Bog'liq MAJMUA FIZIKA TO\'PLAM 5555 ЯНГИ — копия Восстановлен
Induksion elektr maydon. Elektr toki - bu elektronlarning о‘tkazgich bо‘ylab elektr maydoni vujudga keltirgan tartibli harakati ekanini siz endi bilasiz. Binobarin, induksion tok ham elektr maydon ta’sirida vujudga keladi. Induksion tokni vujudga keltiruvchi elektr maydon induksion elektr maydon nomini oldi.
Induksion tokning kuchlanishi nimaga vaqanday bog‘liq ekanini aniqlaymiz. Omqonuniga kо‘ra tok kuchi kuchlanishga proporsional I~U. Bundan U~I. Demak, induksion maydonning kuchlanishi haqida induksion tokning kuchigaqarab fikr yuritish mumkin. Induksion elektr maydonning kuchianishi nimaga va qanday bog‘liq ekanini aniqlash uchun bir qator tajribalar о‘tkazamiz.
tajriba. G‘altakka ayni bir doimiy magnitni (99- rasm) turlicha tezliklarda kiritamiz. Bunda magnit tez harakatlanganda sekin harakatlanganidagiga qaraganda kuchliroq tok hosil qilishini kо‘ramiz. О‘ylab kо‘raylikchi, magnitning harakat tezligi о‘zgarishi bilan nima о‘zgaradi? Magnit kichikroq tezlik bilan harakatlanganda g‘altakni kesib о‘tayotgan magnit maydon sekinroq о‘zgaradi, tez harakatlanganda esa - tez о‘zgaradi. Induksion tokning kuchi, binobarin, induksion elektr maydonining kuchlanishi ham g‘altakni kesib о‘tuvchi magnit maydonning о‘zgarish tezligiga proporsional deb farazqilish mumkin.
tajriba. Aytilgan farazni tekshirib kо‘rish uchun 101- rasmda tasvirlangan qurilmani yana yig‘amiz. Elektromagnit g‘altagidan о‘tuvchi tok kuchini sekin о‘zgartirib, induksion tok kuchi kichik ekanini sezamiz. Elektromagnit g‘altagini ta’minlovchi tok kuchini tez о‘zgartirganda induksion tok kuchi katta bо‘ladi. Elektromagnitning magnit maydoni elektromagnit chulg‘ami orqali о‘tadigan tok kuchiga bog‘liq bо‘lgani uchun tajriba natijalari induksion elektr maydon kuchlanishig‘altakni kesib о‘tuvchi magnit maydonning о‘zgarish tezligiga proporsional ekanligi haqidagi farazimizni tasdiqlaydi.
tajriba. Birinchi tajribani takrorlaymiz. Galvanometr strelkasining qanchaga og‘ganini eslab qolib, L2 g‘altakni о‘ramlar soni ancha kam bо‘lgan boshqa g‘altak bilan almashtiramiz. Tajribani takrorlab, bu holda induksion tok kuchi, binobarin, induksion elektr maydon kuchlanishi ham о‘ramlar soniga bog‘liq ekanini kо‘ramiz. Magnit maydon о‘zgarishining ayni bir tezligida induksion elektr maydon kuchlanishi g‘altakdagi о‘ramlar soniga bog‘liq bо‘ladi deb faraz qilish mumkin.
Bu farazni tekshirish uchun L2 g‘altakni о‘ramlari soni yanada kam bо‘lgan uchinchi g‘altak bilan almashtiramiz. Tajribani takrorlab, bizning farazimiz tо‘g‘ri chiqqanini kо‘ramiz. Shundayqilib: induksion elektr maydon kuchlanishi g‘altakni kesib о‘tayotgan magnit maydonning о‘zgarish tezligiga va g‘altakning о‘ramlari soniga bog‘liq ekan.
Elektromagnit induksiya hodisasi hozirgi zamon fizikasi va texnikasining eng muhim hodisalaridan biri bо‘lib, u Faradey tomonidan 1831 yilda ochilgan. Faradey о‘tkazgan tajribalaridan birida temir halqa olib, unga kо‘p о‘ramlardan iborat bо‘lgan ikkita mis chо‘lg‘am о‘radi: 1 - chо‘lg‘am uchlariga tok manbai bilan K kalit ulangan bо‘lib, ikkinchisiga galvanometr ulangan (66-rasm).