NUQTALI VERGUL
Nuqtali vergul quyidagi o'rinlarda qo'llanadi:
I. O'z ichida vergul bo'lgan yopiq yushiq bo'laklar orasida:
a) Mchnat, ijod, odam sharafi; Dil yorug'l, hayot quvonchi - Hammasini asli, manvai - Sen, Vatanim - tinchlik tayanchi.
b) Qo'nonboy yonida bir gali xushomadgo'ylari; Irgizboylardan Moybosar, Jaqib, Iziqutlilardek qarindoshlari, bu kunlarda Qo'nanboy tarafdori bo'lib yurgan Juontayoq, Qorabotir, To'pay, To'rg'ay ellarining oqsoqol - qorasoqollari bor.
2. O'z ichida verguli bo'lgan, mazmunan ma'lum darajada mustaqillikka ega soda gapplar orasida hamda har xil turdagi gaplarni o'z ichiga olgan qo'shma gaplarda:
a) Zununxo'ja, Siddiqjonning tarafini olgan bo'lib, kampirga qarab kovush otdi; Siddiqjonga nimadir demoqchi bolib og'iz ochgan qizini bir tarsaki urdi; so'ngra Siddiqjondan o'pkalab, mayin tovush bilan gap boshladi. Ishchi qozoq bir - ikki qum xonasining bu yog'idan u yog'iga, u yog'idan bu yog'iga o'tdi, ammo izdan nishon yo'q edi; eski izlar nari tursin, hatto qozoq o'z izini ham topolmas edi; har bosilgan qadara orni, suvga bosilgandek, oyoq ko'tarilgan hamon, ko'milar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |