Shu bois Prezidentimiz “Adiblar xiyoboni” deb nomlangan internet portali tashkil etish taklifini bildirdi.
Unda mumtoz va zamonaviy asarlarning elektron nusxalari, yozuvchi va adabiyotshunoslarning mahorat saboqlari jamlanadi. Portal o‘zbek, ingliz va rus tillarida faoliyat ko‘rsatsa, undan xorijlik muxlis va mutaxassislar ham foydalanishi imkoniyati yaratiladi.
Shu yerda oliy ta’lim muassasalarining adiblar ijodini o‘rganish bo‘yicha taqdimotlari o‘tkazildi. Davlatimiz rahbari xiyobon yonida tashkil etilgan kutubxonani ham ko‘zdan kechirdi.
Teatr- ibrat maktabi
Teatr – ko‘ngillarni yuvib oqartiruvchi san’at dargohi. Unda qo‘yiladigan har bir spektakl hayotning bir parchasidir. Hayot ranglarini qalblarida aks ettiruvchi aktyorlar esa ana shu parchani tomoshabinlarga yetkazib beruvchilardir2. Chunki teatr insonlarni ma’naviyatli bo‘lishga chorlaydi. Ularni ezgulikka, insofli bo‘lishga undaydi, mehr-oqibatli va bag‘rikenglikka da’vat etadi. Chunki bunday fazilatlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarini yanada mustahkamlashga yordam beradi.
G‘oyat murakkab va mas’uliyatli bo‘lgan bugungi kunda ichki ishlar idoralari xodimlarining dunyoqarashini yanada boyitish uchun teatrning alohida o‘rni bor. Endi teatr tushunchasining mazmun-mohiyatiga ham to‘xtalib o‘tish muhimdir.
Teatr yunoncha «theatron» so‘zidan olingan bo‘lib, «tomoshagoh» degan ma’noni anglatadi. Teatr san’at turi bo‘lib, uning o‘ziga xos ifoda vositasi aktyorning omma oldidagi o‘yini jarayonida yuzaga keladigan sahnaviy voqeadir. Teatr san’atida ham boshqa san’atlarda bo‘lganidek, xalq hayoti, tarixi, dunyoqarashi aks etib, jamiyat taraqqiyoti, ma’naviyati, madaniyati bilan bog‘liq holda o‘zgarib, takomillashib boradi. Teatr asosida og‘zaki yoki yozma dramaturgiya yotadi.
Teatr sintetik san’at bo‘lib, jamiyat hayotida, tomoshabinlarning ma’naviy va estetik tarbiyasida muhim o‘rin tutadi. Unda dramaturgiya, musiqa, tasviriy san’at, raqs, me’morlik ajralmas birlikni tashkil etadi. Teatrning muhim vositalaridan biri sahna nutqidir. Aktyor qahramonning pyesadagi so‘zlarini o‘zlashtirib olar ekan, qahramon qiyofasida, holatlarda turib uning nutqiy tavsifini yaratadi, boshqa personajlar bilan muloqotga kirishadi. Sahna nutqi xarakterlarning ochilishida, asar mazmuni, konfliktining yoritilishida muhim o‘rin tutadi.
Qisqacha teatrning paydo bo‘lish va shakllanish tarixiga to‘xtalib o‘tish muhimdir. Teatr qadimdan ovchilik, mehnat va diniy marosim, bayramlar bilan, totemizm, animizm kabi ibtidoiy dunyoqarash va ajdodlarning ruhlariga sig‘inish bilan bog‘liq holda shakllangan.
Yunoniston, Hindiston, Turonda miloddan avvalgi V asrdayoq teatr jamiyat hayotida muhim o‘rin tutgan. Hindistonda teatr xalq teatri shakllarida hamda «Mahobhorat» va «Ramayana» dostonlari bilan bog‘liq holda rivojlangan. Keyinroq teatr Yaqin Sharq va Rimga ham yoyildi. Ayniqsa, Rimda teatrning yangi shakl va turlari yaratildi. G‘arbiy Yevropada, Rossiyada teatr san’atining dastlabki namunalari sayyor aktyorlar faoliyatida yuzaga kelgan.
O‘zbekiston hududida esa an’anaviy teatr tarixi juda qadimiy va boydir. Uning kurtaklari ibtidoiy jamoa davridayoq ov va mehnat jarayoni aks etgan taqlidiy raqslar, jangovar va xalq o‘yinlari, tabiat kuchlariga topinish oqibatida yuzaga kelgan marosimlar shaklida namoyon bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |