2-bob. Markaz faoliyatini tashkil etish, markazning asosiy maqsad va
vazifalari hamda huquq va majburiyatlari
1-§. Markazning asosiy maqsad va vazifalari
8. Markazning asosiy maqsadlari:
mahallabay ishlash asosida aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka va
oʻzini oʻzi band qilib ishlash faoliyatiga jalb qilish;
mahallalardagi
ijtimoiy-iqtisodiy
holatni
“xonadonbay”
oʻrganish
natijalaridan kelib chiqib, mahallalarni “namunali”, “oʻrta”, “ogʻir” mahallalarga
ajratgan holda barcha mahalalarni “namunali” mahallalarga oʻtkazish choralarini
koʻrish;
mahallalarning “oʻsish nuqtalari”ni (ixtisoslashuv yoʻnalishlarini) aniqlash
va yangi tadbirkorlikni, shu jumladan, “drayver” loyihalarni amalga oshirishda
tashabbuskorlarga koʻmaklashish va shu orqali har bir mahallaning ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash;
“Temir daftar”ga kiritilgan oilalar, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar va
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning muammolarini oʻrganib, ularga aniq
yoʻnalishlar (kasb-hunarga oʻqitish, ish bilan ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish,
moddiy yordam berish) boʻyicha manzilli koʻmaklashish;
mahallalardagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga toʻsiq boʻlayotgan
(yer ajratish, qurilish uchun ruxsat berish, turli xil faoliyatlar uchun litsenziya
olish, boʻsh bino va yer maydonlarini tadbirkorlik uchun ajratish, kommunikatsiya
tizimlariga ulanish) muammolarni tezkorlik bilan hal etish choralarini koʻrish
Vazirlar Mahkamasining “Mahallabay” ishlash tizimini amaliyotga joriy
etish va aholining tadbirkorlik tashabbuslarini yanada qoʻllab-quvvatlash chora-
tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 19-martdagi 152-son qarorida nazarda tutilgan
asosiy yoʻnalishlarni samarali amalga oshirishdan iborat.
9. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari
hisoblanadi:
mahallalardagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni “xonadonbay” oʻrganish, jumladan
aholining bandlik darajasini, oilalarning daromad manbalarini, tomorqa erlaridan
foydalanish holatini hamda daromadli mehnatga boʻlgan intilishi va ehtiyojlarini
tahlil qilish orqali mahalla toʻgʻrisida kompleks ma’lumotlar bazasi (pasporti)ni
shakllantirish;
aholi bandligini ta’minlash va doimiy daromad manbaini yaratish orqali
kambagʻallikni qisqartirish choralarini koʻrish;
mahallabay
ishlash
asosida
tadbirkorlikni
yanada
rivojlantirishga
koʻmaklashish hamda aholini kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitishni
tashkillashtirish;
“ogʻir” mahallalarda “yetakchi” tadbirkor bilan ishlash istagi boʻlgan
tashabbuskorlarni oʻqitish, mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur asbob-uskuna va
xomashyo bilan ta’minlash, shuningdek ishlab chiqargan (yetishtirilgan)
mahsulotlarni sotishga koʻmaklashish jarayonlarini tashkil etish uchun ularga
“yetakchi” tadbirkorlarni biriktirish;
tadbirkorlik qilish istagida boʻlgan fuqarolarga, shu jumladan, ayollar va
yoshlarga kredit hamda subsidiyalar olishda koʻmaklashish;
noqonuniy faoliyat yuritayotgan shaxslar va tadbirkorlik subyektlariga
faoliyatini qonuniylashtirish uchun koʻmaklashish;
tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida boʻlgan shaxslarga tadbirkorlik
koʻnikmalarini shakllantirishda koʻmaklashish;
norasmiy ishlayotgan shaxslar faoliyatini legallashtirishga koʻmaklashish;
tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga bogʻliq boʻlgan qonunchilikdagi
oʻzgarishlarni yetkazish boʻyicha mutaxassislarni jalb etgan holda seminarlar
tashkil etish;
mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida investitsiyalar jalb etish;
mahalladagi ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini realizatsiya qilish
boʻyicha bozor topishga koʻmaklashish, buning uchun kooperatsiya yarmarkalarini
tashkil qilish, yirik savdo markazlari va eksportyorlar bilan uchrashuvlar tashkil
qilish;
faoliyatini vaqtincha toʻxtatgan tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini
tiklash uchun amaliy yordam koʻrsatish hamda ishlab turgan tadbirkorlik
subyektlari faoliyatini kengaytirish boʻyicha koʻmaklashish;
tadbirkorlik,
hunarmandchilik
qilish
istagini
bildirgan
fuqarolarga
zamonaviy asbob-uskunalar va mini-texnologiyalar topishga koʻmaklashish;
mahalladagi mavjud infratuzilma bilan bogʻliq muammolarni hal etish
choralarini koʻrish hamda xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish va malaka
oshirish istagini bildirgan fuqarolar bilan ishlash.
10. Markaz boʻlimlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
a) Tadbirkorlikni rivojlantirish boʻlimi:
mahallabay
ishlash
asosida
mahallalarning
“oʻsish
nuqtalari”ni
(ixtisoslashuv yoʻnalishlarini) aniqlash va yangi tadbirkorlikni, shu jumladan,
“drayver” loyihalarni amalga oshirishda tashabbuskorlarga koʻmaklashadi va shu
orqali har bir mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlaydi;
mahallalardagi
ijtimoiy-iqtisodiy
holatni
“xonadonbay”
oʻrganish
natijalaridan kelib chiqib, xonadonlarni ixtisoslashuv yoʻnalishlarini va
imkoniyatlarini oʻrgangan holda ularni biznesga yoʻnaltirish chora-tadbirlarini
belgilaydi;
mahallalarda Hokim yordamchilari bilan birgalikda xonadonboy oʻrganish
natijalaridan kelib chiqib, aholining oilaviy tadbirkorligini rivojlantirish, jumladan
ularning hunarmandchilik, kasanachilik, tomorqadan samarali foydalanish, kichik
ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish va boshqa turdagi faoliyatlarini yoʻlga qoʻyishi
boʻyicha kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish talablarini ishlab chiqadi;
mahallalardagi
ijtimoiy-iqtisodiy
holatni
“xonadonbay”
oʻrganish
natijalaridan kelib chiqib, mahallalarni “namunali”, “oʻrta”, “ogʻir” mahalalarga
ajratgan holda “namunali” mahallalarga oʻtkazish choralarini koʻradi;
“ogʻir” mahallalarda “yetakchi” tadbirkor bilan ishlash istagi boʻlgan
tashabbuskorlarni oʻqitish, mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur asbob-uskuna va
xom ashyo bilan ta’minlash, shuningdek ishlab chiqargan (yetishtirilgan)
mahsulotlarni sotishga koʻmaklashish jarayonlarini tashkil etish uchun ularga
“yetakchi” tadbirkorlarni biriktiradi;
tadbirkorlar va tadbirkorlik bilan shugʻullanish istagidagi jismoniy
shaxslarga kredit olishlarida tijorat banklari bilan hamkorlikda koʻmaklashadi;
mahallalar kesimida iqtisodiy faoliyatga jalb qilinmagan mineral xomashyo
resurslari, ishlab chiqarish salohiyatini aniqlash va samarali foydalanish choralarini
koʻradi;
faoliyatini vaqtincha toʻxtatgan tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini
tiklash va ishlab turgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini kengaytirish boʻyicha
koʻmaklashadi;
mahalliy tadbirkorlarga zamonaviy texnologiyalarni sotib olishida amaliy
yordam beradi.
b) Kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish hamda bandlikka koʻmaklashish
boʻlimi:
termiz shaharda tadbirkorlikka koʻmaklashish markazi, monomarkazlar,
kasb-hunarga oʻqitish markazlari va sohaviy uyushmalar bilan hamkorlikda
mahallalarda oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish choralarini
koʻradi;
uy xoʻjaligida amalga oshirish mumkin boʻlgan, foydalanilmayotgan
imkoniyatlarni aniqlash hamda undan foydalangan holda xizmat koʻrsatish va
ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlarini koʻradi;
oilaviy kasanachilar bilan korxonalar oʻrtasida oʻzaro iqtisodiy hamkorlikni
kengaytirish, shu jumladan, korxonalar buyurtmalarini uy sharoitlarida bajarish
istagini bildiruvchi mahallalar aholisini aniqlash va ularni korxonalar bilan
bogʻlash choralarini koʻradi;
oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilik va oʻzini-oʻzi band qilish faoliyatida
yuzaga kelgan muammolarni tezkorlik bilan hal qilish choralarini koʻradi;
mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda mahallalarda ishsiz aholini kasb
hunarga va tadbikorlikka oʻqitish hamda ularni ish bilan ta’minlash choralarini
koʻradi;
ijtimoiy himoya muxtoj va ishsiz fuqarolarni, ayniqsa moddiy yordam va
koʻmakka muhtoj oilalarning roʻyxatlariga kiritilgan oilalarni kasb-hunarga
oʻrgatish va ularning mehnat faolligini oshirish boʻyicha ishlarni amalga oshiradi;
chet elda ishlash istagini bildirgan fuqarolarni kasb-xunarga oʻqitish,
huquqiy bilimlarini oshirish boʻyicha oʻqitish ishlarini tashkil etadi;
boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar bazasini shakllantiradi va ishsiz
aholini boʻsh ish oʻrinlariga jalb qilish choralarini koʻradi.
v) Infratuzilmani rivojlantirish boʻlimi:
issiqlik ta’minoti tizimida, jumladan energiya va resursni tejaydigan yangi
texnologiya va uskunalarni joriy qilinishini monitoring qiladi;
jismoniy va yuridik shaxslarning uy-joy kommunal xizmatlarga boʻlgan
talabini oʻrganadi va tuman hokimiga va mas’ul tashkilotlarga belgilangan tartibda
dasturga kiritish boʻyicha taklif kiritadi;
aholiga va tadbirkorlarga energiya tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni
joriy qilish boʻyicha targʻibot ishlarini amalga oshiradi;
koʻp xonadonli uy-joy fondi, issiqlik ta’minoti, ichimlik suv va kanalizatsiya
tizimlari holatini oʻrganadi va monitoring qiladi;
xonadonlarni, jumladan koʻp xonadonli uy-joy fondini kuz-qish mavsumida
barqaror ishlashga tayyorlash borasida ishlarni tashkil qilishda koʻmaklashadi;
taalluqli idoralar bilan hamkorlikda mahallalardagi yoʻllar holatini
yaxshilash choralarini koʻradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |