Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha


Millat va milliy davlatning shakllanishi



Download 494,11 Kb.
bet152/163
Sana22.03.2022
Hajmi494,11 Kb.
#505508
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   163
Bog'liq
Маънавиятшунослик мажмуа 2021

Millat va milliy davlatning shakllanishi – Islomgacha milliy ma’naviyatimiz taraqqiyotining uchinchi bosqichi. Temir asri yoki buyuk saltanatlar davrida shakllangan ma’naviy qadriyat – millat timsol-tushunchasining vujudga kelishi (masalan, turkiy bitiklarda o‘z ifodasini topgan “turk buduni” timsol-tushunchasi.)

  • Turk buduni” - Buyuk turk xoqonligi (Ko‘k turk xoqonligi) davrida umumturkiy adabiy til, mustaqil davlatchilik g‘oyalari asosida mukammal shakllangan va “Kultegin bitigi”, “Bilka qog‘on bitigi”, “To‘nyuquq bitigi” kabi turkiy toshbitiklarda o‘z ifodasini topgan yagona turkiy xalq va millat timsol-tushunchasi.

  • Taqlidiy imon – ilm darajasiga ko‘tarilmagan, mohiyatan anglab etilmagan, faqat ibrat asosidagi e’tiqod bo‘lib, uning egalari turli botil yo‘nalishlar va aqidaparastlik ta’siriga oson berilish xavfidan xoli emaslar.

  • Tahliliy imon – chuqur bilim va tafakkur natijasida shakllangan, , yuksak ma’naviyat egalari, orif insonlarga xos mohiyatan anglab etilgan e’tiqod.

  • Kalom (ilmi) – Naqliy va aqliy bilimlar uyg‘unligiga tayangan xos islom falsafasi va ilohiyot ilmi. Kalom ilmining dastlabki yirik oqimi bo‘lgan mo‘‘tazila din aqidalarini aql tarozisida o‘lchab talqin etishga asoslangan edi, bu oqim vakillari islomning eng muhim ikki masalasi - Adolat va Tavhid tushunchalari talqinida shu darajada ilgari ketdilarki, ular izidan islom ma’rifatchiligining buyuk to‘lqini kelishi davrning mantiqiy taqozosi bo‘lib qoldi. Xalifa Ma’mun (813-833) davrida islomning mo‘‘tazila talqini rasmiy ta’limotga aylandi va hatto mo‘‘tazilaning Qur’onning yaratilganligi haqidagi qarashiga qo‘shilmagan ruhoniylar tazyiq ostiga olina boshlandi. Bu holat to 849 yilda xalifa Mutavakkil (847-866) bunday bahslarni taqiqlash haqida farmon chiqarguncha davom etdi. X asrga kelib, kalom ilmining ashariya va moturidiya oqimlari shakllandi. Kalom falsafasi Tavhid ta’limotini mintaqadagi barcha eski aqidalar majmuidan har tomonlama ustunligini aql va mantiq qudrati bilan isbotlab bergach, islomning ma’naviy mavqei beqiyos yuksalib ketdi, shu bilan birga Qur’oni karim oyatlarida ta’kidlangan tarixiy tadrijiylik qoidasi chuqurroq idrok etila boshlandi. Allohning oxirgi kitobi keltirgan ma’naviy boylikni teran anglab etish uchun islomgacha yaratilgan butun madaniy merosni chuqur o‘rganish va to‘g‘ri talqinda o‘zlashtirish lozimligi ma’lum bo‘lib qoldi.

  • Irfon – tasavvuf nazariyasi, Borliq haqiqatini anglab etishning tasavvufiy yo‘nalishi. Irfon Haqiqat ishqi alangasiga tik kirib borib, nafsni xudbinlik zangidan poklash va shu orqali shaxsning Oliy Haqiqatga daxldorligini amalda ta’minlash yo‘li.

  • Zuhd – zohidlik, moddiy olam hirsu-havaslaridan butkul yuz o‘girib, Alloh ibodatiga berilish, tarkidunyochilik, tasavvuf tamoyili tarixida birinchi bosqich..

  • SHariat – (arab tilidagi lug‘aviy ma’nosi “yo‘l”). Islom dinida barcha musulmonlar rioya qilishi shart bo‘lgan umumiy qonun-qoidalar. Tasavvuf yo‘lini tanlagan sufiylar uchun rioya qilish shart bo‘lgan birinchi bosqich.

  • Tariqat – arab tilida “tariq”so‘zining lug‘aviy ma’nosi ham “yo‘l” bo‘lib, “tariqa(t)”ning tasavvufiy ma’nosi ma’naviy kamolot sari intilgan sufiyning maxsus tanlagan yo‘lidir. Bu yo‘l tavba maqomidan boshlanib, muridning bir ulug‘ piri murshidga qo‘l berishidan (“fano fi-sh-shayx” maqomi) to “fano fi-l-loh” darajasiga etishgunicha davom etadi. Majoziy ma’noda bu bosqichdagi piri murshidning vazifasini kulolga, muridni uning qo‘lidagi loyga, “tavba” maqomini loyning xas-xashakdan tozalanishiga qiyos qilish mumkin. Barcha gunohlaridan astoydil tavba qilgan muridni sopol yoki chinni yasashga yaraydigan loy deb tasavvur qilsak, piri murshid unga ishlov berib, yaxshi bir ko‘za yasaydi, unga jilo berib, “oftobda quritgach”, pishirish uchun “xumdon”ga soladi.


  • Download 494,11 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   163




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish