Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori V v. b. R. G’. Jumayev



Download 4,92 Mb.
bet120/460
Sana01.02.2022
Hajmi4,92 Mb.
#423642
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   460
Bog'liq
2-kurs MIg\' majmua-2021

Ko’rgamali metod turi:
Namoishli -Demonstratsiya
Tasvirli- Illyustiratsiya
Ushbu metodlardan foydalanish zaruriyati ko’rsatmalilik tamoyiliga amal qilish maqsadga muvofiq ekanligida ko’rinadi. Inson miyasining 30 foiz hajmini ko’rishni, faqat 3 foizigina eshitishni ta’minlovchi neyronlar tashkil etadi. Pedagogik-psixologik yo’nalishda olib borilgan tadqiqotlar natijalaridan ma’lum bo’ladiki, shaxs tomonidan o’zlashtirilayotgan bilimlarning 85 foizi ko’rish retseptorlari yordamida o’zlashtiriladi. Demak, o’zbek xalqi tomonidan ko’p bora qo’llaniladigan «Yuz marta eshitgandan bir marta ko’rgan yaxshi» maqoli ilmiy asosga ega ekan.
Namoyish metodi o’rganilayotgan ob’ekt harakat dinamikasini ochib berishda qo’l keladi va ayni chog’da predmetning tashqi ko’rinishi va ichki tuzilishi haqida to’laqonli ma’lumot berishda keng qo’llaniladi. Tabiiy ob’ektlarni namoyish qilishda odatda uning tashqi ko’rinishi (shakli, hajmi, miqdori, rangi, qismlari, ularning o’zaro munosabatlari)ga e’tibor qaratiladi, so’ngra ichki tuzilishi yoki alohida xususiyatlarini o’rganishga o’tiladi. Ko’rsatish ko’p holatlarda o’rganilayotgan ob’ektlarning sub’ekti yoki chizmasi yordamida kuzatiladi. Tajribalar namoyishi esa sinf taxtasiga chizish yoki o’qituvchining maxsus jihozlar yordamida ko’rsatib berishi hisobiga amalga oshadi, bunda ushbu tajriba asosida yotuvchi tamoyillarni tushunish osonlashadi.
Predmetlar, hodisa yoki jarayonlarni tabiiy holatda namoyish qilish yanada ko’proq didaktik samara beradi, biroq, bunday namoyishni amalga oshirish har doim ham mumkin bo’lavermaydi. Shu bois o’qituvchilar tabiiy predmetlarni namoyish qilishda sun’iy muhitga murojaat qilishadi (masalan, hayvonlar bilan hayvonot bog’ida, turli o’simliklar bilan esa issiqxonalarda tanishish) yoki sun’iy ravishda yaratilgan ob’ektlar (maket, model, mulyaj, skelet va boshqalar)dan foydalaniladi.
Bu metod yordamida o’qituvchi o’quvchilarni mustaqil ravishda ob’ektlarni o’rganish, zaruriy o’lchov ishlarini olib borish, aloqadorlikni o’rnatish, shuningdek, hodisalarning mohiyatini anglab etishga bir so’z bilan aytganda faol bilish jarayoniga yo’naltirishi lozim. Namoyish samarasi ko’p jihatdan o’qituvchining bilish jarayoni mohiyatan o’quvchilarning yoshiga mos holda to’g’ri tanlanishi hamda mumkin qadar ularning diqqatini namoyish etilayotgan predmetning muhim jihatlariga yo’naltirishiga bog’liqdir.
Tasvir (illyustratsiya) metodi namoyish metodiga chambarchas bog’liq bo’lsada, didaktikada alohida o’rganiladi. Illyustratsiya narsa, hodisalar va jarayonlarni ularning ramziy ko’rinishlari – chizma, port, rasm, fotosurat, yassi modellar va boshqalar yordamida ko’rsatishni taqozo etadi.
Namoyish va tasvir metodlari o’zaro bog’liqlikda bir-birini to’ldirgan holda qo’llaniladi. Agar hodisa va jarayonni o’quvchi yaxlit holda qabul qilishi zarur bo’lsa namoyishdan foydalanish, agar hodisa mohiyati hamda uning unsurlari o’rtasidagi bog’lanishlarni anglash talab etilsa illyustratsiyaga murojaat qilinadi.
Tasvirning samarasi ko’pincha o’qituvchi tomonidan ko’rsatuv texnologiyasi qay darajada o’zlashtirilganligiga bog’liq bo’ladi. Ko’rsatmalardan foydalanishning bilish jarayonidagi didaktik ahamiyati o’rganilayotgan ob’ekt mohiyatini to’laqonli yorita olishi bilan belgilanadi. Aslida illyustratsiyalar oldindan tayyorlanib, dars jarayonida zarur o’rinlarda kerakli hajmda ko’rsatiladi, aks holda ular sonining oshib ketishi o’quvchilarni hodisa mohiyatini anglashda chalg’itadi. Ayrim hollarda tarqatma materiallar (fotosurat, jadval, tabiiy ob’ektlar va boshqalar) yoki texnik vositalar xizmatidan foydalanishga to’g’ri keladi.
Ko’rgazmali metodlardan foydalanishda samaradorlikka erishish uchun quyidagi shartlarga amal qilish maqsadga muvofiqdir:

  • ko’rgazmalilikning o’quvchilar yoshi va rivojlanish darajasiga mos kelishi;

  • namoyish etilayotgan ob’ektlar barcha o’quvchilarga yaxshi ko’rinib turishi;

  • namoyishda uning boshlang’ich bosqichi va asosiy jarayon (holat)larning ajralib turishi;

  • tajribalar namoyishi maket, jihoz, qurollar yoki tajriba sxemasini chizib ko’rsatish asosida tashkil etilishi;

  • namoyish va illyustratsiya o’quv materialining mazmuni bilan uyg’un bo’la olishi lozim.

Amaliy ishlar metodlari o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilgan nazariy bilimlar yordamida ularda amaliy ko’nikma va malakalarni hosil qilishda alohida ahamiyat kasb etadi.


Amaliy ishlar metodi – o’zlashtirilgan bilimlarni amaliy masalalar echimini topishga yo’naltirilgan jarayonda qo’llashni taqozo etadi. Bunda nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llash ko’nikmasi hosil qilinadi. Amaliy ishlar sinfda yoki tabiiy sharoitlar – maktab yer maydoni, issiqxona, geografik maydonlarda amalga oshiriladi. Ularni amalga oshirishda sodir etiladigan harakatlar o’qituvchi tomonidan nazorat qilinadi va zarur hollarda yo’riqnoma yoki maxsus ko’rsatmani o’quvchilar e’tiboriga havola etadi.
Qayd etilganidek, ushbu metodlar o’quvchilarda amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirishga yordam beradi. Aynan amaliy faoliyat jarayonida nazariy bilimlar harakatdagi shaklga ega bo’ladi.
Mashq - aqliy yoki amaliy (jismoniy) harakatlarni bajarish ko’nikmalarini egallash yo’lidagi ko’p marta takrorlanishlar bo’lib, mashqsiz ko’nikma hamda malakalarni shakllantirish mumkin emas. Mashqlar og’zaki, yozma, gradikaviy (texnik jarayonlar mohiyatini ifodalash), ijtimoiy-foydali, jismoniy va boshqa turlarga bo’linadi.
Yozma mashqlar – ta’limning tarkibiy qismi sifatida zaruriy ko’nikma va malakalarni shakllantirish hamda mustahkamlash maqsadida qo’llaniladi. Diktant, insho, masala, misol, shuningdek, referat yozish va tajriba mohiyatini yoritish ham yozma mashqlar sirasiga kiradi.
Grafikaviy ishlar ham yozma ishlar bilan o’xshash jihatlarga ega bo’lib, ulardan asosan texnik jarayonlar (jumladan, geografiya, fizika, matematika, chizmachilik, rasm hamda texnologik ta’lim)da keng ko’lamda foydalaniladi.
Mashqlarning bajarilish samarasi quyidagi shartlar hisobga olinganda birmuncha yuqori bo’ladi:

  • mashqlarni bajrishga nisbatan ongli yondashish;

  • bajarish qoidasini bilish;

  • vaqt bo’yicha takrorlanishning to’g’ri taqsimlanishi.

Mashqni bajarishni tashkil etish quyidagi bosqichlardan iborat:

  • o’qituvchining faoliyat maqsadi va mazmunini tushuntirishi;

  • topshiriqni bajarish ketma-ketligini ko’rsatishi;

  • o’qituvchi nazorati ostida o’quvchilar tomonidan o’quv harakatining dastlabki bajarilishi;

  • zarur ko’nikma va malakalar shakllangunicha o’quv harakatlarning ko’p bora takrorlanishi.

Ayrim holatlarda o’quvchilar ovoz chiqarib o’quv harakatlarini takrorlashlari va bajarishlari lozim bo’ladi. Ular izohli mashqlar deb nomlanadi va bajariladigan harakatlarning mohiyatini anglagan holda ko’nikma va malakalarni egallashga imkon beradi.
Laboratoriya ishlari o’quvchilarning jihoz, maxsus uskuna, qurol hamda turli texnikaviy qoliplardan foydalangan holda tajribalarni o’tkazish metodlari bo’lib, ular ko’proq tabiiy fanlar asoslarini o’rganishda qo’llaniladi. Bu metod o’quvchilarning asbob-uskunalar bilan ish ko’rish, o’lchash ishlarini amalga oshirish va ularning natijalariga ishlov berish kabi ko’nikmalarini tezkor shakllantirishga imkon beradi. Laboratoriya ishlarini bajarish maxsus qurilma va jihozlar, shuningdek, materiallar hamda vaqtni sarflash, ularni ishga tayyor holatga keltirishni talab etadi.

Download 4,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   460




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish