«Avesto»da dunyoning moddiy asosi hisoblangan yеr, tuproq, havo, olov muqaddaslashtirilgan. Havoni bulg’ash, ifloslantirish, hayvonlar o’ligi u yoqda tursin, odamlar jasadini ham yеrga ko’mish, suvga oqizish, olovda yoqish gunoh hisoblangan. Marhumlar yеrni, suvni, havoni zaharlab qo’ymasliklari uchun ularning jasadlarini baland qoyalarga etib qo’yishgan. Qush, qumursqalar jasadning etini yеb bitirishgach, suyaklarni yig’ib olib maxsus sopol idishlarga solib qo’yishgan. Zardushtiylik diniga amal qilgan O’rta Osiyodagi qabilalar suvga va olovga sajda qilganlar. Quyoshni ilohiylashtirishgan.
Zardushtiylik diniga binoan har bir zardusht kuniga besh marta yuvinib, poklanib, quyoshga qarab uni olqishlab, sig’inishi shart bo’lgan.
O’zbek xalqi juda qadimiy va boy madaniy- ma’naviy qadriyatlarga ega. Milliy ma’naviyatimizning asl ildizlari, tomirlari qadim - qadim zamonlarga borib taqaladi.
Milliy ma’naviyatimiz shakklanishi va takomillashuvida o’zbek xalqining asrlar va ming yillar davomida yaratgan,. Ko’z qorachig’idek asrab- avaylab, sayqal berib, boyitib kelgan mazmunan boy va shaklan xilma-xil og’zaki ijodiyoti tag zamon bo’lib xizmat qildi.
O’zbeklar turkiy tilli xalqlar bilan tаriхiy, ma’naviy, madaniy, diniy va urf-odatlar jihatidan juda yaqin. Lekin bu mushtaraklik uning mustaqilligining, o’ziga xos alohida jihatlari, madaniyati,ma’naviyati,milliy davlatchiligi mavjudligini inkor etmaydi. «Albatta biz qadim tаriхiy dinimiz, urf-odatlarimiz,qadriyatlarimiz va madaniyatimiz mushtarak bo’lganini e’tirof etamiz, ular bilan har tomonlama aloqalarni rivojlantirish tarafdorimiz. Lekin boz o’zimizni hamisha mustaqil millat - o’zbek xalqi sifatida his etib kelganmiz va bu bilan faxrlanamiz. Bunga tаriхiy ilmiy, madaniy asoslarimiz bor. Butun dunyo hamjamiyati bizning buyuk tаriхimiz va madaniyatimizni et’irof etib, bugungi kunda bizni shu nom bilan taniydi va hurmat qiladi».
Insoniyat daholari, ayniqsa Markaziy Osiyo xalqlari tomonidan yaratilgan ma’naviyat xazinalarini tashnalik bilan o’qib -o’rganib, asosiy g’oyalarini o’zlashtirib odobiylik va axloqiylik, ezgulik, insoniylik kabi ma’naviy-axloqiy qadriyatlar o’zbeklarda juda qadimiy va azaliy ekаnligiga yana bir bor iqror bo’lamiz.
Xalqimizning asrlar davomida shakllangan madaniy merosidan, odob-axloq, ta’lim-tarbiya borasidagi an’analaridan, maqollardan, hikmatli so’zlardan qanchalik samarali, oqilona va ijodiy foydalansak, ma’naviyatimizning chuqur tаriхiy ildizlarga ega ekаnligini anglab olish borasida shunchalik samarali natijalarga erishamiz.
Dunyodagi birorta xalq va millat hech qachon o’zidan boshqa xalqlar va mamlakatlar, jahon sivilizatsiyasidan ajralgan holda yashagan emаs. Xalqning, millatning ulug’vorligi, milliy mahdudligiga qarab belgilanmaydi. Qaysiki, xalq milliy qobog’iga o’ralib qolib, o’zga xalqlar yutuqlaridan bahramand bo’lmasak, chinakamiga yuksala olmaydi. Barcha xalqlarning ijtimoiy, iqtisodiy hayoti singari madaniy, ma’rifiy, ma’naviy rivojlanish tаriхi ham bir-biri bilan uzviy bog’lanishdadir.
“Avesto” kitobi va “Mazdayasna” e’tiqodi - Markaziy Osiyodagi ilk shahar ma’naviyatini aks ettiruvchi qimmatli manbaa.
Zardusht odamlarni Axura Mazdaga sajda qilishga chaqirib insoniyat ma'naviyati tarixida yangi bosqichni boshlab berdi:
1) ko'pxudolikka (politeizm) ka qfarama - qarshi yakka xudolikni targ'ib etib, diniy e'tiqodning yuqri bosqichiga qadam qo'ydi.
2) Ilgari odamlar xudolar oldida qo'rqib sig'inishgan bo'lsa, endilikda esa Zardusht odamlarga qalbi kishilarga mehr shafqat bilan to'lgan, yaxshilik tomon undovchi, ularning o'limidan keyin mangu farovon hayot bilan ta'minlay oladigan Tangri Maxura Mazdaga ibodat qilishga chorladi.
Zardusht diniy e'tiqodi (dualizm) ikki xudolikni emas yakka xudolikni targ'ib qilgan. Zardusht dunyo yorug'lik va zulmat, hayot va o'lim, yolg'onchilik va rostgo'ylik, vahshiylik va ezgulik, johillik va shafqatlilik, axmoqlik va aqllilik, past va balandlik, olov va suv, issiqlik va sovuqlik kabi qarshi kuchlar o'rtasidagi ayovsiz kurash maydoni sifatida tasavvur qilinadi.
Olamdagi barcha ezgulik, yorug'lik kuchlarini Axura Mazda yaratadi va boshqaradi. Yomonlik, tubanlik, yolg'onchilik kabi illatlarning ijodkori Axura Maunyu deb tushuniladi. Anxra Manyu 7 qavat yerni, Axura Mazda 7 qavat osmonni o'zlariga makon tutadilar. Axura Mazda odamlarga to'g'ri to'lni ko'rsatish uchun odamlar orasida eng sarasini o'ziga elchi qilib tanlaydi. Avestoda dehqonchilik ulug'lanadi. (Gotlar qismida). Olov barcha yorug'lik, ezgulik, tozalikning manbasi sifatida qaraladi.
Zardo'sht ta'limotida kishilik jamiyati jami 12 ming yil umr ko'rishini, bu davrda Axura Mazda (oltin )davri Qayumars (Govmard, Gopshoh) dan boshlanadi. Yima Vivaxvand (Jamshid) hukmronligining oxirigi yillarigacha davom etadi. Zardusht ta'limotida yer, suv, olov, havo mavjudlikning to'rt asosi sifatida ulug'lanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |