4. Loyihaviy ta’limning protsessual tarkibi.
1-bosqich. Mashg’ulot oldi bosqichi.
O’qituvchi tomonidan o’rganilayotgan mavzu bilan bog’liq muammo yoki savol qo’yiladi. Muamoning ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-madaniy ahamiyatli jihatlari yoritib beriladi. Talabalar muammo yuzasidan tadqiqot ishlarini olib borishga yo’naltiriladi, ularda izlanuvchanlik faoliyatiga nisbatan kuchli motivatsiya shakllanadi.
2-bosqich. Mashg’ulot oldi bosqichi. Tadqiqot mavzusi bo’yicha ilmiy faraz taklif qilinadi. Tadqiqot metodlari aniqlanadi va faoliyat ketma-ketligi belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |