«Tasdiqlayman» O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor


Yorib o‘tishlar texnologiyasi va V.Erxard maktabi



Download 355,8 Kb.
bet26/33
Sana07.07.2022
Hajmi355,8 Kb.
#755592
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   33
Bog'liq
111магистр-иши

Yorib o‘tishlar texnologiyasi va V.Erxard maktabi. Bu texnologiya menejerlarni qayta tayyorlash o‘qishlaridan iborat bo‘lib, uning maqsadi har bir odamda mavjud bo‘lgan (lekin kundalik bir xildagi hayot va ish bilan bo‘g‘ib qo‘yilgan) qobiliyatlari va intilishlarini an’anaviy muammolarni yangi muammo sifatida yechish uchun kundalik izlanishlarga aynan uyg‘otish hisoblanadi.
Bu kurslar tinglovchining fikrlashi va hulqidagi shaxsiy stereotiplarni bartaraf qilish, o‘z imkoniyatlarini va eskirgan muammolarni yangicha yechish yo‘llarini ko‘ra olishlarini faollashtirish va o‘zgartirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ko‘p sonli mashg‘ulotlardan iborat.
Bu kurslarning afzal jihatlari-inson omilini ishga solishga qaratilgan bo‘lib, maxsus mablag‘lar sarflashni talab qilmaydi, erishilgan samara so‘nib qolmaydi, ya’ni olingan samara yangi shakl va mazmunda hamda sharoitlarda muntazam kuchayib borishi bilan takror va takror samara olinishini ta’minlaydi. Bu texnologiya alohida yirik yangiliklar yaratishga, hosil bo‘lgan favqulodda holatlardan noan’anaviy chiqish yo‘llarini izlashga ham qaratilganligi bilan farqlanadi. Bunday yo‘nalishdagi 50 dan ortiq kurslar va seminarlar AQShning yuzga yaqin shaharlarida va dunyoning boshqa mamlakatlarining yuzdan ziyod shaharlarida tashkil etilgan va ular muntazam faoliyat ko‘rsatmoqda. Ushbu kurslarning tinglovchilari soni 60 ming nafar atrofidadir.
Hamkorlik pedagogikasi. Mumtoz pedagogik qarashlar nuqtai nazaridan o‘qituvchi-pedagogik jarayonning sub’ekti, o‘quvchi esa ob’ekti, deb hisoblanadi. Hamkorlik pedagogikasida esa o‘quvchi o‘z o‘quv faoliyatining sub’ekti tarzida qaraladi. Bunda o‘qituvchi va o‘quvchi pedagogik jarayonning sub’ektlari sifatida tenglashib, hamkorlik pedagogikasi jarayoni tashkil bo‘ladi. Ular o‘zaro hamkor, hamfikr, hamdo‘st, hamijodkor, hamishtirokchi, hamdard va hamboshqaruvchi tarzida faoliyat yuritadilar.
Hamkorlik munosabatlari o‘qituvchilar orasida, ma’muriyat bilan, o‘quvchilar va o‘qituvchilar jamoalari bilan, rahbarlar, ota-onalar va keng jamoatchilik orasida ham o‘rnatiladi.
Hamkorlik pedagogikasi o‘quvchining ta’lim-tarbiya olish motivlarini rivojlantirib borish orqali hamda o‘quv-tarbiya jarayonini insonparvarlashtirish tamoyillarini amalga tatbiq qilgan holda yuqori sifat va samaradorlikka erishishni ta’minlaydi.

Download 355,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish