Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha


Cho‘lponning «Adabiyot nadur?» (1914) maqolasida



Download 494,11 Kb.
bet92/163
Sana22.03.2022
Hajmi494,11 Kb.
#505508
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   163
Bog'liq
Маънавиятшунослик мажмуа 2021

Cho‘lponning «Adabiyot nadur?» (1914) maqolasida o‘rtaga tashlangan «Adabiyot yashasa – millat yashar» degan g‘oya milliy uyg‘onish uchun ham da’vat bo‘ldi.
XX asrning 20-yillar oxiri — 30-yillar boshlarida sho‘ro adabiy siyosatida ijod erkinligi bo‘g‘ildi. Abdulla Qodiriyning «O‘tgan kunlar», «Mehrobdan chayon» romanlari zararli asar deb, muallifning o‘zi esa qoralandi. Mumtoz adabiyotga munosabatda o‘ziga xos yondashuv va tahlilni talab etadigan Yassaviy, Boqirg‘oniy, Boyqaro, Mashrab, Huvaydo, Amiriy, Feruz (Muhammad Rahimxon) kabi shoirlar merosi batamom qoralandi, ular ijodini o‘rganish deyarli man qilindi. Sho‘ro mafkurasining zug‘umi tufayli Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat, So‘fizoda, Elbek, Botu, Usmon Nosir singari shoir va yozuvchilar, Otajon Hoshim, Vadud Mahmud kabi adabiyotshunoslar jisman yoxud ma’nan mahv etildilar. O‘sha yillardagi nisbatan ijobiy faktlar sifatida So‘fizoda, Oybek, G‘afur G‘ulom, Hamid Olimjon haqida adabiy portretlar yozilganini, Izzat Sultonning «Adabiyot nazariyasi» darsligi va boshqa monografiyalar nashr etilganini qayd etish mumkin. Biroq o‘tgan asrning 40-yillar oxiri – 50-yillar boshlarida Oybek, Maqsud Shayxzoda va boshqa mualliflarning tarixiy yo‘nalishdagi, Abdulla Qahhor, Mirtemir, Said Ahmad singari adiblarning zamonaviy mavzudagi asarlari nohaq qoralandi. Chunki «Adabiyot, so‘z san’ati azaldan xalq qalbining ifodachisi, haqiqat va adolat jarchisi
bo‘lib keladi». Shuning uchun ham totalitar tuzum sharoitida ular qatag‘on qilingan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 3-avgust kuni mamlakatimiz ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvda milliy madaniyatimiz, adabiyot va san'atimizni rivojlantirish bilan bog'liq dolzarb masalalar, ularni hal etish yo'llari, bu borada ijodiy uyushmalar va davlat tashkilotlari oldida turgan muhim vazifalar haqida atroflicha fikr almashildi. Mamlakatimizda barcha soha va tarmoqlar qatori madaniyat va san'at, adabiyot, ommaviy axborot vositalari rivojiga katta e'tibor berilmoqda. Ayniqsa, keyingi paytda bu soha ravnaqini yangi bosqichga ko'tarish bo'yicha ulkan ishlar qilinmoqda. 
Xalqimizning boy madaniy merosini tiklash va o'rganish maqsadida bir qator yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, poytaxtimizda O'zbekistondagi Islom madaniyati markazi, Samarqandda Imom Buxoriy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi barpo etilmoqda. O'zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi, O'zbekistonning yangi tarixi markazi faoliyati yo'lga qo'yilmoqda. Kitobxonlik madaniyatini oshirish, madaniyat va san'at sohasini takomillashtirishga katta e'tibor qaratilib, hududlarda ulug' san'atkorlarimiz nomi bilan ataladigan ijodiy maktab va markazlar tashkil qilinmoqda. 
Bu ishlarning mantiqiy davomi sifatida yosh iste'dod egalarining iqtidorini yuzaga chiqarish borasida ham qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbarining uchrashuvdagi ma'ruzasida madaniyatimiz va san'atimizning rivojlanish jarayonlari, bu boradagi ijobiy tendensiyalar bilan birga, ayrim salbiy holatlar, ularning jamiyat hayotiga ta'siri xolisona va tanqidiy baholanib, o'z yechimini kutayotgan dolzarb muammolar va ularni bartaraf etish yo'llari haqida atroflicha fikr yuritildi. Ijodiy uyushmalar, Madaniyat vazirligi hamda uning tarkibidagi birlashma va tashkilotlar faoliyati chuqur tahlil etildi. Ijodkor ziyolilarning bugungi kunda jamiyat hayoti, islohotlar jarayonidagi o'rni va vazifasi haqida muhim va dolzarb fikrlar bayon qilindi. 
Prezidentimiz xalqimizning ma'naviy kamolotida ijodkorlarning xizmati beqiyos ekanini alohida ta'kidlab, taraqqiyotimizning hozirgi bosqichida barcha sohalar vakillari qatori madaniyat va san'at ahlidan ham yanada faollik, yangi-yangi ijodiy g'oya va tashabbuslar bilan yashash, izlanish ruhi talab etilayotganini ta'kidladi. 
O'zbekistonda adabiyot va san'at, madaniyat, ommaviy axborot vositalari, ma'naviyat va ma'rifat biznesga aylanmasligi shart va biz bunga hech qachon yo'l qo'ymaymiz, deb ta'kidladi Shavkat Mirziyoyev. 
Prezidentimiz bo'lib o'tgan ochiq va samimiy muloqotning ahamiyati, mantiqiy natijasi haqida so'z yuritib, "Bizning havas qilsa arziydigan buyuk tariximiz bor. Havas qilsa arziydigan ulug' ajdodlarimiz bor. Havas qilsa arziydigan beqiyos boyliklarimiz bor. Va men ishonaman, nasib etsa, havas qilsa arziydigan buyuk kelajagimiz, buyuk adabiyotimiz va san'atimiz ham albatta bo'ladi", degan fikrni qat'iyat bilan ta'kidladi. 
Shuningdek, bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabr kuni qabul qilingan PQ-3271 sonli “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutoaalasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarori yurtimizda kitobxonlik, mutolaa madaniyatini targ‘ib qilishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda.

Download 494,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish