7-§. Hokim yordamchisi faoliyatini tashkil etish
35. Hokim yordamchisi lavozimiga Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni
qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, tijorat banklari,
iqtisodiy va investitsiya komplekslariga kiruvchi boshqa idoralar, ularning hududiy
boʻlinmalarida boʻlim (shoʻ’ba) boshligʻidan past boʻlmagan lavozimda ishlovchi
rahbar xodimlar, shuningdek, mahalliy hokimliklarning rahbar xodimlari
tayinlanadi.
nomzodlarning intiluvchanligi, maqsadga yoʻnalganligi, qobiliyati, tajribasi
kabi xususiyatlarini inobatga olgan holda tadbirkorlar, boshqa soha vakillari, faol
yoshlar, rahbarlik lavozimida faoliyat yuritmayotgan xodimlar va oliy ma’lumotga
ega boʻlmagan fuqarolar ham ishga qabul qilinishi mumkin.
36. Hokim yordamchisi lavozimiga nomzodlar tegishli tuman (shahar)
hokimlari boshchiligidagi tanlov komissiyalari orqali ochiq tanlovlar asosida ishga
qabul qilinadi.
Tanlov komissiyasi ushbu Nizomga ilovada keltirilgan namunaviy tarkib
asosida tuziladi.
37. Hokim yordamchisi tuman (shahar) hokimlari tavsiyasiga asosan
Oʻzbekiston Respubdikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish
agentligi bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
38. Hokim yordamchisi Markazga boʻysunadi, bir vaqtning oʻzida uning
faoliyati tuman (shahar) hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni
qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari tomonidan muvofiqlashtiriladi.
39. Hokim yordamchisining ish haqi miqdori uning biriktirilgan mahalladagi
xonadonlar soniga qarab quyidagicha belgilanadi:
xonadonlar soni 500 tagacha boʻlgan mahallada – mehnatga haq toʻlashning
eng kam miqdorining 6 baravari miqdorida;
xonadonlar soni 501 tadan 1 000 tagacha boʻlgan mahallada – mehnatga haq
toʻlashning eng kam miqdorining 6,5 baravari miqdorida;
xonadonlar soni 1 000 tadan ortiq boʻlgan mahallada – mehnatga haq
toʻlashning eng kam miqdorining 7 baravari miqdorida.
40. Hokim yordamchilariga toʻlanadigan oʻrtacha oylik ish haqi miqdori
nomzodning ushbu lavozimga ishga qabul qilingunga qadar avvalgi ish joyi
boʻyicha oʻrtacha oylik ish haqi miqdoridan kam boʻlgan taqdirda etishmagan
qismi, shuningdek, Hokim yordamchilari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash
jamgʻarmasi hisobidan kompensatsiya qilib boriladi.
Boshqa hududlardan kelib ishlayotgan Hokim yordamchisi uchun bazaviy
hisoblash miqdorining ikki baravarigacha turar joy ijara toʻlovi Hokim
yordamchilari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan qoplab
beriladi.
41. Hokim yordamchisi faoliyati doimiy monitoring qilib boriladi hamda
faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlaridan kelib chiqib, har chorakda oylik
maoshining 50 foizigacha miqdorida mukofotlanadi.
42. Hokim yordamchisi mahalliy ijroiya hokimiyati tomonidan kerakli mebel
bilan jihozlangan alohida xona, Internet tarmogʻiga ulangan kompyuter jamlamasi
va planshet bilan ta’minlanadi.
43. Faoliyati davomida yuqori samaradorlik koʻrsatkichlariga erishgan Hokim
yordamchisi “Yangi Oʻzbekiston islohotchisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlanadi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
44. Markazlar faoliyati qonunchilikda belgilangan tartibda tuman (shahar)
hokimligi tomonidan qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
45. Hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish boʻyicha viloyat komissyasi
ushbu Nizom talablariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boradi.
46. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik
hujjatlariga muvofiq javob beradilar.