25
II BOB. OLINGAN NATIJALAR MUHOKAMASI
2.1.Ayrim polisaxaridlar va ularning hosilalarini qo’llanilishi.
Xitin va xitozan ham o’zining tuzilishiga ko’ra asosiy tola hosil qiluvchi
tabiiy polimerlardan biri – sellyulozaga yaqin turadi. Bundan kelib chiqib, xitin va
xitozan hamda ularning hosilalari ham sellyuloza kabi tola va plyonka (yupqa
qavat) hosil qilish qobilyatiga ega. Ularning inson to’qimalari bilan
biomoslahuvchanligi, kam toksikligi, yaralar bitishida regeneratsiya jarayonini
kuchaytirish qobilyati tufayli tibbiyotda alohida o’rni bor.
Xitozan ko’p xossalarga egaligidan uni ko’pgina sohalarda qo’llaniladi.
Jumladan, hayvonlar uchun yem sifatida, kosmetika va oziq – ovqat mahsulotlari
tayyorlashda, qishloq xo’jaligida, biomeditsina mahsulotlarini tayyorlashda, atrof
muhitni muhofaza qilishda (Chernobildagi atom reaktivini ko’mishda xitozan
qoplamasidan foydalanilganda, u nurlanishni neytrallagan ) qo’llaniladi .
Suvda eruvchi xitin hosilalarini katta qismini ozish vositasi ishlab
chiqarishda foydalaniladi. Xitozan ovqat hazm qilish yo’lida ma’lum miqdordagi
yog’ molekulalari bilan bog’lanishga qodir . Xitozan bilan bog’langan yog’
organizmga o’zlashtirilmaydi va chiqarib yuboriladi.
Xitozan vaznni kamaytiruvchi, xolisterinni almashuvini yaxshilovchi va
ichaklar peristaltikasi (harakati )ni yaxshilovchi vosita sifatida ham qo’llaniladi .
Xitozan antibakterial, zamburug’ va veruslarga qarshi xossalarga ega. U
shiliq pardaga yopishib olish xossasi bilan ham harakterlidir.
Harbiylar dori qutisiga ba’zan xitozanga asoslangan tablitka ham solingan.
U zararli nurlanish xavfi ostida qolish vaqtida qo’llaniladi. Xitozan erkin
radionuklidlarni bog’laydi va organizmdan chiqarib yuboradi .[13]
1970 – yillar o’rtalarida yaralar va kuyishni davolash uchun xitin va
xitozandan foydalanishga birinchi urinishlar boshlangan edi. Shundan xitozanning
mikrobga qarshi faolligi, biologik suyuqliklarni yutish va to’qimalar
regeneratsiyasiga yordam berish qobilyati aniqlangandi. Xitin va xitozanning tola
hosil xossasi asosida jarohlikda ishlatiladiga o’zi tarqalib ketuvchi chiklash
26
materallari yaratildi. Ulardan qon tomirlari, kateterlar, shlanglar o’rnida
foydalaniladi.
Xitozanli materallar allergik reaksiyalar chiqarmaydi va o’z barqarorligini
yo`qotmaydi.
Xitin va uning hosilalarini xossalarida yana biri ularni sorbitlash
(organizmni tozalsh ) qobilaytidir. Tabiatda (hashorotlar, qisqichbaqalar va
hokozo) xitin qoplamasi himoya vazifasini bajarib, ichki a’zolarga ko’p xildagi
toksinlarni kirib ketishidan saqlaydi. Xitozanni enterosorbent mahsuloti sifatida
qo’llanganda, u qiziqarli xossalarni namayon qiladi.
Xitozannning oshqozonda ortiqcha miqdorda ajralgan xlorid kislotaning
neytrallash, oshqozon – ichak yo’lida ijobiy ta’siri va boshqa ko’plab hususiyatli
istiqbolidir.
Shuningdek xitozan kuchli gemostatik (qon ketishini to’xtatuvchi) vosita
ko’rinishida ham qo’llab kelinmoqda. Bugingi kunda bu tez yordam va favqulodda
vaziyat hizmatlarida muvoffaqiyatli sinaldi (shuningdek armiyada (Afg’oniston,
Iroq )) Preparat ajoyib tarzda taqaladi va qo’shimcha effiktlar bermaydi . Ularni
qo’llash yo’riqnomasi juda oddiy bo’lib, hatto maxsus tibbiy bilmlarni ham talab
qilmaydi.
Xitozan qizil oyoq dengiz krabi po’sti , boshqacha qilib aytganda , biologik
sellyuloza deb ataluvchi noyob mahsulot asosidagi biologik faol qo’shimcha
sifatida ahamiyatlidir.
Xitozan nafaqat farmatsevtika balik oziq – ovqat sanoatida suvni tozalash
uchun ham foydalidir. Xitozanni ajoyib xossasi – uning yuqori darajadagi
adsorbsion xususiyatga egaligidir.
Organizmga tushgan xitozan musbat zaryadli ionlar guruhlarini hosil qiladi
va organizmda yengil o’zlashtiriladi. O’zalashtirilgach, u tozalash imkoniyatiga
ega bo’lgan gelsimon adsorbintga aylanadi.
Boshqa turdagi tabiiy klitcharkalar bilan taqqoslaganda, xitozan
organizmda qisman parchalanadi va ayrim lomponentlar (asosan gioluron kislota)
ko’rinishda qonga so’riladi.
27
Bugungi kunda gioluron kislotaning xossalarini fantastik deb hisoblash
mumkin. Darhaqiqat, uning asosiy sifati – tiklash jarayonida bevosita ishtirok
etishidir. Gioluron kislota hujayralararo suyuqlik tarkibiga kiradi va hujayra
membranalarini mustahkamlaydi. Terini yoshartirib, namlikni yuqolishiga chek
qo’yadi. Xitozanni bir qismi fermentativ qayta ishlanmay, oshqozon – ichak
yo’liga faol ta’sir ko’rsatadi. Xitozan suv molekulalari bilan birlashib, toksin
birikmalari va parchalanish mahsulotlarini bog’lab organizmda tashqariga
chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan gelsimon massa hosil qiladi.
Xitozan antioksidan ham hisoblanadi. Ayrim tadqiqotlarga qaraganda, u
vositasida kislota – ishqor muvozanatini muvofiqlashtirish yo’li bilan maxsus
imun tanachalarni faollashtirib, saraton to’qimalarini yo`qotar emish . Boshqacha
aytganda, xitozan qonni toksinlardan tozalab, organizmni himoya kuchini
qo’zg’otadi.
Xolisterin miya hujayralari, jinsiy organlari, nervlar, hujayra membranalari
shakllanishida ishtirok etadi. Agar qonda xolisterin miqdori ortsa, u qon tomiri
devoriga o’tira boshlaydi va asta – sekin ateroskliroz rivojlana boshlaydi. Xitozan
qondagi xolisterin miqdorini sozlab, atereal bosimni oshishiga to’sqinlik qiladi.
Xitozan tozalash va shishlarga qarshi xossalardan tashqari, ya’na bir qator
xususiyatlarga ham ega. Uni qandli deabit oldini olish, kuygan va yaralarni
tuzalishini tezlashtirish, jigar funksiyasini yaxshilash va imunitet mustahkamlash
uchun han qo’llaniladi.
Xitozan tabiiy xomashyo mahsuloti hisoblanadi. U ozdirishdagi ayrim
preparatlar tarkibiga kiradi. Xitozan ta’siri natijasida organizmni tabiiy kuchi
faollashadi.
Agar siz xitozan ta’sirida ozmoqchi bo’lsangiz sabrli bo’ling. Preparat
yuqori aytilgan sifatlarni trzda namayon qilmaydi. Bu tabiiy “tozolovchi” bo’lib,
organizmdagi almashuv jarayonini muvozanati taminlashga va sog’liqni
mustahkamlashga imkon beradi.
Xitozan amaliy jihatdan toksik emas. Ushbu preparatni 12 yoshgacha
bo’lgan bolalarda qo’llash tavsiya etilmatdi. [14]
28
Do'stlaringiz bilan baham: |