“TASDIQLAYMAN”
O’TIBDO’:___________N.Zokirova
Sana: ___________
Sinfi: ___________
O’quvchi soni: ______
Qatnashdi: _________
O’qituvchi : Sh.
Mavzu: Jamiyatning rivojlanishida ma’naviyatning ahamiyati
Darsning maqsadi: O’quvchilarga jamiyat rivojlanishida ma’naviyatning o’rnini misollar yordamida tushuntirib berish.
Dars tipi: Yangi bilim bеrish .
Dars uslubi: og‘zaki va yozma
Dars usuli: savol – javob.
Darsning jihozi: Ma’naviyat asoslari darsligi.
Qo‘shni hovlida ma’raka bo‘lib qoldi.Qo‘ni-qo‘shnilar darrov chiqib, ko‘cha-hovlilarni saranjomlab, odamlar kelishi uchun joy tayyorlay boshladilar. Kimdir uyidan ko‘rpacha olib chiqsa, kimdir stol-stul tashish bilan ovora edi. Xuddi avvaldan tayyorlangan dasturdek, hamma bilib-bilib, o‘z ishini bajarmoqda edi.
Qo‘shnining qiziga sovchilar kelishdi. Bu paytda qizning onasi uyda yo‘q edi. Bundan xabar topgan qo‘shni ayol zudlik bilan qo‘shni qiznikiga chiqib, dasturxon yozdi va ochiq yuz bilan sovchilarni kutib oldi.
Mahalla oqsoqollari yig‘inidan qaytayotgan keksalar ko‘cha boshidagi novvoyxonadan to‘rtta yangi pishgan nonni olib, bir necha haftadan beri betobligi sababli uyidan chiqa olmayotgan Samariddin otaning ahvolidan xabar olish uchun uyiga borishdi.
Mazkur so’zlarda qanday qadriyatlarimiz tilga olingan? Bu qadriyatlarni kim o‘ylab topgan?
Sizning ham mahallangizda shunday an’analar bor mi? Berilgan matnlar orqali fikringizni asoslang.
Siz ham mahalladagi hasharlarda ishtirok etasiz mi, bunga sizni nima majbur qiladi?
Nima sababdan mahallaga «qadriyatlar beshigi», «demokratiya maktabi» deb ta’rif berilganligi haqida o‘z fikringizni ayting.
Bilib oling : «Mahalla» arabcha so‘zdan kelib chiqib, «shahar ichidagi shahar» ma’nosini anglatadi.
Ming yillar mobaynida Markaziy Osiyo hududi xilma-xil dinlar, madaniyatlar va turmush tarzlari tutashgan hamda turli millat, elatlar tinch-totuv yashagan makon bo‘lib keldi. Bu davrda insonlar o‘rtasidagi munosabatlar natijasida sabr toqat, bag‘rikenglik, mehr oqibat, halollik bilan kun kechirish kabi qadriyatlar shakllandi.
Vatanimiz tarixi guvohlik beradiki, o‘zbek xalqi uchun jamoa bo‘lib yashashning sinalgan shakli mahalladir. Mahalla tumanlar ichidagi kichik hududiy birlik bo‘lib, o‘tmishdan meros bo‘lib kelmoqda.
Ma’lum bir mahallada istiqomat qiluvchi odamlar faqat qo‘ni-qo‘shnichilik rishtalari bilangina emas, balki ichki tartib qoida, urf-odatlar, an’analar, umumiy manfaatlar va majburiyatlar orqali ham bog‘liqdir. Mahalla hayotining jamoa bo‘lib yashash tarzi jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan o‘zini-o‘zi boshqarish tizimini keltirib chiqardi. Mahallaga uning hududida yashaydigan aholi tomonidan saylab qo‘yiladigan oqsoqol boshchilik qilgan.
Mahalla ma’naviy qadriyatlarning yana bir qudratli manbayi bo‘lib, an’anaviy oila va qarindoshlik munosabatlari odobi shakllangan maskandir. Bugun jahon hamjamiyati tomonidan bizdagi mahalla boshqaruvi tizimi fuqarolik jamiyatining muhim instituti sifatida e’tirof etilmoqda.
Mahalladagi hamjihatlik, turmush tarzi, bir-biriga xolis yordam berish, shuningdek, qo‘shnisining taqdiriga daxldorlik tuyg‘usi shu darajada xalqimiz ong-u shuuriga singib ketganki, hatto ular san’at, adabiyot, ijo diy asarlarimizdan ham mustahkam o‘rin olgan. Mana, masalan, «Mahallada duv-duv gap», «Suyunchi» kino filmlaridagi epizodlarda mahalladagi qadriyatlar yaqqol namoyon bo‘lganini ko‘ramiz.
Mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlari — bevosita fuqarolar tomonidan saylanadigan organlardir. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim o‘rin tutadi. Bu saylov demokratizm, oshkoralik va teng saylov huquqi asosida o‘tkaziladi.
Bizning mahallalarda boquvchisini yo‘qotgan qa riya yoki bemor kishining qarovsiz qolishi mumkin emasligi ham yuksak insoniy qadriyatlardan biridir.
Dars sabog‘i. Mahalla bugungi kunda ma’naviy-tarbiyaviy maskan sifatida jamiyat va davlatning demokratik rivojlanishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shmoqda.
O‘zbekning to‘y-ma’rakasi millat tanlamaydi. Bayram tadbirlarida turli millat vakillari yelkama-yelka turib bir-biriga yordam qo‘lini cho‘zadilar. Yaxshi kunla rida hamroh, yomon kunlarida hamdard bo‘ladilar. Mahallaga kuchli ta’sirga ega bo‘lgan jamoatchilik fikri mahalla ahlining xulq-atvori, o‘zaro munosabatlarini adolat va ma’naviy mezonlar asosida tartibga solib turadi.
Uyga vazifa : O’tilgan mavzu yuzasidan o’z mahallasi haqida insho yozib kelish
Do'stlaringiz bilan baham: |