2-§. Hokim yordamchisining huquqi va majburiyatlari
21. Hokim yordamchisi oʻziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun
quyidagi huquqlarga ega:
oʻz vakolatiga kiradigan masalalarni hal qilish uchun tuman (shahar)
hokimligining tarkibiy boʻlinmalari, mahalla fuqarolar yigʻini, davlat hamda
nodavlat tashkilotlaridan ma’lumotni qoida tariqasida Markaz orqali, operativlikni
talab etadigan holatlarda toʻgʻridan-toʻgʻri soʻrash va olish;
davlat organlari va boshqa tashkilotlarga oʻz faoliyatiga doir masalalar
yuzasidan takliflar kiritadi va ularning koʻrib chiqilishida ishtirok etadi;
oʻz vakolati doirasida seminarlar, koʻrgazmalar, yarmarkalar oʻtkazish,
shuningdek, boshqalar tomonidan tashkil etilgan shunday tadbirlarda ishtirok etish;
tadbirkorlik faoliyatiga toʻsiq boʻlayotgan korxona, tashkilot va tijorat
banklariga nisbatan chora koʻrish yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlariga
taqdimnoma kiritish;
oʻziga yuklangan vazifalar va faoliyat yoʻnalishlarining bajarilishi bilan
bogʻliq boʻlgan hamda tezkor hal etishni talab qiladigan masalalar yuzasidan tuman
(shahar) hokimligi va Markazga takliflar kiritish;
mahalladagi ijtimoiy va infratuzilma obyektlarini yaxshilash boʻyicha xalq
deputatlari tuman (shahar) Kengashiga Markaz orqali taklif kiritish va mahalliy
budjeting ortirilgan qismi hisobidan mablagʻ soʻrash;
davlat tomonidan imtiyozli kredit asosida loyihalarni moliyalashtirish
boʻyicha har qanday dastur loyihalarini shakllantirish jarayonida qatnashish;
davlat organlari va boshqa tashkilotlarning hududga biriktirilgan mas’ul
xodimlari, sektor shtabi a’zolari, yoʻl qurilishi, elektr, gaz, suv, kanalizatsiya,
kommunal va ijtimoiy soha vakillarining hududda amalga oshirgan ishlari natijasi
yuzasidan ragʻbatlantirish yoki ularga nisbatan intizomiy jazo qoʻllash boʻyicha
tashkilot rahbariyatiga tavsiya kiritish;
Hokim yordamchisi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham
ega boʻlishi mumkin.
22. Hokim yordamchisi:
unga yuklangan vazifalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini ta’minlashi;
tuman (shahar) hokimi va Markaz topshiriqlari ijrosini oʻz vaqtida va sifatli
ta’minlashi;
faoliyatidagi kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etishi, tegishli yoʻnalishlar
boʻyicha vazifalarning sifatli bajarilishini ta’minlashi;
oʻz faoliyatiga doir zarur boʻlgan axborot va tahliliy ma’lumotlarni
shakllantirishi;
oʻziga yuklatilgan vazifalar doirasida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar
toʻgʻrisida mahalla raisini xabardor qilishi lozim.
Hokim yordamchisi oʻziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun
javobgar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |