QO 'SHTIRNOQ.
Qo'shtirnoq quyidagi o'rinlarda qo'yiladi:
1. Ko'chirma gaplarni ajratib ko'rsatish uchun:
‘O'rtoq Ahmedov, - dedi O'rmonjon, - ertaga vayram oldi majlisimiz bo'ladi’.
2. Ayrim so'z va so'z birikmalari ham qo'shtirnoqqa olinishi mumkin. Qo'shtirnoqqa olingan bu xil so'zlar ko'chma ma’noda yoki kinoya ma'nosida qo'llanishi, shartli nom yoki taxallus bo'lishi mumkin: a). Metallurglar to'pni yana ‘dushman’ darvozsiga qarab haydab ko’dilar. b). Odamlar noiloj ‘xosiyatli’ giyoh tomiridan voz kechdilar. v). Telefonistka (suyunib): ‘To'rtinchi!’ ‘To'rtinchi!’, ‘Yigirma’ ga quloq sol!.. ‘Qahramon’ jamoasi paxta rejasini vajardi.
ESLATMA. Agar qo'shtirnoqqa olinishi zarur bo'lgan so'z turlovchi qo’shimchaga ega bo'lsa, bu qo’shimchalar qo'shtirnoqdan keyin qo'yiladi: ... erining ‘kirdikori’ dan xavardor bo'lganday o'smoqchiladi Shakarxon.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |