I
|
Ibtidоiy jаmоа
|
А)Tuprоq, suv, оlоvning e’zоzlаnishi:
B) Yarаtuvchilik mеhnаtining e’zоzlаnishi:
|
II
|
Ilk shаhаr jаmоаsi
|
Ilm vа imоn uyg’unligining shаkllаnishi
|
III
|
Buyuk dаvlаtlаr
(impеriya)
|
Millаt, milliy аdаbiy til vа milliy dаvlаtning shаkllаnishi.
|
Islоm mintаqа mаdаniyati dаvridа milliy mа’nаviyatimiz tаkоmili
Milliy mа’nаviyatimiz rivоji
tаriхiy bоsqichlаri
|
Tаriхiy dаvr
|
Shахs vа millаt mа’nаviyatining tаkоmil bоsqichlаri yoki mа’rifаt yo’llаri.
|
I
Sunnа
|
VIII-IX аsrlаr
|
Ibrаt
|
II
Islоm mа’rifаtchiligi
|
X-XI аsrlаr
|
Ilm
|
III Tаsаvvuf
Tаriqаtlаri yohud Irfоn
|
XII-XIII аsrlаr
|
Riyozаt
|
IV
“Mаjоz tаriqi”
|
XIV-XVаsrlаr
|
Mеhr
|
Milliy ma’naviyatimiz tarixini o’rganishda manbaalar ahvoli. Osori atiqalar va yozma yodgorliklar
O'zbekiston xududida jez davri mil. avv. II ming yillik boshlarini o'z ichiga oladi. Xuddi shu davrda ikki turdagi mustaqil madaniyat shakllanib aniq ajraladi: o'troq dehqonchilik vohalaridagi madaniyat; ko'chmanchi dashtliklar madaniyati. o'troq dehqonchilik madaniyati dastlab Surxondaryo vohasidagi Sopollitepa, Jarqo'ton madaniyatlari, Farhona vodiysidagi Chust madaniyati, ikkinchisi- Zamonbobo, Tozabohyob, Suyargan va Amirobod kabi joylarda vujudga keldi.
O'zbekiston janubi-Surxondaryo viloyatida hozirda ham mashhur bo'lgan ustalar, zargarlar va san'atkor – quruvchilar yaratgan madaniyat eng qadimgi madaniyatdir. Mil. avv. XVIII-X ming yillikka oid Sopollitepa va Jarqo'ton manzilgohlarida qadimgi sharq turidagi ilk shaharnoma sivilizatsiyaning shakllanishi va rivojlanishi jarayoni kuzatiladi. Sopollitepa labirintnoma (qasr) to'g'ri burchakli ko'cha tarmog'i va istehkom tizimi bo'lgan manzilgohlar majmuidan tashkil topgan.
Jarqo'tonda ham monumental me'morchilik xom g'ishtdan qurilgan. Markazda qal'a joylashgan, uylar xom g'ishtdan baland ko'tarib qurilgan. Har bir guzarda binoning o'rtasida yumaloq o'choq shaklida devor tokchasida olov mehrobdan iborat sihinadigan markazi bo'lgan. Ikkala manzilgohda jez eritish, to'qimachilik, kulolchilik, zargarlik; suyak, tosh, yohochga ishlov berish gullab-yashnagan. Turli kulolchilik buyumlarini kulolchilik dastgohida pishirib sifatli tayyorlanganligi, shaklining chiroyliligi kulolchilik sohasining texnika va texnologiyasi yuqoriligidan dalolat beradi. Topilgan namunalardan ma'lum bo'lishicha O'zbekistonning Janubida yashovchi aholi qadimgi sharq, ayniqsa hind vodiysidagi Xarappa sivilizatsiyasi namunalari bilan keng hamkorlikda bo'lgan. Buni Sopollitepa va Jarqo'ton shuningdek, O'zbekistonning boshqa dehqonchilik madaniyatida ham uchratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |