Kognitiv, psixomotorik va affektiv o‘quv maqsadlari.
Aniq o‘quv maqsadlari mohiyatiga ko‘ra uch sohaga bo‘linadi:
*kognitiv (nazariy bilimlarni o‘zlashtirish bilan bog‘liq) o‘quv maqsadlari sohasi.
*psixomotorik (amaliy hatti-harakatni o‘zlashtirish bilan bog‘liq) o‘quv maqsadlari sohasi.
*affektiv (hulq, o‘zini tutish, atrof muhitga va tevarak atrofdagilarga munosabatning shakllanishi va qadriyatlarni o‘zlashtirish bilan bog‘liq) o‘quv maqsadlari sohasi.
1) Kognitiv o‘quv maqsadlari sohasi. Kognitiv o‘quv maqsadlari sohasi-o‘quv matyeriallari, ma’lumotlar, axborotlar, turli dalillar, tushunchalar, tamoyillar va usullarni bilish (ya’ni xotirada saqlash va eslash) ularni miyada qayta ishlash orqali tushunish, amalda qo‘llash, tahlil va sintez qilish, baholashni o‘z ichiga oladi. U bilimlarni yodda saqlash, ya’ni xotirani chiniqtirish, intelektual aqliy qobiliyatlarni rivojlantirishni ko‘zda tutadi.
2) Psixomotorik o‘quv maqsadlari sohasi. Bu o‘quv maqsadlari sohasi amaliy ish jarayonlari orqali hosil qilinadigan ko‘nikma va malakalarni egallashni ko‘zda tutadi. Bunda psixika orqali boshqariladigan muskul harakatlari (motorik harakatlar) amalga oshadi. amaliy faoliyat olib borish, misol uchun, biror asbobni ishlata olish malakasiga ega bo‘lish psixomotorik o‘quv maqsadlari sohasiga taalluqlidir. Ushbu o‘rganish sohasi inson miyasi tomonidan boshqariladigan harakatlarni ifodalaydi. Ular esa o‘z navbatida motorik (muskul harakati bilan bog‘liq) ko‘nikmalarni talab yetadi. Psixomotorik harakatlar oddiy, o‘rta va kompleks harakatlarga ajratilishi mumkin.
3. Maqsadlar taksonomiyasi.
Maqsadlar taksonomiyasi ya’ni maqsadlarni tanlashda «osonlikdan qiyinlikka» yoki «soddalikdan murakkablikka» prinsipi qo‘llaniladi.
«Taksanomiya» tushunchasi ob’ektlarning tabiiy bog‘liqlari va xususiyatlariga qarab iearxik (ko‘pbosqichli) tuzilishi asosida klassifikasiyalash va sistematizasiyalash (tizimlash)ni anglatadi. Shuning uchun umumiy maqsadlarni bir-biri bilan bog‘lanishda tanlash va o‘qitishning konkret natijalarini ifodalashda taksonomiyalardan foydalaniladi.
Maqsadlarni tanlashda B.Blum taksonomiyalaridan foydalaniladi. Blum taksonomiyalari eng avval ishlab chiqilgan taksonomiyalardan bo‘lib bunda kamchiliklar mavjud. Blumdan boshqa juda ko‘p olimlar tomonidan taksonomiyalar ishlab chiqilgan, biroq amalda Blum taksonomiyalari ularga qaraganda ma’qulroq. Blum taksonomiyalari faqat ta’lim uchun ishlab chiqilgan. qo‘llaniladi.
Dastlaabki taksanomiya 1934 yilda amyerikalik olim R.Taylyer tomonidan ishlab chiqildi. Bu taksanomiyada 8 ta kategoriya mavjud edi. 1967 yilda amyerikalik olim J.Gilford tomonidan taksanomiya ishlandi. Bu taksanomiyaning B.Blum taksanomiyasidan farqi, bu taksanomiyada 5 ta daraja ko‘rsatilgan. Ya’ni, ma’lumot, analiz va sintez, tushunish, foydalanish va baholash. Bunday tipdagi taksanomiyalar Evropa va G‘arb davlatlarining olimlari tomonidan yaratilgan.
B.Blum bo‘yicha ta’lim maqsadlari taksonomiyasi dunyoda eng ko‘p tarqalgandir. Bu test topshiriklarini ishlab chikuvchi shaxsga o‘quv matyeriali elementini ta’lim maqsadlarining ma’lum kategoriyasi bilan takkoslash imkonini byeradi. Bunday hollarda B.Blum texnologiyasiga asosan umumiy maqsadlardan foydalanish mumkin. "Taksanomiya" tushunchasi ob’yektlarni o‘zlarining tabiiy bog‘liqligi va xosiyatlariga kura iyerarxik (ko‘pbosqichli) tuzilishi asosida klassifikasiyalash va sistematizasiyalashni anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |