Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha


Shariat, islom huquqi va islom ma’naviyati



Download 494,11 Kb.
bet74/163
Sana22.03.2022
Hajmi494,11 Kb.
#505508
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   163
Bog'liq
Маънавиятшунослик мажмуа 2021

Shariat, islom huquqi va islom ma’naviyati.
Islom huquqi - shariat o’rta asrlardagi Sharq sivilizatsiyasining juda katta hodisasi hisoblanadi. Bu huquqiy tizim Arab xalifaligi doirasida vujudga kelib, rasmiylashgan va asta-sekin xalqaro ahamiyat kasb etib borgan. Uning rivojlanish jarayoni arab davlatchiligining VII asr boshida (Muhammad salollohu alayhi vassallam davrida) kichik patriarxal diniy jamoadan VIII-X asrlarda (umaviylar va abbosiylar davrida) yirik imperiyalardan biriga o’sib o’tishi jarayoni bilan chambarchas bogliq.
Shariat eng boshidan (hech bo’lmaganda dastlabki ikki asr mobay-nida) qat’iy diniy huquq sifatida vujudga keldi va rivojlandi. U islom ilohiyoti bilan uzviy qo’shilib ketdi, uning diniy axloqiy tasavvurlarini mujassam etdi. Islom ta’limoti bo’yicha diniy qoidalar yagona Alloh tomonidan o’rnatilgan tartib va qonunlarning bir qismi bo’lib, ular bilan butun dunyo boshqariladi. Ayniqsa, dastlabki vaqtlarda umuman shariat va xususan fiqh.
Fiqh (arabcha - tushuhish) - musulmon huquqshunosligi, shariat qonun-qoidalarini ishlab chiqish bilan shug’ullanuvchi islom ilohiyotining bir sohasi. o’zida faqat huquqiy qoidalarni aks ettiribgina qolmay, diniy ta’limot va axloqni ham mujassam etgan. Shariatda din, axloq va huquqning bunday qo’shilib ketganligi, bir-biridan ajralmaganligi, bo’linmaganligi o’ziga xos ifodasini shundan topgan ediki, uning normalari (qoidalari, ko’rsatmalari) bir tomondan ijtimoiy («kishilik») munosabatlarni tartibga solgan, ikkinchi tomondan esa -musulmonlarning Alloh bilan munosabatlarini (ibodat qilishlarini) belgilagan.
Shariatning ilohiy tadbiq etilishi va diniy-axloqiy asoslari huquqni tushunishning, shuningdek, qonuniy va noqonuniy xatti-harakatga baho berishning o’ziga xosligida o’z aksini topgan. Masalan, huquqning islom ilohiyoti bilan chambarchas bog’liqligi shariatda har bir musulmon tomonidan sodir etilishi lozim bo’lgan yoki mumkin bo’lmagan xatti-harakatlarning aniq ko’rsatib qo’yilganligida o’z ifodasini topgan. Shariatda barcha xatti-harakatlar dastlab ikki turga - harom va halolga ajratilgan. Keyinchalik shariat shakllanib tugallangan davrda beshta toifa vujudga kelgan.
Bular: farz - bajarilishi qat’iy majburiy hisoblangan hatti-harakatlar; mandub (sunnat) - majburiy emas, lekin ma’qul, lozim deb hisoblangan normalar; muboh - ixtiyoriy normalar; makruh - noma’qul normalar; harom - qat’iy ravishda taqiqlangan xatti-harakatlar. Bular ham huquqiy, ham axloqiy-diniy mazmunga ega bo’lib, majburlovchi, tavsiya qiluvchi, yo’l qo’yuvchi, lekin jazo qo’llanil-maydigan, taqiqlovchi va jazoga loyiq (mustahiq) xarakterdadir.
Shariat uchun, ayniqsa uning rivojlanishidagi dastlabki bosqichlarda, musulmonning huquqlariga emas, balki uning Alloh oldidagi burchlariga e’tibor berish xarakterlidir. Shariatda musulmonlarning bunday majburiyat-larini o’rnatuvchi normalar juda ko’p bo’lib, ular musulmonning butun hayotini (har kuni besh vaqt namoz o’qishi, ro’za tutishi, dafn marosimlariga rioya qilishi va hokazo faoliyatini) belgilaydi.
Shariat normalarining o’ziga xos xususiyati aynan ushbu normalarning faqat musulmonlarga va musulmonlar o’rtasidagi munosabatlarga tadbiq qilinishida ekanligi ham tasodifiy emas. Ilk islom va shariatga jamoa tuzumidan o’sib chiqqan normalar - qoidalar xosdir. Bunday normalarda jamoachilik, rahmdillik, mayib-majruh va boshqa nochor kishilar haqida g’amxo’rlik belgilari saqlanib qolgan edi. Biroq, albatta shariatda insonning xudo oldida ojizligi haqidagi, unga so’zsiz itoat etishi haqidagi tasavvurlar ham o’z ifodasini topgan. Qur’oni Karimda musulmon uchun sabr-toqat va mo’minlik zarurligi alohida ta’kidlanadi: «Sabr qiling, Alloh sabr qiluvchilar bilan».

Download 494,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish