«tasdiqlayman»


Korporativ moliyani boshqarishning tashkiliy xususiyatlari va kontseptsiyalari



Download 1,32 Mb.
bet90/174
Sana05.01.2022
Hajmi1,32 Mb.
#317372
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   174
Bog'liq
Ro`yxatga olindi № (1)-конвертирован

Korporativ moliyani boshqarishning tashkiliy xususiyatlari va kontseptsiyalari


Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul oqimlari har qanday korxonada boshqaruv ob’ekti hisoblanadi hamda har bir moliyaviy qaror pul oqimlari harakati bilan bevosita yoki bilvosita bog‘liq holda qabul qilinishini ta’kidlashimiz lozim. Shundan kelib chiqqan holda aksariyat boshqaruvchilar o‘z funktsional vazifalarini amalga oshirish jarayonida moliya xizmati bilan o‘zaro hamkorlik asosida faoliyatlarini tashkil etadi. Bu bog‘liqlik bugungi kunda har bir boshqaruvchidan korporativ moliyani boshqarish asoslari haqida chuqur bilimga ega bo‘lishni, korporativ tuzilma oldida turgan muammolarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida anglashni hamda o‘z faoliyatini yuqoridagilardan kelib chiqqan holda tashkil etishni talab etadi.

Yuqorida qayd etib o‘tilganidek, hozirgi kunda moliyaviy resurslarni boshqarish har bir korporativ tuzilma oldida turgan eng asosiy va strategik vazifalardan biri hisoblanadi. Bu yo‘nalishning korporativ moliyani boshqarish tizimida strategik ahamiyatga egaligi moliyaviy resurslar va boshqa resurslar (moddiy resurslar, mehnat resurslari va boshqalar)ni jalb qilishning o‘zaro bog‘liqligi bilan izohlanadi. Bunday o‘zaro bog‘liqlikning qo‘yilgan maqsadga muvofiq va samarali tashkil etilishi ko‘p jihatdan korporativ tuzilma moliyaviy barqarorligini belgilab beradi, shuningdek faoliyatdan manfaatdor bo‘lgan mulkdorlar, xodimlar, kontragentlar, davlat va jamiyat moddiy farovonligi o‘sishiga xizmat qilishini alohida ta’kidlashimiz lozim.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy resurslarning muhim ahamiyatga egaligi ularni boshqarish bo‘yicha mustaqil faoliyat sohasi sifatida korporativ moliyani boshqarish tizimini tashkil etishni shart qilib qo‘yadi.

Korporativ moliyani boshqarishni amaliy nuqtai nazardan korporativ tuzilma pul mablag‘larini va ularning manbalarini boshqarish tizimi sifatida ko‘rib chiqish mumkin.

Har qanday boshqarish tizimi kabi korporativ moliyani boshqarish ham o‘zining ob’ektiga va sub’ektiga ega hisoblanadi. Bunda pul mablag‘lari va ularning manbalari, shuningdek korporativ tuzilmalar, xo‘jalik faoliyatining boshqa ishtirokchilari, moliya tizimining turli bo‘g‘inlari o‘rtasida yuzaga

keladigan moliyaviy munosabatlar boshqarish ob’ekti hisoblanadi. Mulkdorlar, moliyaviy menejerlar, mos tashkiliy tuzilmalar va xizmatlar korporativ moliyani boshqarish tizimida boshqarish sub’ektlari sifatida yuzaga chiqadi. Bunda eng asosiy boshqaruv sub’ekti korporativ tuzilma mulkdorlari, xususan aksiyadorlik jamiyatlarida aksiyadorlardir.

Korporativ moliyani boshqarishning samarali amal qilishida huquqiy, tashkiliy, metodik, axborot, texnik, dasturiy ta’minotlarga va eng asosiysi kadrlar ta’minoti muhim hisoblanadi. Ularning har biri xususida quyida to‘xtalib o‘tamiz.

Iqtisodiyotda har qanday boshqaruv tizimining, xususan korporativ moliyani boshqarish tizimining faoliyat yuritishi amaldagi huquqiy ta’minot doirasida amalga oshiriladi. Bunda huquqiy ta’minotga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Kodekslari, qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, hukumat qarorlari, vazirlik va tarmoqlarning me’yoriy hujjatlari, litsenziyalar, shuningdek aniq bir korporativ tuzilmaning ish faoliyatini tartibga soluvchi ta’sis hujjatlari, nizomlar va yo‘riqnomalar kiradi. Bunda moliyaviy qonunchilikdan, xususan soliq qonunchiligidano‘z vaqtida xabardor bo‘lish moliyaviy qarorlar qabul qilishda va majburiyatlarni bajarishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Korporativ moliyani boshqarish tizimining samarali ishlashi tashkiliy ta’minotga ham bog‘liq bo‘lib, bunda boshqaruvning tashkiliy mexanizmi, shuningdek tegishli xizmat, bo‘linma va alohida mutaxassislarning funktsiya va vazifalari doirasi nazarda tutiladi. Shu o‘rinda soliqlar bo‘yicha mas’ul bo‘linmalarning faoliyat yuritishi bir tomondan majburiyatlarga o‘z vaqtida e’tibor qaratish imkonini bersa, boshqa tomondan qo‘shimcha xarajatlarga ham olib keladi.

Korporativ moliyani boshqarishning metodik ta’minoti asosini moliyaviy resurslarni samarali boshqarishga qaratilgan umumiqtisodiy, analitik va maxsus usullar, metodlar va modellar majmuasi tashkil etadi.

Korporativ moliyani boshqarish tizimining markaziy bo‘g‘ini kadrlar ta’minoti hisoblanadi. Bunda moliyaviy menejerlar, menejerlar va boshqalar moliyaviy resurslarni maqsadli boshqarish yuzasidan maxsus usullar, metodlar va instrumentlardan keng foydalanadilar.

Moliyaviy qarorlar qabul qilish boshqaruvchilarning zarur axborotlar ta’minlanish darajasiga beovosita bog‘liq. Bunday axborotlarning o‘z vaqtida olinishi, to‘liqligi, aniqligi va ishonchliligi hozirgi kun biznes muvaffaqiyatiga xizmat qiluvchi eng asosiy omillardan biri hisoblanadi. Yuqoridagilar asosida ta’kidlashimiz mumkinki, korporativ moliyani boshqarish tizimining muhim va ajralmas elementi biznesning axborot ta’minotidir.

Korporativ moliyani boshqarishda keng ma’noda axborot ta’minotiga moliyaviy qarorlarni qabul qilish jarayonida foydalaniladigan har qanday axborotni kiritish mumkin. Bunda foydalaniladigan axborotlar shakllanish manbalaridan kelib chiqqan holda ichki va tashqi axborotlarga bo‘linadi. Ichki axborotlar korporativ tuzilma faoliyat yuritishi jarayonida uning turli bo‘linmalari buxgalteriya, rejalashtirish, ishlab chiqarish bo‘limi, investitsiya, moddiy-texnik

ta’minot, savdo, marketing va boshqalardan olinadigan axborotlarni o‘z ichiga oladi. Bunday axborotlar korporativ tuzilma ichida yuzaga kelishi, amal qilishi va foydalanilishi sababli moliyaviy menejerga ulardan doimiy ravishda to‘liq va batafsil tarzda foydalanish imkoniyati taqdim etilishi lozim. Axborotlarning miqdori, shakli, qamrov va batafsillik darajasi hamda olinish davriyligi aniq bir korporativ tuzilma ish faoliyatini tartibga soluvchi tegishli nizom va yo‘riqnomalar asosida belgilanadi. Bugungi kunda mamlakatimizdagi aksiyadorlik jamiyatlarida ichki axborotlar va ulardan foydalanish bo‘yicha “Axborot siyosati to‘g‘risida” Nizom amal qilib kelayotganligini ham shu o‘rinda ta’kidlashimiz lozim.

Fikrimizcha, ichki axborotlar moliyaviy boshqaruv uchun so‘zsiz muhim bo‘lgan bir paytda bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik ob’ektining samarali va muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi ko‘p jihatdan ularning tashqi muhitga moslashuvchanlik qobiliyati bilan ham belgilanadi. Bunda bozor kon’yukturasi, mol etkazib beruvchilar, xaridorlar, raqobatchilar, foiz stavkalari, soliq stavkalari (umuman soliqlar bo‘yicha), makroiqtisodiy indikatorlar, qimmatli qog‘ozlar kotirovkalari, moliyaviy qonunchilikdagi o‘zgarishlar haqidagi ma’lumotlar moliyaviy menejer faoliyati uchun axborotga bo‘lgan talabda sezilarli darajada yuqori ulushga egaligini ham qayd etib o‘tishimiz lozim.

Bunday axborotlarni olishning qulayligi, ob’ektivligi va o‘z vaqtida amalga oshirilishi mavjud axborot bozori va uning infratuzilmasi rivojlanish darajasiga, shuningdek foydalaniladigan texnik ta’minot va moliyaviy menejerlarning axborot texnologiyalari sohasidagi kasbiy tayyorgarlik holatiga ham bog‘liqdir.

Korporativ moliyani boshqarishning texnik ta’minotini axborotlarni yig‘ish, uzatish va qayta ishlash jarayonini maksimal darajada to‘g‘ri tashkil etish va optimallashtirish imkonini beruvchi zamonaviy hisoblash va telekommunikatsion texnika vositalari tashkil etadi. Bunda dasturiy ta’minot orqali korporativ tuzilma texnik majmuasining faoliyat yuritishi, kompyuterlardan foydalanuvchilar o‘zaro aloqasi va funktsional masalalarni hal qilish ta’minlanadi. Soliqlar bo‘yicha dasturiy ta’minotlarning mukammalligi esa ish jarayoni samaradorligini yanada oshiradi.

Faoliyat ko‘lami, mulkchilik shakllari, rivojlanish bosqichlari va faoliyat turlariga bevosita bog‘liq holda korporativ moliyani boshqarish tizimi etarli darajada murakkab tuzilmaga ega bo‘lishi mumkin.




Download 1,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish