Tasdiqlayman” O’tibdo’: N. Zokirova Sana: Sinfi



Download 22,09 Kb.
Sana26.11.2019
Hajmi22,09 Kb.
#27174
Bog'liq
Жамият ривожида манавиятнинг ахамияти

TASDIQLAYMAN”

O’TIBDO’:___________N.Zokirova

Sana: ___________

Sinfi: ___________

O’quvchi soni: ______

Qatnashdi: _________

O’qituvchi : Sh.



Mavzu:  Jamiyatning rivojlanishida ma’naviyatning ahamiyati
Darsning maqsadi: O’quvchilarga jamiyat rivojlanishida ma’naviyatning o’rnini misollar yordamida tushuntirib berish.

Dars tipi: Yangi bilim bеrish .

Dars uslubi: og‘zaki va yozma

Dars usuli: savol – javob.

Darsning jihozi: Ma’naviyat asoslari darsligi.

Qo‘shni hovlida ma’raka bo‘lib qoldi.Qo‘ni-qo‘shnilar darrov chiqib, ko‘cha-hovlilarni saranjomlab, odamlar kelishi uchun joy tayyorlay boshladilar­. Kimdir uyidan ko‘rpacha olib chiqsa, kimdir stol-stul tashish bilan ovora edi. Xuddi avvaldan tayyorlangan dasturdek, hamma bilib-bilib, o‘z ishini bajarmoqda edi.

 Qo‘shnining qiziga sovchilar kelishdi. Bu paytda qizning onasi uyda yo‘q edi. Bundan xabar topgan qo‘shni ayol zudlik bilan qo‘shni qiznikiga chiqib, dasturxon yozdi va ochiq yuz bilan sovchilarni kutib oldi.

Mahalla oqsoqollari yig‘inidan qaytayotgan keksalar ko‘cha boshidagi novvoyxonadan to‘rtta yangi pishgan nonni olib, bir necha haftadan beri betobligi sababli uyidan chiqa olmayotgan Samariddin otaning ahvolidan xabar olish uchun uyiga borishdi.


  1. Mazkur so’zlarda qanday qadriyatlarimiz tilga olingan? Bu qadriyatlarni kim o‘ylab topgan?



  1. Sizning ham mahallangizda shunday an’analar bor­ mi? Berilgan matnlar orqali fikringizni asoslang.

  2. Siz ham mahalladagi hasharlarda ishtirok etasiz mi, bunga sizni nima majbur qiladi?



  1. Nima sababdan mahallaga «qadriyatlar beshigi», «demokratiya maktabi» deb ta’rif berilganligi haqida o‘z fikringizni ayting.

Bilib oling : «Mahalla» arabcha so‘zdan kelib chiqib, «shahar ichidagi shahar» ma’nosini anglatadi.

Ming yillar mobaynida Markaziy Osiyo hududi xilma-xil dinlar, madaniyatlar va turmush tarzlari tutashgan hamda turli millat, elatlar tinch-totuv yashagan makon bo‘lib keldi. Bu davrda insonlar o‘rtasidagi munosabatlar natijasida sabr toqat, bag‘rikenglik, mehr oqibat, halollik bilan kun kechirish kabi qadriyatlar shakllandi.

Vatanimiz tarixi guvohlik beradiki, o‘zbek xalqi uchun jamoa bo‘lib yashashning sinalgan shakli mahalladir. Mahalla tumanlar ichidagi kichik hududiy birlik bo‘lib, o‘tmishdan meros bo‘lib kelmoqda.

Ma’lum bir mahallada istiqomat qiluvchi odamlar faqat qo‘ni-qo‘shnichilik rishtalari bilangina emas, balki ichki tartib qoida, urf-odatlar, an’analar, umumiy manfaatlar va majburiyatlar orqali ham bog‘liqdir. Mahalla hayotining jamoa bo‘lib yashash tarzi jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan o‘zini-o‘zi boshqarish tizimini keltirib chiqardi. Mahallaga uning hududida yashaydigan aholi tomonidan saylab qo‘yiladigan oqsoqol boshchilik qilgan.

Mahalla ma’naviy qadriyatlarning yana bir qudratli manbayi bo‘lib, an’anaviy oila va qarindoshlik munosabatlari odobi shakllangan maskandir. Bugun jahon hamjamiyati tomonidan bizdagi mahalla boshqaruvi tizimi fuqarolik jamiyatining muhim instituti sifatida e’tirof etilmoqda.

Mahalladagi hamjihatlik, turmush tarzi, bir-biriga xolis yordam berish, shuningdek, qo‘shnisining taqdiriga daxldorlik tuyg‘usi shu darajada xalqimiz ong-u shuuriga singib ketganki, hatto ular san’at, adabiyot, ijo­ diy asarlarimizdan ham mustahkam o‘rin olgan. Mana, masalan, «Mahallada duv-duv gap», «Suyunchi» kino­ filmlaridagi epizodlarda mahalladagi qadriyatlar yaqqol namoyon bo‘lganini ko‘ramiz.

Mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlari — bevosita fuqarolar tomonidan saylanadigan organlardir. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim o‘rin tutadi. Bu saylov demokratizm, oshkoralik va teng saylov huquqi asosida o‘tkaziladi.

Bizning mahallalarda boquvchisini yo‘qotgan qa­ riya yoki bemor kishining qarovsiz qolishi mumkin emasligi ham yuksak insoniy qadriyatlardan biridir.



Dars sabog‘i. Mahalla bugungi kunda ma’naviy-tarbiyaviy maskan sifatida jamiyat va davlatning demokratik rivojlanishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shmoqda.

O‘zbekning to‘y-ma’rakasi millat tanlamaydi. Bayram tadbirlarida turli millat vakillari yelkama­-yelka turib bir-biriga yordam qo‘lini cho‘zadilar. Yaxshi kunla­ rida hamroh, yomon kunlarida hamdard bo‘ladilar. Mahallaga kuchli ta’sirga ega bo‘lgan jamoatchilik fikri mahalla ahlining xulq-atvori, o‘zaro munosabatlarini adolat va ma’naviy mezonlar asosida tartibga solib turadi.



Uyga vazifa : O’tilgan mavzu yuzasidan o’z mahallasi haqida insho yozib kelish
Download 22,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish