Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha prorektor Xodjaniyozov. S. U



Download 0,77 Mb.
bet72/100
Sana01.01.2022
Hajmi0,77 Mb.
#286745
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   100
Bog'liq
Maruzalar

9-bosqich. Yakun.O’qituvchi talabalar faoliyatini baholaydi, ular tomonidan olib borilgan tadqiqot ishlari natijalari, shuningdek, guruhdagi jipslik, hamjihatlik, hamkorlik masalalariga ham e’tibor qaratadi. O’qituvchi mashg’ulotga yakun yasaydi.
Loyihaviy ta’limning psixologik-pedagogik tamoyillari Mustaqil tadqiqot ishlari keng qamrovda to’g’ri tashkil qilinishi uchun o’qituvchi quyidagi omillarni e’tiborga olib, talabalarning faoliyatini yo’naltiradi:

  • Tadqiqot ishini to’g’ri tashkil qilish;

  • tadqiqot yo’nalishini aniq belgilash;

  • tadqiqot uchun motivatsiyani vujudga keltirish, muammoning mavjudligini, uning muhimligini e’tirof qilish;

  • yakka, juftliklarda, kichik guruhlarda mustaqil tadqiqotchilik ishlarini olib borishni tashkil qilish;

  • maqsad va vazifalarini belgilash, ilmiy farazni ilgari surish;

  • tadqiqotning mantiqiy izchillikda olib borilishini ta’minlash uchun bosqichlar ketma-ketligini belgilash;

  • tadqiqot metodlarini belgilash;

  • axborot manbalari bilan ishlash, ma’lumotlar yig’ish, ularni tahlil qilish, umumlashtirish bo’yicha faoliyatni belgilash;

  • tajriba-sinov ishlarini tashkil qilish. Tajriba-sinov materiallari va vositalarini ishlab chiqish;

  • tajriba-sinov ishlarini olib borish;

  • aniq natijalarni qo’lga kiritish, ularni tahlil qilish, umumlashtirish;

  • xulosalarni referat, doklad, hisobot, ilmiy maqola, taqdimot, albom, loyiha shaklida himoyaga tayyorlash.

Mustaqil tadqiqot ishlarini tashkil qilishda talabalarning ilmiy-amaliy manbalar bo’yicha ishlarini to’g’ri yo’naltirishga e’tibor qaratiladi. Bunda o’qituvchi talabalarga ilmiy- amaliy manbalar ro’yxatini e’lon qilish bilan cheklanmaydi, balki ular ustida tahliliy faoliyatni ham tashkil qiladi. O’qituvchi manbalar bilan ishlash tizimi, ma’lumotlarni to’plash, taqqoslash, xulosalar qilganda nimalarga e’tibor qaratish to’g’risida tushuntiradi. Shuningdek. talabalarga elektron manbalar, internet telekommunikatsiya tarmog’i orqali m’lumot izlash bo’yicha yo’l-yo’riqlar beradi, veb-sahifalarining aniq manzillarini ko’rsatadi.

Talabalar ilmiy-uslubiy manbalarni mustaqil o’rganishlari mobaynida ba’zi qiyinchiliklarga duch kelishlari, ayrim ilmiy tushunchalar, atamalar mohiyatini chuqur anglab etmasliklari mumkin. Bu singari muammolar o’z vaqtida hal qilinmasa, tadqiqot natijalariga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bu esa talabalarda noto’g’ri g’oya va tushunchalarning shakllanib qolishiga olib keladi. O’qituvchi buning oldini olish maqsadida aniq belgilangan kunlarda maslahatlar tashkil qilib, talabalarning faoliyatini to’g’ri yo’naltirib boradi.

Tadqiqot ishlarining borishi davomida talabalarning internet telekommunikatsiya tarmog’i orqali ma’lumot to’plash bo’yicha ishlarini tashkil qilish kerak. Internet tarmog’i orqali talabalar o’rganilayotgan muammo bo’yicha jahon tajribasiga murojaat qiladilar, tadqiqot keng qamrovda olib boriladi. Bu esa o’z navbatida talabalarning intellektual rivojlanishi uchun yaxshi imkoniyatdir.

Talabalar jahon axborot manbalari orqali ma’lumotlar izlaydilar, ularni tahlil qiladilar, qiyosiy o’rganadilar. Bu jarayonga ular tanqidiy yondoshgan holda ma’lumotlarni saralaydilar.

Tadqiqot ishlarini tashkil qilishda fanlararo integratsiya masalasiga ham e’tibor beriladi. Tadqiqotlarni olib borishda aniq natijalarni qo’lga kiritish uchun nafaqat lokal, balki integral jarayonlarni o’zaro aloqadorlikda o’rganish lozim bo’ladi.


Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish