Ibtidoiy sanʼatkorlar tasviriy sanʼatning hamma turlari (rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik) ga mansub asarlarida hayotni sinchkovlik bilan kuzatganlari koʻzga tashlanadi. Odam va odamsifat maxluklar, qoʻl izlari, chizma belgilar va b. tasvirlar kam uchraydi. Gʻordagi tasvirlar qora, qizil, sariq va jigarrang mineral boʻyoklar bilan ishlangan, barelyef koʻrinishidagi tasvirlar kam, sodda realizmga xos haykaltaroshlik (odam va hayvon shakllari), badiiy (suyak va yogʻoch) oʻymakorlik namunalari paydo boʻlgan. Tabiat ibtidoiy afsonalarga asoslangan insoniy sifatlarga ega boʻlgan obrazlarda aks ettirilgan. Meʼmorlik rivojlanib, uylar yertoʻla tarzida dumaloq, toʻrtburchak shaklida qurilgan, bunday xonalarga uzun yoʻlaklar orqali kirilgan. Baʼzan xom-ashyolar sifatida yirik hayvonlarning suyaklaridan foydalanilgan. Bunday sanʼat namunalari Ukraina, Belorussiya, Sibirdan koʻplab topilgan.
Ibtidoiy jamoa davrida ilk ma’naviyat unsurlarini shakllantirgan shart- sharoitlar
Ovchilikdan dehqonchilik va chorvachilikka oʻtilishi sanʼatda yangi anʼanalarni yuzaga keltirgan. Tasviriy sanʼatda koʻp shaklli mujassamotlar paydo boʻlib, odamlar va hayvonlar harakatda, kurashda tasvirlana boshlagan. Amaliy bezak sanʼatining ko’p turlari (kulollik, toʻqimachilik, metallga ishlov berish va b.) rivojlangan. Murakkab va mavhum tushunchalarni ifoda etuvchi tasvirlar. yuzaga kelgan, bezak naqsh yanada jadal rivojlangan, roʻzgʻor buyumlari, xonalar, kiyimlar naqshlar bilan bezatilgan. Misr, Hindiston, Old, Kichik va Oʻrta Osiyo, Xi-toyda dehqonchilik afsonalari bilan bogʻliq sanʼat (naqshli sirlangan sopol buyumlar) keng tarqalgan, bezak naqshlar bilan bir qatorda mayda hay-kaltaroshlik rivojlangan. Meʼmorlik jamoa manzilgoxlari qurilishida na-moyon boʻlgan. Oʻrta Osiyo va ikki daryo oraligʻida ko’p xonali uylar xom gʻishtli, novdalardan yigʻilgan sinchli, poli loy suvoqli qilib qurilgan. Neolit davrida yirik toshlardan iborat megalitli qurilmalar paydo boʻlgan.
Baliq ovlash va ovchilik saklangan kabilalar (Shimoliy Yevropa va Osiyo oraligʻidagi xudud)da qadim mavzudagi va realistik sanʼat shakllari yonma-yon hukm surgan. Bularga qoyatosh rasmlari, loy, yogʻoch va suyak (shox)dan yasalgan haykallar kiradi. Ko’p rasmlarda umumlashtirish, shartli tsvirlarda mujassamot ishlash hollarini kurish mumkin. Soʻnggi jez davri va temir davrining boshlarvda hayvonlarni tasvirlash uslubi shakllangan. Yunonistonning Sharq va Xitoy bilan madaniy aloqalari yangi mazmun, obraz va tasviriy vositalarni paydo boʻlishini taʼminlagan. Ibtidoiy sanʼat ning keyingi davrlari ishlab chiqarish kuchlarining oʻsishi, mehnat taqsimotining rivoji, ibtidoiy jamoa tuzumini sinfiy jamiyatga boʻlinishi bilan bogʻliq. Bu davrda qalʼalar qurilishi, dinlar taqozosi bilan yangi tasviriy sanʼat asarlari vujudga keldi, ibodatxona, maqbaralar bezatildi. Badiiy hunarmandlik rivojlandi. Ibtidoiy sanʼat shakllari bilan uygʻunlashib ketgan boy va rang-barang sanʼat ibtidoiy jamoa tu-zumi birmuncha saklangan xalqlar (Avstraliya, Janubiy Amerika, Afrika va b.) orasida 19-20-asr largacha mavjud boʻlgan.
Oʻzbekiston hududidan mezolit davriga mansub Zarautsoy rasmlari tasvirlari va b. topilgan (Bironsoy rasmlari, Boshqizilsop rasmlari, Burgansoy rasmlari, Sarmishsoy qoya rasmlari, Soymalitosh rasmlari, Suratlisoy rasmlari, Qoraoʻngir qoya rasmlari).
Do'stlaringiz bilan baham: |