Tasdiqlayman“ Urganch davlat universiteti


Mavzu yuzasidan topshiriqlar



Download 213,57 Kb.
bet7/91
Sana31.12.2021
Hajmi213,57 Kb.
#213823
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   91
Bog'liq
O`TSQ MAJMUA

Mavzu yuzasidan topshiriqlar:  

1. Sohaga oid umumiy atamalarning boyib boorish usullarini ko‘rsating

2. Sohaga oid xususiy atamalarning yasalish usullarini aniqlang.

3-AMALIY MASHG‘ULOT

O‘ZBEK TILINING ASOSIY IMLO QOIDALARI. O‘ZBEK ADABIY TILI UNLI VA UNDOSH HARFLARI IMLOSI: KASBIY SOHAGA DOIR MATNLAR TANLANIB, UNLI VA UNDOSH HARFLARNING TO‘G‘RI YOZILISHI USTIDA AMALLAR BAJARISH. O‘ ZBEK TILINING SPETSIFIK NUTQ TOVUSHLARI. O‘ ZBEK TILIDA FONETIK TOVUSH O‘ZGARISHLARI.

1.Nutq tovushlarining kombinator o’zgarishlari: 1) Assimilyatsiya; 2) dissimilyatsiya; 3) metateza.



2. Nutq tovushlarining pozitsion o’zgarishlari: 1) Reduktsiya; 2) eliziya; 3) apakona; 4) proteza; 5) epenteza; 6) epiteza.

Assimilyatsiya 2 xil bo’ladi: 1) to’liq assimilyatsiya; 2) to’liqsiz assimilyatsiya. So’z tarkibidagi bir tovushning ikkinchi bir tovushni aynan o’zi kabi tovushga aylantirishi to’liq assimilyatsiyadir: chiq+gach=chiqqach, et+di=etti (yozilishi: etdi), ish+ni=ishshi (yozilishi: ishni), biz+ni=bizzi (yozilishi: bizni). So’z tarkibidagi bir tovushning ikkinchi bir tovushni qisman o’ziga o’xshatib olishi to’liqsiz assimilyatsiya bo’ladi: shosh+di=shoshti, bosh+da=boshta, oqshom-ohshom (yozilishi: shoshdi, boshda, oqshom). Assimilyatsiya yana progressiv va regressiv bo’ladi. Progressiv assimilyatsiyada oldingi tovush o’zidan keyingi tovushni o’ziga o’xshatib oladi: terak+ga=terakka, ariq+ga=ariqqa, qish+da=qishta (yozilishi: qishda). Regressiv assimilyatsiyada keyingi tovush o’zidan oldingi tovushni o’ziga o’xshatadi: nonvoyqnovvoy, shanba-shamba (yozilishi: shanba) bir+ta=bitta. Dissimilyatsiya (noo’xshashlik) hodisasi assimilyatsiyaning teskarisidir. Bu hodisaga ko’ra ikki aynan yoki qisman o’xshash tovushdan biri o’zgarib, noo’xshash tovushga aylanib qoladi. Masalan, zarur>zaril, koridor>kalidor, nodon>lodon, bebosh>bevosh kabi. So’z tarkibidagi ayrim tovushlarning talaffuzda o’rin almashuviga metateza deyiladi, masalan, daryo (daryo) – dayro, ahvol-avhol (hv>vh) tuproq-turpoq (pr>rp), yomg’ir-yog’mir (mg’>g’m). Tovushlarning so’zdagi o’rni bilan bog’liq holda yuz beradigan o’zgarishi pozitsion o’zgarish deyiladi. Tovushlarning so’z tarkibidagi o’rni uning pozitsiyasini tashkil qiladi. Tovushning so’zdagi o’rni, mavqei turlicha bo’ladi, u so’zning boshida, oxirida, urg’uli yoki urg’usiz bo’g’inda kelishi mumkin. SHularga ko’ra tovushlar turlicha o’zgaradi. Masalan, b, d undoshi so’z oxirida kelib, jarangsiz talaffuz qilinadi: maktab-maktap, kitob-kitop, ozod-ozot, avlod-avlot avlod avlot (yozilishi: maktab, kitob, ozod, avlod). Ruscha-baynalminal so’zlarning urg’usiz bo’g’inida o tovushi a yoki i tarzida aytiladi: oktyabr’, noyabr’, direktor, rektor so’zlari aktyabr’, nayabr’, direktir, rektir kabi talaffuz qilinadi va h.k. Tovushlarning pozitsion o’zgarishlariga asosan, quyidagi hodisalar kiradi: reduktsiya, eliziya, apakopa, proteza, epenteza, epiteza va boshqalar. Reduktsiya hodisasiga ko’ra, ayrim so’zlardagi i, u unlilari kuchsizlanib, qisqa talaffuz qilinadi. Masalan, bil, bir, til, tun, kun kabi bir bo’g’inli so’zlarda kishi, bilan, bilak, tirak, burun kabi ko’p bo’g’inli so’zlarning birinchi bo’g’inlarida i, u unlilari kuchsizlanib, qisqa aytiladi. Eliziyaga ko’ra so’z tarkibidagi tovush tushib qoladi: sing+lim=singlim, burun+i=burni, bora+olmadi=borolmadi, kelar+ekan=kelarkan kabi. So’z oxirida unli yoki undosh tovushning tushib qolishi apakona hodisasiga olib keladi. Masalan: do’st-do’s, Toshkent-Toshkan, farzand-farzan, gazeta-gazet (yozilishi: do’st, Toshkent, farzand, gazeta). Protezada so’z boshida bitta unli orttiriladi. Masalan: stol-ustol, stul-ustul, shkaf-ishkop. Epenteza hodisasiga binoan so’z boshida, o’rtasida, oxirida ikki undosh qator kelganda, ular orasida i, ba’zan u va a unlisi orttiriladi: fikr-fikir, hukm-hukum, dokladdakalat, traktor-tiraktir. Epitezaga ko’ra so’z oxirida kelgan ikki undoshdan so’ng a unlisi orttiriladi: kiosk-kioska, otpusk-otpuska, tank-tanka.


Download 213,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish