz.
Shuningdek, korporativ tuzilmalar konsalting firmalari, yuridik xizmatlar ko‘rsatuvchi sub’ektlar, ilmiy tadqiqot muassasalari, birjalar va boshqa ijtimoiy hamda bozor infratuzilmalari sub’ektlari bilan ham moliyaviy munosabatlarga kirishishlari mumkin.
Bugungi kunda korporativ moliyaviy munosabatlarda birlashishlar va qo‘shib olishlar operatsiyalari xalqaro miqyosda keng qo‘llanilib kelinayotgan amaliyotlardan biri ekanligidan kelib chiqqan holda mazkur masalaga e’tibor qaratish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.
Korporativ moliyaviy taraqqiyotda har qanday korporativ tuzilma rivojlanish strategiyasini belgilashda o‘z tashkiliy tuzilmasi doirasida yoki boshqa mustaqil iqtisodiy sub’ektlar bilan birlashish orqali rivojlanishga e’tibor qaratadi. Shu boisdan korporativ birlashishlar va qo‘shib olishlar bugungi kunda korporativ moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismiga aylanib ulgurdi. Bunda bir kompaniya tomonidan boshqa bir kompaniya ustidan nazorat o‘rnatilishi natijasi hisoblangan qo‘shib olish operatsiyalari, shuningdek ikki yoki undan ortiq kompaniya yanada yirikroq kompaniyani tashkil etish maqsadida o‘zaro birlashishlari hisobiga yangi kompaniyalar faoliyati tashkil etilishi kabilarni alohida qayd etib o‘tishimiz mumkin. Birlashish va qo‘shib olish bitimlari orqali yangi biznesni tashkil etishdan asosiy maqsad biznesga qo‘shimcha elementlarni birlashtirish va integratsiyalash hisobiga kompaniyaning strategik ustunligini ta’minlashdan iborat. Moliyaviy jihatdan yuqori salohiyatga ega kompaniyalar bozorda yanada raqobatbardosh bo‘lgan kompaniyani tashkil etish maqsadida nisbatan kuchsiz bo‘lgan kompaniyalarni o‘ziga qo‘shib olishga harakat qiladi. Shuningdek, moliyaviy jihatdan o‘zaro teng kuchga ega kompaniyalar bozorda o‘z ulushini ko‘paytirish yoki o‘z samaradorligini oshirish maqsadida o‘zaro birlashadilar. Keltirib o‘tilayotgan ustunlik jihatlar tufayli qo‘shib olinuvchi kompaniyalar ko‘p hollarda o‘zlarini boshqa kompaniyalar xarid qilish usuli orqali qo‘shib olishlariga rozi bo‘ladi. Chunki, ular keskin raqobat muhitida o‘zlarining mustaqil ravishda jon saqlab qola olishlariga ko‘zlari etmaydi. Korporativ birlashish va qo‘shib olish operatsiyalari aniq hisob-kitoblarga qat’iy ravishda
asoslanishini ham unutmaslik lozim. Chunki bunday operatsiyalar muvaffaqiyatsizlikka yuz tutishi natijasida biznesning tugatilish holatlari ham ko‘p uchraydi.
Korporativ tuzilma pul mablag‘laridan samarali foydalanish maqsadida turli maqsadli fondlarni shakllantiradi. Har bir pul fondining o‘z maqsad va vazifalari belgilanadi. Pul fondlarini shakllantirish orqali korporativ tuzilma o‘z faoliyatini kerakli mablag‘lar bilan ta’minlashga intiladi,faoliyatini kengaytirib boradi; pul oqimlari harakatini ishlab chiqarish uzluksizligiga qaratadi; ilmiy texnika jarayonini moliyalashtiradi; yangi texnikani o‘zlashtiradi va joriy etadi; sub’ektlarni iqtisodiy rag‘batlantiradi; byudjet, bank va hokazolar bilan hisob- kitoblarni amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |