Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha


Diniy bagrikenglik va e’tiqodda ustuvorlik



Download 494,11 Kb.
bet80/163
Sana22.03.2022
Hajmi494,11 Kb.
#505508
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   163
Bog'liq
Маънавиятшунослик мажмуа 2021

Diniy bagrikenglik va e’tiqodda ustuvorlik
Diniy bag’rikenglik» (tolerantlik) turli diniy e’tiqodga ega kishilarning olijanob g’oya va niyatlar yo’lida hamkor va hamjihat bo’lib yashashidir.
Diniy bag’rikenglik diniy tolerantlik deb ham ataladi. Tolerantlik (lotincha «tolerantia» so’zidan olingan bo’lib, «sabr-toqat, chidam, bardosh» degan ma’nolarni anglatadi), boshqalarning fikr, e’tiqod va erkinliklariga bag’rikenglik va sabr-toqat bilan munosabatda bo’lishni bildiradi.
Dunyoda juda oda va qadimiy dinlar bilan bir qatorda, umumjahon ahamiyatiga molik jahon dinlari ham mavjud. Ular tarixiy zarurat tufayli turli davrlarda vujudga kelgan. Dunyodagi dinlarning barchasi ezgulik g’oyalariga asoslanadi, yaxshilik, tinchlik, do’stlik kabi xususiyatlarga tayanadi, odamlarni halollik, poklik, mehr-shafqat, birodarlik va bag’rikenglikka da’vat etadi.
Din qadim-qadimdan aksariyat ma’naviy qadriyatlarni o’zida mujassam etib kelgan. Milliy va diniy qadriyatlarning asrlar osha bezavol yashab kelayotgani ham ularning bir-birlari bilan yaqin mushtarak maqsadlarga egaligidandir. Dinlararo bag’rikenglik nafaqat dindorlar, balki butun jamiyat a’zolarining hamkorligini nazarda tutadi hamda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashning muhim sharti hisoblanadi.
Vatanimiz hududida islom dini qaror topguniga qadar zardushtiylik, buddaviylik, xristianlik, shomoniylik kabi dinlar ham mavjud bo’lgan. Ular negizida va barchasining sintezi natijasida betakror madaniyat vujudga kelgan.
Tariximizning eng murakkab va og’ir davrlarida ham turli dinlarga mansub qavmlar o’rtasida diniy asosda mojarolar bo’lmagani xalqimizning «dinlararo bag’rikenglik» g’oyasiga amal qilib yashab kelganidan dalolat beradi.
O’zbekistonda barcha dinlarga teng imkoniyatlar yaratilgan. Diniy tashkilotlar bilan munosabatlarning qonun asosida, ularning haq-huquqlarini hurmat va himoya qilish negizida olib borilayotgani e’tiqod erkinligining amaldagi ifodasidir. Ayni vaqtda diniy tashkilotlardan ham qonun oldidagi burch va majburiyatlarini bajarish talab qilinadi. Bu xalqimizning xohishirodasi bilan tanlab olingan to’g’ri yo’ldir.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo’yicha qo’mita O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 7-mart kunidagi «O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo’yicha qo’mitani tashkil etish to’g’risida»gi Farmoniga muvofiq tashkil etilgan bo’lib, har bir shaxsning vijdon va diniy e’tiqod erkinligi huquqi, fuqarolarning dinga bo’lgan munosabatidan qat’i nazar, tengligini ta’minlash, shuningdek diniy tashkilotlar faoliyati bilan bog’liq munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vazifalarni hal etish vakolati berilgan davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Din ishlari bo’yicha qo’mita o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oliy Majlis qarorlari va boshqa hujjatlariga, Respublika Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek o’z Nizomiga amal qiladi.

Download 494,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish