Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha


Umuman Markaziy Osiyo mintaqasi, jumladan, O’zbekistonda bunday tahdidning yuzaga kelishiga quyidagilar sabab bo’ldi



Download 494,11 Kb.
bet77/163
Sana22.03.2022
Hajmi494,11 Kb.
#505508
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   163
Bog'liq
Маънавиятшунослик мажмуа 2021

Umuman Markaziy Osiyo mintaqasi, jumladan, O’zbekistonda bunday tahdidning yuzaga kelishiga quyidagilar sabab bo’ldi:
– «perestroyka» davrida nafaqat siyosiy va iqtisodiy inqiroz, balki mafkuraviy parokandalik ham yuzaga kelgan edi. Sovet imperiyasi barbod bo’lgach esa, mafkuraviy bo’shliq o’zining xatarli oqibatlarini namoyon qildi;
– e’tiborli diniy ulamolar o’rnini soxta «islomchilar»ning egallashga intilishlari va ular tomonidan islom asoslari buzib talqin qilinishi boshlandi;
– aholining islom diniga bo’lgan katta qiziqishdan foydalanib, xalqaro ekstremistik markazlar tomonidan mintaqada diniy mutaassiblik ruhidagi adabiyotlarni tarqatish kengaytirildi;
– din niqobi ostida faoliyat olib boruvchi, aslida ayrim davlatlarning g’arazli geosiyosiy va geostrategik qarashlari natijasi o’laroq shakllangan, qo’poruvchilik maqsadini ko’zlagan turli oqim va yo’nalishlarga mansub xorijiy da’vatchilar mintaqaga o’z g’oyalarini olib kira boshladilar;
– mintaqa davlatlari chegaralarining mustahkam emasligi turli ekstremistik kuchlarga narkotrafik, qrol-yarog’larning noqonuniy savdosi orqali moliyaviy imkoniyatlarini mustahkamlab olishga mintaqa bo’ylab erkin harakat qilishga zamin yaratdi.
Qisqa qilib aytganda, sho’ro davridan meros bo’lib qolgan og’ir ijtimoiy-iqtisodiy muammolar yuki yuqorida qayd etilgan sabablar bilan qo’shilib diniy ekstremistik oqimlarning shakllanishi va faollashuviga qulay sharoit yaratdi.
Umuman olganda esa, diniy ekstremizm mintaqada yashirin, ammo nisbatan passiv, keyinroq ochiq-oshkora tashviqot va zo’ravonlikka asoslangan faol harakatlar, so’ng unga qarshi qaratilgan chora-tadbirlar natijasida yana o’ta maxfiy ishlash asnosida targ’ibot olib borish va aniq qo’poruvchilik xurujlarini sodir etishdek sifatiy bosqichlarni bosib o’tdi.
Mintaqamizda faoliyat yuritishga intilgan uyushmalar qatorida, eng avvalo, «Islom lashkarlari», «Adolat», «Tablig’chilar», «Akromiylik», «O’zbekiston islomiy harakati» kabilarni aytib o’tish mumkin. Ularning ba’zilari butunlay yo’q qilingan bo’lsa, ayrimlarining qoldiqlari bugungi kunda boshqa harakat, tashkilotlar tarkibiga singib ketganini ta’kidlash zarur. Xususan, 1990–1992-yillarda Namangan viloyatida «Adolat» harakati faollari 20–30 kishidan iborat guruhlar tuzib, huquq-tartibot idoralari vazifalarini o’z zimmalariga olishga harakat qildilar. Mazkur uyushma faoliyati 1992-yil aprel oyining oxirlarida butunlay tugatildi.
Terrorizm – jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish, aholining keng qatlamlarida vahima va qo’rquv o’rnatishga qaratilgan siyosiy kurashning o’ziga xos usulidir. U yashirin (konspirativ) ruhdagi tashkilotlar tomonidan beqarorlik keltirib chiqarish orqali davlat hokimiyatini egallash maqsadida qo’llaniladi. Terrorchilar aholining keng qatlamlari nomidan harakat qilish taassurotini uyg’otish maqsadida diniy shiorlardan niqob sifatida foydalanadilar.

Download 494,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish