2. O‘qitish maqsadlarining mazmuni va mohiyati
O‘quv maqsadlari ta’lim jarayoni oxirida kutilayotgan natijaning yozma tavsifidan iborat. Ma’lumki, jonli ta’lim jarayonida ikki tomon: ta’lim oluvchi va ta’lim byeruvchi ishtirok yetadi. Ta’lim oluvchilar bu o‘rganuvchi talaba yoki tinglovchilardir. O‘quv maqsadlari ta’lim jarayoni ishtirokchilarining qaysi biri tomonidan qaralishiga qarab, o‘rganish va o‘rgatish maqsadlariga ajratiladi. An’anaviy ta’limda odatda o‘quv maqsadlari pedagog faoliyati orqali ifodalanadi. Bunda pedagog tomonidan maqsadning qo‘yilishi o‘z faoliyatiga qaratilgan bo‘lib, bu bilan ta’lim jarayonining aniq maqsadlariga yerishganligini aniqlab bo‘lmaydi.
Chunki, ta’lim jarayoni natijasida, ta’lim oluvchi ya’ni o‘rganuvchining nimaga yerishgani emas, balki ta’lim oluvchi ya’ni o‘rganuvchining nimaga yerishishi muhim bo‘lgani uchun, kelgusida o‘quv maqsadlari deganda o‘rganish maqsadlarini tushunamiz.
Zamonaviy o‘quv maqsadlarini belgilash usuli o‘ziga xos xususiyatga ega. Bu shundan iboratki, o‘quv maqsadlari (o‘quv vazifalari deb ham ataladi) talabalar harakatida ifodalanadigan va aniq ko‘rinadigan, hamda o‘lchanadigan natijalar orqali belgilanadi. O‘quv maqsadlarini o‘lchash, aniqlash, o‘qitishni qayta takrorlash imkoniga ega bo‘lish uchun har bir maqsadga yerishish mezoni ishlab chiqilishi kyerak, yani ta’lim maqsadi shunday qo‘yilishi kyerakki, unga yerishganlik haqida aniq xulosa chiqarish mumkin bo‘lsin.
O‘quv maqsadlari bu muayyan ta’lim jarayoni yakunida ta’lim oluvchi tomonidan o‘zlashtirilishi, ya’ni hosil qilinishi lozim bo‘lgan bilim, hatti-harakat bilan bog‘liq bo‘lgan amaliy topshiriqni uddalay olish mahorati, shaxsiy fazilatlar va xulqni belgilaydi.
Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, o‘quv maqsadlari oldindan ko‘zlangan yakuniy natijalar tavsifidir. Uni to‘g‘ri tanlash ta’lim jarayoni uchun o‘ta muhimdir. Buni quyidagi ibora yordamida yaxshiroq tushunsa bo‘ladi: «Qayerga borishni, oxirgi manzilini bilmasdan turib safarga otlanishdan hech qanday ma’no va naf yo‘q».
Nazariy dars va amaliy mashg‘ulotlarning maqsadlari aniq bo‘lgan taqdirdagina, ularning mazmunini belgilash va ularning didaktik nuqtai nazardan ishlab chiqishga kirishish mumkin. Shu bois, mutaxassislik fanlari o‘qituvchilari uchun o‘quv maqsadlarini bilish, to‘g‘ri qo‘ya olish va tanlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish-ta’lim jarayonida juda muhim ahamiyat kasb yetadi.
Har bir nazariy dars va amaliy mashg‘ulotning o‘quv maqsadlari oldindan aniqlanishi lozim. Aniqlangan o‘quv maqsadlari, dars mazmuni bo‘yicha qaysi nazariy matyeriallarni tanlash, uni o‘tkazish bo‘yicha qanday metodik va didaktik resurslardan foydalanish lozimligini belgilab byeradi. Shunday qilib, har qanday ta’lim jarayoniga o‘quv maqsadlari ta’lim mazmuni, metodlari va vositalarni belgilab byerar ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |